O‘tgan va qaytgan oq yorug’likdagi Nyuton xalqalari. Linzaning egrilik radiusini aniqlash. Laboratoriya ishi Mavzu: O‘tgan va qaytgan oq yorug’likdagi Nyuton xalqalari. Linzaning egrilik radiusini aniqlash. Ishdan maqsad
Download 223.5 Kb.
|
Nyuton halqalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va jihozlar
- Nazariy qism
O‘tgan va qaytgan oq yorug’likdagi Nyuton xalqalari. Linzaning egrilik radiusini aniqlash. Laboratoriya ishi Mavzu: O‘tgan va qaytgan oq yorug’likdagi Nyuton xalqalari. Linzaning egrilik radiusini aniqlash. Ishdan maqsad: O’tgan yorug’likdagi yorqin xalqalarni qaytgan nurdagi qoramtir xalqalar bilan qiyoslash Interferension tasvirlarning o’zaro bog’liqligini yuqoriroq optik zichlikli muhitdan qaytishda yuz beradigan fazalarning keskin o’zgarishi orqali tushuntirish Kerakli asbob va jihozlar: 1 Nyuton xalqalari uchun shisha plastina ………………. 471 111 2 nur sochgichlar ……………………………………….... 471 88 2 hoshiyali linza f = +200 mm …………………………… 460 04 1 pretsezion optic stol, 1 m ……………………….……… 460 32 5 naezdniklar, H = 60 mm/B = 36 mm ……………..……. 460 353 1 naezdnik, H = 60 mm/B = 50 mm ……………………... 460 351 1 konsol richag 100 …………………………………….… 460 356 1 xona galogen lampasi 12 V, 50/90 W ………………….. 450 64 1 cho’g’lanma lampa 12 V/90 W, G6.35 …………….…… 450 63 1 transformator 2 … 12 V ………………………………… 521 25 2 Biriktiruvchi sim, 100 cm, qora ………………………… 501 33 Nazariy qism Suvdagi yupqa neft qatlamlaridagi. juda yupqa sovun pardalaridagi va yupqa havo qatlamlaridagi rangli hodisalar yorug’lik to’lqinlarining interferensiyasi sababli yuzaga keladi. Bugungi kunda yupqa qatlamlardagi yorug’likning interferension hodisalaridan shisha sirtidan akslanishlarni kamaytirish maqsadida foydalaniladi. Nyuton xalqalari bir-biriga juda yaqin bo’lgan ikkita sindiruvchi sirtlardan yorug’likning qaytishi va sinishi natijasida yuzaga keladi. Mazkur tajribada Nyuton xalqalari egrilik radiusi katta bo’lgan va juda sust qavariq tomoni yassi shisha plastina bilan tutashgan yassi qavariq linza orqali generasiyalanadi. Agar bu birikma perpendikulyar tushayotgan parallel oq yorug’lik bilan yoritilsa, ikki sirt tutashgan nuqta atrofida rangli shakldagi konsentrik xalqalar hosil bo’ladi. Interferension xalqalar qaytgan yorug’likda ham, o’tgan yorug’likda ham kuzatiladi. Interferension xalqalar orasidagi masofa doimiy emas, chunki bitta tutashuvchi sirt egik. Rasm 2 da d qalinlikli ponasimon havo qatlami orqali interferensiyaning ikki shisha sirtida yuzaga kelishi tasvirlangan: yorug’lik to’lqini W chap tarafdan linza L chegaraviy sirtiga tushadi va qisman qaytadi T1 Qaytmagan qismi esa ponasimon havo qatlamidan T2 o’tib, shisha plastina sirtidan qaytadi. Rasm.1
yassi-qavariq linzaning sxematik tasviri. P: shisha plastina L: yassi-qavariq linza R: egrilik radiusi r: shisha plastina bilan linzaning tutashgan nuqtasigacha masofa Rasm.2
P oraliqdan qaytish yuqoriroq optik zichlikli muhitda yuz berganligi sababli, qisman qaytgan to’lqin T3 va T1 to’lqindan farqli, fazaning sakrab o’zgarishiga duchor bo’ladi. (mos keluvchi qaytgan to’lqin arqonning mahkamlangan oxirida) Qaytmagan qism katta optik zichlikka ega bo’lgan shisha plastina orqali T2 to’lqin sifatida o’tadi. T3 to’lqin esa L linzaga qaytadi va linzada fazasi sakrab o’zgarishi bilan T4 to’lqin sifatida yana qaytadi. Qaytmagan qismi esa yuqoriroq optik zichlikka ega bo’lgan yana shisha plastina orqali, fazasi sakrab o’zgarmasdan o’tadi. Keyinchalik T5 bilan belgilangan to’lqin qismlari ko’p marotaba qaytishlar orqali yuzaga keladi. Qaytgan yorug’likda interferensiya qisman to’lqinlar T1 va T3 da kuzatiladi. T1 bilan T3 orasidagi yo’llar farqi (I) va qaytish hamda sinish orqali shaklangan interferension tasvir, qora markaz atrofidagi konsentrik qoramtir xalqalardan tashkil topadi, Destruktiv interferensiya yuzaga kelish sharti, agar yo’llar farqi λ to’lqin uzunligining yarmiga karrali bo’lsa bajariladi. yoki (II) O’tgan yorug’likda T2 bilan T to’lqinlarda interferensiya kuzatiladi. T2 bilan T4 orasidagi yo’llar farqi dT (III) Agar o’tgan yorug’likda Nyuton xalqalari kuzatilsa, interferension manzara qaytgan nurning interferensiyasigaqo’shiladi.O’tgan yorug’likning doiralar to’plami ravshanroq. Shuning uchun qora xalqalarning o’rniga yorqin xalqalaro’lchanadi. Yuqoriroq optik zichlikka ega bo’lgan muhitda ikkimarta qaytgan to’lqin qismi T4 , T1 ning ikki faza sakrashini boshdan kechiradi va shunday qilib T4 bilan T2 ustma-ust tushganda, T2 original to’lqinlar seriyasi bilan fazasi mos keladi. Konstruktiv interferensiyaning yuzaga kelish sharti, dT yo’llar farqi λ to’lqin uzunligiga karrali bo’lsa, bajariladi. yoki (IV) Bu shart qaytgan yorug’likda destruktiv interferensiya uchun shartga (II) aynan mos keladi. Shuning uchun kuzatilayotgan interferension manzaralar qo’shimchadir. Rasm. 2 bo’yicha T1 va T3 to’lqin qismlarining amplitudalari deyarli teng, chunki ikkala to’lqin qismlari ham bitta qaytish bilan generasiyalangan. T4 to’lqin ikkita qaytish orqali generasiyalangan, shu sababli u qaytishsiz generasiyalangan T4 ga nisbatan ancha sust. Shuning uchun, kontrast, ya’ni yorqin xalqalar bilan qoramtir xalqalar intensivliklari orasidagi nisbiy farq qaytgan yorug’lik holidagidan o’tgan yorug’lik holida ancha sust. Rasm.2 ga ko’ra, (II) va (IV) dagi d qalinlik qavariq linza bilan shisha plastina orasidagi tutashuv nuqtasi r masofasiga va qavariq linzaning egrilik radiusiga R bog’liq. d qalinlikning kichik qiymatlari uchun biz quyidagiga ega bo’lamiz. (V) Qo’shni Nyuton xalqalarining diametrlari uchun (II) yoki (IV) dan, mos ravishda (V) dan ham quyidagi munosabat olinadi: (VI) Shunday qilib, agar linzaning egrilik radiusi R ma’lum bo’lsa, oq yorug’likning o’rtacha to’lqin uzunligi diametrlarni o’lchash orqali aniqlanishi mumkin. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling