Mavzu: Podshipniklar. Dumalash podshipniklari


Download 5.85 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi5.85 Kb.
#1836739

Mavzu: Podshipniklar. Dumalash podshipniklari

Dumalash podshipniklari


REJA:
1.Podshipniklarni vazifasi, turlari, ishlatilish joylari.
2. Dumalash podshipniklarini afzalliklari, kamchiliklari va ishlatish joylari.
3. Dumalash podshipniklarni tasnifi va sinflanishi.
4. Dumalash podshipniklarining yuklanishni qabul qilishining asosiy nazariyasi.

Podshipniklarini vazifasi, turlari, ishlatilish joylari.

Podshipnik — aylanuvchi val va oʻqlarning tayanchi. Mexanizmlarning aylanuvchi yoki tebranuvchi kismlari vaziyatini boshqa qismlarga nisbatan cheklaydi, valdan tushadigan kuchlarni bevosita qabul qilib, valning ravon va oson aylanishiga imkon beradi. Podshipniklar val hamda o’qlarning tayanchlariga o’rnatilib, tayanch vazifasini o’taydi. O’q yoki val orqali tayanchga tushadigan kuchni bevosita podshipnik qabul qiladi.

Mashinalarni ishlashi va ishga chidamligi podshipnik sifatida ko’p jixatdan bog’liq. Shuning uchun podshipniklarni tanlash va ish jarayonida ularni kuzatib turish masalalariga aloxida e’tibor berish kerak.

Aylanayotgan val yoki o’q tayanchlari podshipniklarda ishqalanadi. Ana shu ishqalanishning turiga qarab podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalash podshipniklariga bo’linadi. Shuningdek har – xil yo’nalishda ta’sir qiladigan kuchlar uchun har – xil podshipniklar ishlatiladi va asosan 3 ta turga ajratiladi. Masalan: val o’qiga tik ta’sir qiluvchi kuchlarni qabul qilish uchun radial podshipniklar; val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun tirak podshipniklar; val o’qiga tik hamda val o’qi bo’ylab ta’sir qiluvchi kuchlar uchun radial tirak podshipniklar ishlatiladi.

Podshipniklarini vazifasi, turlari, ishlatilish joylari.


Dumalash podshipniklari quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:

Dumalash podshipniklarini afzalliklari, kamchiliklari va ishlatish joylari.

Dumalash podshipniklarida dumalash elementlarini zoldirlar yoki g’altaklar bajaradi. Podshipnik xalqalari, zoldir va g’altaklari SHXB, SHX9, SHX15, SHX 15 GS xromli po’latlardan tayyorlanadi. Ularni qattiqligi 62-65, ular shlifovka qilinib keyin polirovat qilinadi.

Hozirgi vaqtda ichki diametri 1,5 mm dan 2,6m – gacha, og’irligi 0,5 gr. dan 3,6 tonna bo’lgan podshipniklar ishlab chiqariladi.

Afzalliklari.

  • Ishqalanishga kam quvvat talab qiladi.
  • Yeyilishga, yong’inga chidamli.
  • Moylash materiallarinini kam sarf qiladi.
  • Nisbatan arzon, chunki ular standart bo’yicha ishlab chiqariladi.
  • Xizmat ko’rsatish arzon.
  •  

    Kamchiliklari.

  • Katta qattiqlikka ega chunki ishchi kontakt yuzasi oz.
  • Katta yuklanishlarda ishlash muddati ozroq.
  • Bir rejimda ishlaydigan podshipniklarni ishlash muddati har xilligi.
  • Ayrim detallarga o’rnatish qiyinligi (misol tirsakli vallarda).

Dumalash podshipniklarini sinflanishi va markalanishi

Quyidagi belgilar bo’yicha dumalash podshipniklari sinflarga bo’linadi:

1). Dumalash detallari formasi bo’yicha zoldirli va g’altakli. G’altaklilar o’z navbatida, silindrsimon (b), konussimon (v), bochkasimon (g), iynasimon (d), o’rama (e) g’altaklar.

Dumalash podshipniklarini sinflanishi va markalanishi

  • Yuklanishlarni qabul qilishiga qarab – radial, radial – tirgak va tirgak podshipniklarga bo’linadi. Dumalash zoldirlariga qarab - bir qatorli va ko’p qatorlilar bo’ladi. O’z – o’zidan urnashmaydigan va o’z – o’zidan o’rnashadigan (sferik) bo’ladi.
  • Tashqi o’lchamlariga nisbatan – seriyalarga bo’linadi. Tashqi diametri bo’yicha, o’ta engil seriya, yengil seriya, o’rta seriya va og’ir seriyalar. Masalan: 051106, 052206, 053306, 054406
  • Eni bo’yicha - ingichka, o’rta, keng va o’ta keng seriyalarga bo’linadi. Masalan: 051106, 052206, 053306, 054406
  • Hamma podshipniklar markalanadi, misol podshipnik «1121», oxirgi 2- raqamni beshga ko’paytirilsa, podshipnikni ichki diametri kelib chiqadi, ya’ni 21x5=105 mm. Oxiridan 3 – raqam seriyasini, 4 – raqam turkumini bildiradi.

Dumalash podshipniklarining yuklanishni qabul qilishining asosiy nazariyasi.


Download 5.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling