Mavzu: marosim folklori. Oilaviy va mavsumiy marosimlar, janr xususiyatlari


Download 61.45 Kb.
bet1/7
Sana23.11.2023
Hajmi61.45 Kb.
#1795591
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAROSIM FOLKLORI. OILAVIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR, JANR XUSUSIYATLARI.


MAVZU: MAROSIM FOLKLORI. OILAVIY VA MAVSUMIY MAROSIMLAR, JANR XUSUSIYATLARI.


REJA:



  1. Marosim, bayram, an’ana, urf-odat tushunchalarining o’zaro munosabati va farqli tomonlari.

  2. Marosimlarning ijtimoiy-etnografik mohiyati va g’oyaviy-estetik vazifalari hamda turlari.

  3. Mavsumiy marosimlar tabiati, o’ziga xos tomonlari va turlari: bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiiyati.

  4. Oilaviy-maishiy marosimlar tabiati, o’ziga xos tomonlari, tasnifoti, ijtimoiy-etnografik mohiyati va estetik vazifalari.

  5. So’z magiyasiga asoslangan marosimlar folklorining kelib chiqish asoslari, tasnifi va janriy tarkibi. Xalq afsunlari. Badik. Kinna.

  6. Olqishlar va qarg’ishlar - so’z sehriga asoslanuvchi maxsus janrlar.

  7. O’zbek marosim folklori namunalarini to’plash, nashr etish va o’rganish masalalari.

Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo’lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o’ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o’zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo’lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.


Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o’tadigan, o’z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar an’anaviy xarakter kasb etadi. Har bir marosim o’ziga xos tuzilishga ega.
Marosimlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida undagi taraqqiyotning muntazam shakliy o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib boradi. Shuning uchun ijtimoiy hayot talablariga javob bermaydigan ba’zi marosimlar yoki ularga xos ayrim unsurlar asta-sekin unutila boshlanadi yoxud davr mazmuniga muvofiq yangi, zamonaviy marosimlar paydo bo’ladi.
Marosimlar kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma’naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning lurmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus о ‘tkaziladigan, xalq orasida qat ‘iy an ‘anaga kirib qolgan xatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil lopgan tadbir marosim deyiladi. Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar, o’qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning verbal qismi sanaladi.
Kuchli an’anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarni rasmiylashtirishi, tabiat hodisalariga ta’sir ko’rsatishga intilishi bilan marosimlar ijtimoiy hayotda katta o’rin tutadi. Marosimning ruhiy va estetik ta’sir ko’rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yo’naltirish vazifalari bevosita xatti-harakat, so’z hamda sehr-jodu qudratiga ega deb hisoblangan narsalar vositasida amal qiladi.
O’zbeklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan an’ana, urf-odat va bayramlarsiz tasawur qilib bo’lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo’lib qolmaydi, balki har bir xalqning o’ziga xosligi, betakrorligini ifodalovchi milliy mentalitetini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va hududiy yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini belgilaydi.
«Bayram», «odat», «an’ana» kabi so’zlar «marosim» tushunchasi bilan bevosita bog’liq.
An’ana - o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan-avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar sUsilasidir.

Download 61.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling