Mavzu “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti Iqtisodiyot kafedrasi
Download 3.66 Kb.
|
Mavzu “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, v-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI
- MAKROIQTISODIY TAHLIL VA UNING VOSITALARI
- MILLIY XISOBOT TIZIMI
- MHTNI QO‘LLASHNING ASOSIY SOHALARI
- KORXONALAR VA MOLIYAVIY SEKTOR
Mavzu “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, vazifalari va predmeti Mavzu-1. “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash” fanining mazmuni, vazifalari va predmetiIqtisodiyot kafedrasikatta o’qituvchisi: J. AtaevREJALAR1.1. Iqtisodiy tahlil predmeti 1.2 Makroiqtisodiy tahlil va MHTning roli 1.3. Makroiqtisodiy tahlil vositalari. IQTISODIY TAHLILNING PREDMETIIqtisodiy tahlilning predmeti bir-biri bilan u yoki bu aloqada, doimiy harakat va rivojlanishda bo‘lgan predmetlar va hodisalarning to‘plamidan iborat bo‘lgan tadqiqotchilikdir. Bu aloqalar xilma-xildir va qismni butunicha hamda aksincha munosabatlarda, tengliklar va tengsizliklarda, aniq yoki noaniq o‘zaro bo‘ysunuvchilikda, bir-birini taqozo qilishda va o‘zaro bog‘liqlikda o‘z aksini topadi. MAKROIQTISODIY TAHLIL VA UNING VOSITALARIMakroiqtisodiy tahlil turli iqtisodiy o‘zgaruvchilar orasidagi funksional o‘zaro aloqalarning parmetrlarini baholashdan iborat. Makroiqtisodiy tahlil o‘tkazilgandada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish keng qo‘llaniladi. Makroiqtisodiy tahlilning vositalari quyidagi modellardir: ekonmetrik, vaqtli qatorlar, imitatsion, umumiy muvozanat. Yuqorida aytilgan modellar milliy hisoblar tuzilmasi doirasida joriy, o‘zgarmas narxlarda o‘sish va qo‘shimcha o‘sishning sur’atlarida tuziladi. MILLIY XISOBOT TIZIMIMilliy Xisobot Tizimi makroiqtisodiy hisoblarning, aktiv va passiv balanslarning hamda jadvallarning mantiqiy ketma-ket, butun to‘plamidan iborat. Ularning asosida xalqaro darajada kelishilgan qator tushunchalar, tasniflar va hisoblar qoidalari yotadi. Hisoblarning kompleks tizimi iqtisodiy tahlil, qaror qabul qilish va siyosat, ishlab chiqarish maqsadlari to‘g‘ri keladigan shaklda iqtisodiy ma’lumotlarni tuzish va berish imkonini beradi. MHTNI QO‘LLASHNING ASOSIY SOHALARI1. Makroiqtisodiy tahlil. 2. Turli davrlar uchun ma’lumotlarning solishtirma tahlili. 3. Mamlakatlararo yoki o‘zaro tahlil. MHTDA IQTISODIYOTNING 5 TA ASOSIY SEKTORIUY XO‘JALIKLARIUy xo‘jaliklari iqtisodiy resurslarning asosiy etkazib beruvchilaridir. Ular turli omil bozorlariga mehnat resurslarini, er va kapitalni taklif qilishadi, tovarlar bozorida tovarlar va xizmatlarga talabni paydo qilishadi, lekin yuridik shaxs bo‘lmagan korxonalarni tuzib, ishlab chiqaruvchilar sifatli faoliyat ko‘rsatishi mukin. KORXONALAR VA MOLIYAVIY SEKTORKorxonalar er, ish kuchi va kapital kabi ishlab chiqarish omillaridan foydalanishadi. Moliyaviy sektor-molyaviy xarakterdagi vositachilik xizmatlar bilan iqtisodiyotni ta’minlaydi. HUKUMAT VA TASHQI DUNYO SEKTORIHukumatning iqtisodiy roli samarali me’yoriy-huquqiy bazani yaratish, ayrim ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarish, soliq tizimini nazorat qilish va davlat xarajatlarini boshqarishdan iborat. Tashqi dunyo sektori iqtisodiyotning norezidentlar bilan barcha operatsiyalarini birlashtiradi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT http://fayllar.org Download 3.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling