Mavzu: Mahsulot va jarayon sifati. Reja


Download 18.24 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1618621
Bog'liq
Abdullayev Artur MUstaqil ish


Mavzu: Mahsulot va jarayon sifati.
Reja:

  1. Mahsulot va jarayon sifati.

  2. Dasturiy ta’minotni sifatini nazorat qilish bosqichi.

  3. Dasturiy ta’minotni texnik sifat boshqaruvi.

  4. Sifat ko’rsatgichi va qiymati.

Sifat boshqaruvining asosiy tamoyillari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun ishlab chiqarish saboati tomonidan o'matilgan. Shu bilan birga ular "sifat" ta'rifini rivojlantirishgan, u buyumning batafsil texnik xarakteristikasiga (Crosby, 1979) va bardoshlik tushunchasiga asoslangan edi. Bunda asosiy taklif shunda ediki mahsulotlar to'liq tasniflanib ishlab chiqilgan mahsulotni spetsifikatsiyasiga ko'ra tekshirish tartiblarini o'matish mumkin edi. Albatta mahsulot har doim ham spetsifikatsiyasiga to'liq javob bermaydi, shuning uchun qabul qilna veradi. Agar mahsulot "deyarli to'g'ri" bo’lsa u yaxshi deb olinadi.


Dasturiy ta'minot sifati ishlab chiqarish bilan bevosita taqqaslash mumkin emas. Raqamli tizimlarga nisbatan tolerantlik g'oyasini qo'llab boMmaydi va quyidagi sabablarga ko'ra dasturiy ta'minot tizimi o'z spetsifikatsiyasiga mos kelganligi haqida obyektiv xulosaga kelish mumkin emas:
l.Talablami ishlab chiqish haqida 4 bobda gapirilgan edi, unda aytiiganki dasturiy ta'minotning va bir ma'noliy texnik talablarini ydzish qiyin masala. Yaratuvchi va mijozlar dasturiy ta'minotga qo'yilgan talablarni har-xil tushunishlari mumkin va dasturiy ta'minot o'z spetslfikatsiyasiga mos kelishi to’g’risida bitta to'xtamga kelishi qiyin.
2.Texnik talablar odatda qiziqqan shaxslaming bir nechta sinfdan berilgan talablarni o'z ichiga oladi. Bu talablar ilojslz murosadir va qiziqqan shaxslaming hamma guruhini talablarini o'z ichiga olmaydi. Talablari inobatga olinmagan shaxslar tizim kelishilgan talablarni amalga oshirsa ham sifatini past deb xisoblashadi.
3.Ba'zi sifat xususiyatlarini (masalan tuzatish mumkinligini) bevosita o'lchash mumkin emas. Shunday qiiib ular bir ma'noli usulda aniqlanmaydi. O'lchash muammolarini men 3.4 bo'limda muhokama qilganman. Shu muammolami deb dasturiy ta'minot sifatini baholash subyektib jarayon, bunda sifat boshqaruv jamoasi kerakli sifat darajasiga erishilganligi haqida o'z fikrini bildiradi. Sifatni boshqarish jamoasi dasturiy ta'minot belgilangan maqsadga mos kelishini ko'rib chiqadi. bunda tizim xususiyatlari haqida savollarga javob berish kerak bo'ladi. Masalan:
1. Yaratish jarayonida dasturlash va hujjatlar yuritilishi standartlar asosida bajarilganmi?
2. Dasturiy ta'minot keraklilik tarzda tekshirildimi?
3.Dasturiy ta'minot ishlatilishga berilish uchun ishonchliligi yetarlimi?
4. Dasturiy ta'minotning ishlashi yaxshimi?
5. Haqiqatan ham dasturiy ta'minot foydalanishga tayyormi?
6. Dasturiy ta'minotni tushunish va tuzilishi yaxshimi?
Dasturiy ta'minot sifatini boshqaruvi tizim uning talablari bo'yicha tekshirishni o'z zimmasiga oladi. Bu sinovlar natijasiga ko'ra talab etilgan funksionallik bajarilishi haqida xulosa chiqariladi. Shuning uchun sifat kafolatlovchi jamoa ishlab chiqilgan testlami ko'rib chiqishi va testlar kerakli tarzda bajarilganligini tekshirish uchun test xisobotlarini o'rganib chiqadi. ba'zi tashkilotlarda tizimni testdan o'tkazishga sifat boshqaruvi javobgar lekin bazida bu ishni alohida tizimni testlash guruhi bajaradi.
Dasturiy ta'minot tizimining subyektiv sifati ko'p miqdorda uning funksional bo'lmagan xususiyatlariga asosianadi. Bu foydalanuvchi amaliy tajribasida aks ettiriladi - dasturiy ta'minotning funksionalligi kutilgan darajada bo'lmasa faydalanuvchiiar o'z ishlarini bajarish uchun boshqa yo'llarni topadilar. Lekin agar dasturiy ta'minot ishonchsiz bo'lsa yoki juda sekin ishlasa, ular o'z maqsadlariga umuman yetisha olamaydi. Shuning uchun dasturiy ta'minot sifati faqat uning funksionallagi to'g'ri amalga oshirilganligi emas balki tizimning funksional bo'lmagan xususiyatlariga ham bog'liq.
Bom va boshqalar (1978) dasturiy ta'minot sifatining 15 ta muhum belgisini taklif etti. Bu belgilar dasturiy ta'minotning ishonchliligi, qulayiigi va ishlatish osonligi, samarasi va tuzatish mumkinligiga oiddir. Yuqorida aytganidek ishonchlilik beigilari odatda tizim sifatining eng muhum ko'rsatkichlaridir. Lekin dasturiy ta'minotning ishiashi ham juda muhum. Foydalanuvchilar juda sekin ishlaydigan dasturiy ta'minotni rad etadilar. Нar qanday tizim uchun bu hamma belgilarini aptimallashtirishning ilojisi yo'q-masalan ishonchlilikni oshirish natijasida ishchanlikni pasaytirish mumkin. Shuning uchun sifatni rejalashtirishda yaratiiayotgan dasturiy ta'minot uchun eng muhum sufat xususiyatlarini belgilash kerak. Samaradorlik muhum bo'lganda bunga erishish uchun bishqa omiliardan vos kechish kerak bo'ladi. Siz bu haqda sifat rejasida aytib o'tsangiz muhandislar bunga erishish uchun hamkorli qilishlari kerak.
Rejada shuningdek sifatni baholash jarayoni belgilanishi kerak. Mahsulotda tuzatish mumkinligi yiko ishonchlilik kabi sifat borligini tekshirish bo'yicha usul kelishuv asosida ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Dasturiy ta'minot sifatini boshqarish asosida dasturiy ta'minot sifati bevosita dasturiy ta'minotni ishlab chiqarish jarayonining sifati bilan bog'liq ekanligi haqidagi g'oya yotadi. Bu yana sanoat tizimlarida kelib chiqadi, ularda mahsulot sifati ishlab chiqarish jarayoni bilan chambar-chas bog'liq.
Ishlab chiqarisli jarayoni ichiga jarayonda qatnashadigan mashinalarni shakillantirish, o*matish va ishga tushirish kiradi. Mashinalar to'g'ri ishlasa mahsulot sifati ham yaxshi bo ladi. Siz mahsulot sifatini tekshirasiz va sizga kerak boMgan sifat darajasiga yetmaguncha jarayonga o'zgartirish kiritaverasiz.
Ishlab chiqarishda jarayon va mahsulot sifati o'rtasida aniq bog-iiqlik bor chunki jarayonni standartlashtlrish va nazorat qilish nisbatan oson bo'ladi. Ishlab chiqarish tizimlari kalibrovka qilingandan keyin yuqori sifatli mahsulotni chiqarish uchun ulami boshqarish mumkin. Lekin dasturiy ta'minot ishlab chiqilmaydi u yaratiladi. Shuning uchun dasturiy ta'minot yaratishda jarayon sifati va mahsulot sifati o'rtasidagi munosabatlar murakkobroqdur.
Dasturiy ta'minotni yaratis-mexanik emas balki ijodiy jarayondir va unda alohida ko'nikma va tajtibaning ta'siri muhumdir. Ilovaning yangiligi yoki mahsulotni ertaroq chiqarish niyatida tijorat bosimi kabi tashqi omillar ham ishlatilayotgan jarayonga bog'liq bo'lmagan holda mahsulot sifatiga ta'sir etadi.
Shubxasiz yaratishda foyadalanilgan jarayonlar dastiruy ta'minot sifatiga katta ta'sir o'tkazadi va yaxshi jarayonlar gumonsiz dasturiy ta'minotning yaxshi sifatini ta'minlaydi. Jarayonni sifatini boshqarish va mukammallashtirish natijasida yaratulayotgan dasturiy ta'minotning defektlarini kamaytirishi mumkin. Lekin dasturiy ta'minotning uzoq vaqt mobaynida foydalanmasdan turib uning tuzatish mumkinligi kabi sifat ko'rsatkichlarini baholash qiyin.
Bundan kelib chiqadiki jarayon xususiyatiari sifat belgilariga qanday ta sir etishini aytish qiyin. Undan tashqari jarayonni standartlashtirish ijodiy patensialga to'sqinlik qilishi mumkin va natijada dasturiy ta'minot sifatiga zarar yetishi mumkin.Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda, berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig'ida yemirishilishi mumkin bolgan mahsulot sifati ko'rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlanishi tushuniladi.
Mahsulot sifatini rejalashtirish deganda, mahsulotni ishlab chiqarish bo'yicha berilgan vaqt ichida yoki berilgan vaqt oraliqida kerakli sifat ko'rsatkichlarining qiymatlari bilan asoslangan topshiriqni belgilash tushuniladi.Mahsulot sifatini bir me'yorda bolishini ta'minlashda mahsulot sifatini boshqarish alohida o'rin egallaydi.
Har qanday boshqarishning mohiyati boshqarish qarorlarini ishlab chiqish va uni boshqaruvchi ob'yektda oz ta'sirini amalga oshirish kozda tutiladi.
Mahsulot sifatini boshqarish deganda mahsulotni yaratishda uning kerakli sifatini ta'minlash va me'yorida bo'lib turish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar majmui tushuniladi.
Mahsulot sifati jarayonlarning qanday tashkil etilganligiga, ularni qanday me'yorda ishlashiga, nazorat-o'lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va shu jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so'zsiz bog'liqdir.
Boshqarish ta'siri boshqariluvchi jarayonlarni amaldagi holatini saqlash yoki unga ozgartmalar kiritishdan iborat [2].
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob'yektlarning mahsulot sifatini boshqarishda moddiy- texnika va axborot vositalari yordamida o'zaro bog'lanishning majmui tushuniladi.
Shuning uchun bu tizim o'zaro bog'langan mahsulot sifatini boshqarishni ta'minlaydigan tashkiliy, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig'indisi sifatida kozda tutilgan bo'lmoqligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishilishini ta'minlash hisoblanadi.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimi oz tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi.
Mahsulot sifatini boshqarish ozida quyidagi boshqarish davrining umumlashgan elementlarini mujassamlashtiradi: -oldindan aytib berish va rejalashtirish; -ishlarni tashkil qilish; -o'zaro muvofiqlashtirish va tartibga solish; -faol harakatga keltirish va rag'batlantirish; -nazorat, hisob- kitob va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari 2 guruhga bo'linadi:
- ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga otkazuvchi (mahsulotning deyarli yuqori texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o'zlashtirishni ta'minlovchi);
- ishlab chiqarish tizimidagi turqg'unlikni ushlab turish va o'zlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini rejalashtiruvchi sifat darajasida ta'minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
- boshqarish rejasini ishlab chiqish;
- mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
- mahsulot sifatiga ta'sir etuvchi har qanday ob'yekt (buyum, jarayon)ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish;
-sifatni boshqarish bo'yicha qaror qabul qilish va ob'yektga ta'sir etish usulini tayyorlash;
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko'rsatmalar berish;
-ta'sir etadigan, boshqaruvchi ko'rsatmalar berish natijasida ob'yektdagi sifatning o'zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
Dastavval, bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini aniqlash va uni o'rganish bolimining xodimlari tomonidan olinadi. Bunda shu mahsulotga nisbatan bozordagi ehtiyoj va xalqning shu mahsulotga munosabati inobatga olinadi
Bunday ma'lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash-konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos boladi.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o'xshash buyumlarning sifatini hamda ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta'mirlanishini tavsiflovchi axborot kerak
Bu ma'lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilishi natijasida boshqaruvchi idoraga o'zining muayyan boshqaruvchilik ta'sirini otkazadi. Bu ta'sir mahsulotning har qanday bosqichiga- ishlab chiqishga, ishlatilishiga ta'lluqlidir.
Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasiida avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan. EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma'lumotlarga hamda me'yoriy hujjatlarga nisbatan hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob-kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishidagi va boshqa bosqichlardagi uni sifat tahliliga ishlov beradi
Hamma boshqaruvchi tizimlarga umumiylik belgilari bolib - sifat darajasiga topshiriq; bu topshiriqni yaratish va uni amalga oshirish; vaqti- vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan bajralishini qiyoslash; har qanday og'ishlar bo'lgan taqdirda o'zgartirishlar kirgazish hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bogliq bolsa, turli xil muammolar paydo boladi. Bu va shunga oxshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi.
Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir, chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me'yorda ishlashi, ularni har bir bosqichida me'yoriy hujjatlarning bajralishiga qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomi hal qiluvchi rol o'ynaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. 0'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida. 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son farmoni. Toshkent 2017 yil 7 fevral.
2. Aron, J. D. (1974). The Program Development Process. Reading, Mass. Addison-Wesley.
3. Baker, F. T, (1972). "Chief Programmer Team Management of Production Programming". IBM Systems J., 11 (1), 56-73.
4. Bass, B. M. and Dunteman, G. (1963). 'Behaviour in grpups as a function of self, interaction and task orientation'. J. Abnomii Soc. Psychology., 66 (4), 19-28.
Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling