Mavzu: marketingning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari


Download 39.69 Kb.
bet1/8
Sana07.05.2023
Hajmi39.69 Kb.
#1436947
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI.


MAVZU: MARKETINGNING FUNKSIYALARI, VAZIFALARI VA TAMOYILLARI.


REJA:

1. Marketing nazariyasi konsepsiyasi va uning evolyusiyasi.


2. Marketing elementlari tarkibi va marketing – miks tushunchasi.
3. Marketingning asosiy tamoyillari.
4. Marketing funksiyalari va uning faoliyati mazmuni.
5. Talabning holati va uning rivojlanishiga kura marketing turlari.

Marketing mazmuni va terminologiyasi yangilanib boradi, lekin ular boshdan ayirboshlash jarayoni, tovar-pul munosabatlari paydo bо‘lishi, sotish shakllarini rivojlanishi hamda istemolchilarni tovar va xizmatlar bilanо‘zaroharakati bilan bog‘lanadi.


Marketing elementlarining paydo XVII asrning о‘rtalariga borib taqaladi. Bu davrgacha tovarlarni natural ayirboshlashni turli shakllari paydo bо‘ladi, keyinchalik marketing faoliyatini birinchi elementlari, ya’ni reklama, narx, sotish kabilarni rivojlanishi kuzatildi.
1902 yildan boshlab AQShning Michigan, Kaliforniya va Illinoys universitetlarida marketing fani kiritilib, bu muammolar bо‘yicha ma’ruzalar о‘qitila boshladi. Keyinchalik marketing assotsiatsiyalari tashkil topdi.
1948 yildan boshlab marketing tovarlar va xizmatlar oqimini ishlab chiqaruvchidan oxirgi pirovard iste’molchi tomon yо‘naltirilgan xо‘jalik faoliyatini har xil turlarini amalga oshirish sifatida kо‘rina boshladi.
Marketing tushunchasi bozor sohasini har qanday faoliyati bilan bog‘liqdir, shu bois marketing sо‘zini tarjimasi va kelib chiqishi keltiriladi (ing. Market – bozor, ing – faol, faoliyat, harakat ma’nosini anglatadi).
Marketing bu nafakat falsafa, fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yо‘nalishi, ammo ayrim firma, kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bо‘yicha amaliyot faoliyati hamdir. AQSH va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketing ta’rifini kо‘p turlari mavjuddir. Eng keng tarqalgan marketing ta’rifi, u Amerika marketing assotsiatsiyasi tomonidan berilgan bо‘lib, uning mazmuni quyidagichadir, ya’ni “Marketing shunday jarayondan iboratki, uning yordamida uylangan g‘oya rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, narxlar tashkil etiladi, g‘oyalar, tovarlar va xizmat kо‘rsatishlar harakati va sotishni, ayrim shaxslar va tashkilotlarni maqsadlari ayirboshlash yordamida qondiriladi”.

Download 39.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling