Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini baholash va natijalarni tahlil qilish usullari reja


Download 432.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana22.01.2023
Hajmi432.58 Kb.
#1108729
  1   2   3   4   5   6   7


Mavzu: Matematika darslarida o‘quvchilarning kompetensiyalarini 
baholash va natijalarni tahlil qilish USULLARI 
Reja: 
1. O„quvchilarning o„zini o„zi va boshqa o„quvchilarni baholashidan samarali 
foydalanish. 
2. Matematika darslarida o`quvchilar bilimini nazorat qilish shakllari va 
usullari. 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pedagogik usul va uslublar
natijalarini baholash, aniqlash va tahlil etish, nazorat qilish.
1. O‘quvchilarning o‘zini o‘zi va boshqa o‘quvchilarni baholashidan 
samarali foydalanish. 
 
O‘z-o‘zini baholash. O„quvchilar qo„yilgan maqsadga erisha olishlari uchun 
nimalar kerakligini aniqlay bilishlari kerak, buning uchun ularni o„z-o„zini 
baholashga o„rgatish zarur. O„z-o„zini baholash o„qituvchi bilan dialog olib 
borishga asoslangan. O„quvchilarni o„z-o„zlarini baholashga tayyorlaganda 
o„qituvchi quyidagi savollarni ishlatishi mumkin. 
 
Siz ushbu topshiriqni yaxshi bajarish uchun nimalar qildingiz? 
 
Qayerda xatolar bor?
 
Boshqa o„quvchilarga qaysi bo„limlarni tushuntirib berishingiz mumkin? 
 
Ushbu masalalar bo„yicha maktabdan tashqari qanday tajribangiz bor?
 
Ushbu mavzu bo„yicha qanday qo„shimcha ma‟lumotlarni bilasiz? va 
boshqalar.
O‘quvchilar boshqa o‘quvchilarni baholashi

O„quvchilarni sinfdoshlar 
tomonidan baholash ko„nikmalariga sinfdosh o„quvchilarni o„rgatib borish lozim. 
Yaxshisi, baholashni kichik guruhlarda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Bunda 
o„qituvchi o„quvchilarning ma‟lum bir aniq bajargan ishini baholaydi. Sinfda 
oldindan qoidalar ishlab chiqilishi muhimdir. Ulardan asosiylari quyidagilar 
bo„lishi kerak: barcha ishtirokchilar bir-birlarini eshitishi kerak, do„stlarining 


so„zini bo„lib bo„lmaydi, sabr-toqatli bo„lishlari, fikrni ochiq bildirish, ijobiy 
yutuqlardan boshlash lozim (ular 3 tadan kam bo„lmasliqi lozim), ishni yaxshilash 
bo„yicha o„z tavsiyalarini berish. Barcha ishtirokchilarni eshitib bo„lgandan so„ng, 
ishi muhokama qilingan o„quvchi o„z fikrini bildirishi mumkin. 
Kuzatuv - baholashning muhim usuli bo„lib, u ta‟lim olish jarayonini tahlil va 
nazorat qilishga qaratilgan. Quyidagilarni talab etadi: 
 
Faqat ishning natijasiga emas, balki o„quvchilar qanday ish olib 
borayotganligi bilan ham tanishib borish.
 
O„quvchilarning fikrlarini eshitish va zarur xulosalar chiqarish.
Demak, baho o‘zi nima uchun kerak? 
O„qituvchi uchun: uning metodikasi, ish faoliyati o„quvchilar tomonidan 
qanday o„zlashtirish darajasini bilish uchun. 
O„quvchi uchun: o„qish jarayonidagi intellektining rivojlanish darajasini bilish 
uchun.
O„qituvchi o„quvchi faoliyatini faqat, masalan, test yoki masala yechish orqali 
standart bitta usul orqali baholashi o„quvchi rivojlanishiga olib kelmaydi. Shuning 
uchun nostandart usullar, ya‟ni loyihalar, uy tajribalaridan foydalanish tavsiya 
etiladi. Yana bir usul bu o„quvchilarning o„z-o„zini baholashi. Bunda berilgan 
nostandart topshiriqni o„quvchi qanday bajarganligiga o„zi adolatli baho qo„yishi 
kerak bo„ladi, bu uning o„z mehnatini baholashi va o„z ustida ishlashiga poydevor 
bo„ladi.
Baho ta‟lim jarayonida aniqlangan bo„shliqlarni aniqlash va ularning ustida 
ishlash imkonini beradi. 

Download 432.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling