Mavzu: markaziy osiyo uchun ob-havo ma’lumotlari reja


Download 23.32 Kb.
bet1/4
Sana28.01.2023
Hajmi23.32 Kb.
#1136418
  1   2   3   4
Bog'liq
Markaziy Osiyo uchun ob-havo ma\'lumotlari


MAVZU: MARKAZIY OSIYO UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTLARI
Reja:

  1. Kirish

  2. Ob-havoning rejimi

  3. Havo massalari va ularning harakati

  4. Xulosa


MAVZU: MARKAZIY OSIYO UCHUN OB-HAVO MA’LUMOTLARI
O’rta Osiyo hududi 2 million km2 maydonga ega bo’lib, u Evrosiyo quruqligining juda yuqorisida, Atlantika va Tinch okeanlaridan 4000 km ga yaqin uzoqlikda joylashgan. O’rta Osiyoning yirik quruqlik ichkarisida va bir muncha janubroqda joylashganligi, shu bilan birgalikda, uning shimol tomoni ochiq bo’lganligi bu o’lkada iqlimning juda quruq va kontinental bo’lishiga sabab bo’ladi. O’lkamizda yoz quruq, ochiq va jazirama issiq keladi, qish esa nisbatan sernam va ba’zida, ayniqsa o’lkaning shimolida, qahraton sovuq bo’ladi.
Kaspiy dengizining mavjudligi o’lkaning keskin kontinental iqlimining yumshashiga aytarli ta’sir ko’rsatmaydi. Kaspiy dengizining ta’siri ko’proq Atrek bo’yi tomonlarida sezilarlidir. Qurib borayotgan Orol dengizi esa, endilikda o’lkamizning, ayniqsa unga yaqin joylarida iqlimning keskin kontinentalligini kuchaytirish va natijada yozlarimiz issiqroq, qish oylari esa avvaliga qaraganda (Orol dengizi suvga to’la davrda) ancha sovuq bo’la boshladi.
Yilning sovuq oylarida g’arb va janubiyg’arbdan O’rta Yer dengizi tomonidan esadigan iliq nam havo oqimining tutgan o’rni ancha ahamiyatlidir. O’rta Osiyodagi qishki yomg’irlar mavsumi, asosan, yuqorida qayd etilgan havo oqimiga bog’liqdir. Janubdagi Hind okeanining O’rta Osiyo iqlimiga ta’siri butunlay bo’lmasligiga sabab oraliqning purvikor tog’lar bilan to’silganidir. SHunday qilib, o’lka atmosferasida havo oqimi asosan g’arbdan va shimol tomonidan keladi.

Iqlim deganda ayrim hududdagi ob-havoning rejimi tushuniladi.
O’rta Osiyo ob-havosining rejimi shunchalik xilma-xilki, bunga o’xshash joyni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida topib bo’lmaydi.
O’rta Osiyoda, ko’proq Turkmaniston va Tojikistonda yilni ikki davrga bo’lsa bo’ladi: issiq va sovuq. Sovuq davrga yomg’irlarning yog’ishi va o’zgaruvchan ob-havoning bo’lishligi xosdir. Bu davrning ob-havosi O’rta Yer dengizidan kelayotgan tsiklonlarga bog’liqdir.
Yomg’irlar mavsumi ko’proq noyabrning ikkinchi o’n kunligida boshlanib, bahor oylari mart va aprel oylarida davom etadi. Bahor oylarida kuzatiladigan yomg’irlarning o’ziga xos xususiyati bor. Agar kuzgi yomg’irlar kuniga 10-20 soatlab davom etsa, bahorgilari esa qisqa muddatli jaladan iborat bo’ladi. O’rta Osiyoda faqatgina bahor oylarida momaqaldiroq bo’ladi.
Arktika sovuq havo oqimining dastlabki soatlarida yomg’ir yog’ib, u tezda qorga aylanadi. O’rta Osiyodagi kechikgan qorlar mart oyining oxirida va hattoki aprelning birinchi yarmida yog’ishi mumkin. O’rik gullagan paytda yoqkan qor Arktika sovuq havo oqimining natijasidir. Arktika sovuq havo oqimining o’lkamizga kelishi kam uchraydigan xol bo’lsada, uning ob-havo rejimidagi ahamiyati kattadir. SHu sababli Arktika sovuq havo oqimi kam xuruj qilgan yillari O’rta Osiyoda iliq qish kuzatiladi, aksincha, Arktika sovuq havo oqimi teztez kelib turgan qish oylarida qahraton qish kuzatiladi. Iqlimning kontinentalligi.
Iqlimning kontinentalligi faqatgina o’rtacha oylik havo harorati, yog’inlar, bulutlik va hokazolarning emas, balki ularning o’rta yillik qiymatlarining keskin o’zgaruvchanligi bilan ifodalanadi. Misol uchun Olma-Ota shahrida 2012 yil fevralida o’rtacha harorat –0,9S, 1931 yilda esa -16S, 2012 yil mayida +12S bo’lsa, 1917 yilda +21,4S bo’ldi. 2011 yilning mayida 200 mm yog’in yoqqan bo’lsa, 2007 yilda esa faqat 5 mm yoqkan; 2010 yilning iyulida 102 mm yoqqan bo’lsa, boshqa yillarining iyul oyida esa yomg’ir umuman yog’magan.
Toshkentda 2013 yili 151 mm yog’in yoqqan bo’lsa, 2014 yili esa 547 mm yog’in yog’di, Samarqandda 2010 yilning may oyining o’rtacha harorat 150S bo’lgan bo’lsa, 2011yilda esa +22,2S teng bo’ldi.
Bundan tashqari iqlimning kontinentalligi meteorologik elementlarining yillik o’zgarishida va haroratning kunlik o’zgarishida o’z ifodasini topadi. Iqlimga orografiyaning ta’siri,tog’-vodiyli havo tsirkuliyatsiyasi.
Iqlimga yuqorida qayd etilgan atmosfera tsirkulyatsiyasiga ta’siridan tashqari yana mahalliy tabiiy-jug’rofik omillar, birinchi navbatda, joyning past-balandligi yoki boshqa so’z bilan aytganda, orografiya ta’sir ko’rsatadi. Orografiya ta’sirining uchta turi mavjud: birinchisi – joyning balandligi oshgan sari yog’in miqdorining ko’payishi; ikkinchisi – mavsumlar boshlanishining vaqt oralig’ida surilishi; uchinchisi – havoning o’ziga xos tog’li vodiyli tsirkulyatsiyasi.

Download 23.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling