Mavzu: Personal boshqaruvini samarali tashkil etish. Kirish I bob. Personal boshqarish mazmuni, mohiyati va nazariy asoslari


Download 103.24 Kb.
bet1/10
Sana21.06.2023
Hajmi103.24 Kb.
#1644735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
personalni boshqarish




Mavzu: Personal boshqaruvini samarali tashkil etish.
KIRISH
I BOB. PERSONAL BOSHQARISH MAZMUNI, MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI…………………………………………………………3

    1. “Personal” tushunchasi mohiyati va boshqaruvdagi ro’li…………..7

    2. Personalni boshqarish usullari va vazifalari………………………..20

    3. Personal boshqaruvini tashkil etishining jahon tajribasi……………25

II BOB. “KORXONA”NING PERSONAL BOSHQARUVINI TASHKIL ETISHNING AMALIY XOLATI TAHLILI
2.1 “Korxona” tashkiliy tuzilmasi va iqtisodiy xolati tahlili.
2.2 “Korxona” HR tizimi tahlili
2.3 “Korxona”ni personal boshqaruvini samarali tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar.
III BOB. PERSONAL BOSHQARUVINI SAMARALI TASHKIL ETISH.
3.1 Personal boshqaruvini samarali tashkil etish
3.2 O’zbekistonda zamonaviy HR tizimini tashkil etish yo’llari.


Kirish
Iqisodiyotni erkinlashtirish sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri milliy iqtisodiyotning tarkibiy qismi bo‘lgan personal tizimi va rahbar faoliyatini takomillashtirish, korxonada kadrlar sifatini yanada yaxshilash hamda aholini ish bilan band qilish masalalarini hal bo‘lishini ta‘minlash muhim ahamiyatga ega.
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab quvvatlab, ular ichki va tashqi bozorda raqobatlasha oladigan, sifatli mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni izchil yo‘lga qo‘ya oladigan mustahkam iqtisodiy sohaga aylanishini ta‘minlash lozim. Buning uchun ayniqsa, xizmat ko‘rsatish korxonalarida personalni samarali boshqarish eng muhim omil hisoblanadi. Personalni boshqarish, bu xodimlar marketinggi, shaxslar iqtisodiyoti, kadrlar menejmenti, inson resurslari va ijtimoiy menejment hamdir, ya‘ni personalni boshqarish asosida inson va uni motivatsiyalash hamda korxona faoliyatida yuqori natijalarga erishishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yoki tashkilot, albatta yuqori daromad olishga intiladi. Buning uchun esa ulardan samarali boshqaruv jarayoni hamda mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish talab etiladi. Yuqori daromad olishga hamda raqobatda g‘olib chiqishga sabab bo‘luvchi eng asosiy omillardan biri esa aynan inson omilidir.
Har qanday korxona yoki tashkilotning kuch-qudrati unda faoliyat olib borayotgan xodimlar, insonlar bilan, ularning soni va intellektual potensiali bilan o‘lchanadi. Chunki bozor iqtisodiyoti fazalari hisoblangan ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol jarayonlarining ham boshqaruvchisi ham boshqariluvchisi aynan inson omili, personal hisoblanadi.
Bugungi kunda barcha sohalarda, xususan moliya institutlarida personalni tog‘ri boshqarish orqali samaraga erishish masalasi tashkilotlar oldida turgan eng muhim vazifalar qatoridan joy olishi tabiiy holdir. Chunki har bir jarayonning bevosita va bilvosita ishtirokchisi bo‘lgan inson, uning psixologiyasi juda murakkabdir. Ayniqsa bugungi kunda personal faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish va boshqarish orqali yuqori natijalarga erishish har bir rahbarning asosiy maqsadi bo‘lishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy usullar orqali kishilarning moddiy qiziqishlariga ta‘sir ko‘rsatiladi. Korxonalarda boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri rejalashtirish hisoblanadi. Xo‘jalikni rejali yuritish uning quyidagi barcha faoliyatini qamraydi: ishlab chiqarish, o‘tkazish, lizing, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, ijtimoiy masalalar va boshqalar. Bozorni egallash, raqobat kurashi va beziyon ishlash uchun korxonaning o‘zi javobgar ya‘ni, agar foyda xarajatdan oshmasa, ular bankrotga uchraydilar. Shuning uchun o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta‘minlash boshqaruv usuli sifatida korxona va ularning bo‘linmalarida keng qo‘llaniladi. Boshqaruv samaradorligi darajasi o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta‘minlash, to‘g‘ri rejalashtirish, iqtisodiy asoslangan tarzda tashkil etilishiga bog‘liq. Ishlovchilarni moddiy rag‘batlantirish mehnat unumdorligini oshirishning muhim omilidir. Asosiy oylikdan tashqari ishchi va xizmatchilar quyidagi turdagi mukofotlarni oladilar: erishilgan texnik-iqtisodiy yutuqlari uchun, mahsulotning yuqori sifati uchun, ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflarni uchun, o‘ta muhim topshiriqlarni bajarganliklari va boshqalar uchun. Oylik ish haqi va iqtisodiy rag‘batlantirish to‘lovlaridan tashqari korxonalarda ijtimoiy va madaniy tadbirlar fondi shakllanadi. Ana shu fondlardan uy-joyga qisman to‘lov, nafaqa ta‘minoti, o‘qitish, davolash, madaniy-maishiy xizmatlar amalga oshiriladi. Bularning hammasi mehnatkashlarni topshirilgan ishga ongli yondashish, tashabbus ko‘rsatishga undaydi.
Bitiruv malakaviy ishi doirasida tanlangan mavzu, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish masalasi o‘ta dolzarb yo‘nalishlardan hisoblanib, uning to‘g‘ri yechimini yo‘lga qo‘yish xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan etkazib berilayotgan xizmatlar sifatiga va u orqali tannarxga va korxonaning raqobatbardoshligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababdan ham, tadqiqot mavzusi mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishi nuqtai nazaridan o‘ta dolzarb va mavzuni tanlashga muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Download 103.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling