Mavzu: Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari. Reja


Download 25.69 Kb.
bet1/5
Sana01.11.2023
Hajmi25.69 Kb.
#1738045
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari.-fayllar.org


Mavzu: Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari. Reja

Mavzu: Mulkchilik shakllari oʻzgarishining yoʻllari va usullari.


REJA:


  1. Mulkchilik va uning shakillari


  2. Mulkchilik shakllari va ularning turlari


  3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni


  4. Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari


  5. O’zbekistonda mulkchilik tizimining shakllanish bosqichlari va xususiyatlari




  1. 1.1 Mulkchilik shakllari va ularning turlari

Ma‘lumki moddiy ne‘matlar ishlab chiqarish mulkchilik munosabatlarisiz amalga oshirilmaydi va jamiyatning rivojlanishi ham mulkka egalik qilishni talab qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilik munosabatlariga quyidagi mulk turlari kiradi:


1. Davlat mulki;
2. Ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlari;
3. Ijtimoiy tashkilotlar mulki;
4. Uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi mulki;
5. Yakka tatibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulki;
6. Tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllari;
7. Xususiy mulklardan iboratdir.
“O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida”gi Qonunida turli tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritilgandir:

1-rasm.Mulkchilik shakllari.
Davlat mulki – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan barcha mulk ob‘ektlaridan iborat. Bu mulk asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
- birinchisi, xususiy mol-mulk milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkaziladi,
- ikkinchisi, davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investitsiyalar kiritish.
Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshoatlar va transport vositalari, yo’llarni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zahirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi. Ma‘muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan davlat hokimiyati mahalliy organlar mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualari, xalq ta‘limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabi mol-mulki bo’ladi. Jamoa mulki – bu ixtiyoriy ravishda jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma‘naviy boyliklarni yaratish va uni hamjihatlik bilan o’zlashtirilishidir. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aksiya chiqarib uni sotish yo’llari bilan shakllanadi. Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarning, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarining mulki kiradi, bu mulkka ayrim shaxslar emas, balki ma‘lum guruh, kishilar egalik qiladilar. Shaxsiy mulk - bu har bir kishining mulki bo’lib, bu mulkdan shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojni qondirish uchun foydalaniladi va qonun bilan himoya qilinadi. Shaxsiy mulk har bir kishining mehnat daromadlari evaziga hosil bo’ladi va ko’payib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan kelgan dividend, bank foizlari, xususiy tadbirkorlik daromadi, mulkini ijaraga berishdan kelgan daromad kabi yangi manbalarga asoslanadi. Shaxsiy mulk ob‘ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka tartibda faoliyati uchun kerakli bo’lgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Xususiy mulk – bu ayrim tadbirkolarga, sohibkorlarga, ishbilarmonlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. O’zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida “Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir” - deb ko’rsatilgan va qonunlar doirasida uning miqdori va qiymati cheklanmasligi ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida aytish mumkinki, turli shakldagi mulklarning qo’shilishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi va bu mulkdan hosil bo’lgan daromaddan har bir sub‘ekt - mulk egasi - o’zining ulushini oladi va bu mulkni rivojlanishidan manfaatdor bo’ladi.

Download 25.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling