Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi


Download 186.89 Kb.
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi186.89 Kb.
#1698933
  1   2

Mavzu: Qurilish materiallari va buyumlarining nano, mikro va makrostrukturasi.


Jizzax Politexnika instituti
Arxitektura va qurilish fakulteti Bino va inshootlar qurilishi yo’nalishi 203-22 guruhi
Qaxarova Mashxura
  • Qurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstruksiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi.
  • Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining-mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin xolda bo‘lmasdan o‘zaro minerallarga birikkan bo‘ladi. Materiallarning mineral tarkibi ularning qanday minerallardan qancha miqdorda tashkil topganini bildiradi. Giltuproq, ohaktosh, gips toshi va sh.k. larning mineral tarkibi ulardan olingan keramik materiallar havoyi va mineral bog‘lovchilarning mustahkamligini va turli muhitlarga chidamliligini belgilaydi.
  • Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon xolatda bo‘lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo‘lgan g‘ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan, material g‘ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g‘ovaklardagi havo materialga issiqsovuqdan, tovushdan izolyasiyalovchi xususiyat beradi.

Material strukturasini uch darajada tushunish zarur-molekulyar-ion, mikrostruktura va makrostruktura.

Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron ikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2 .10- 7 sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar uyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi og‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi. Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, maydayirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin. Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikalsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi. Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.

  • Molekulyar-ion darajasi materiallarning element, oksid, mineral, oligomer, polimer va sh.k. kimyoviy moddalardan hosil bo‘lishini belgilaydi. Materiallarni bu darajada o‘rganish differensial-termik, rentgenfazaviy, elektron ikroskopik, infraqizil spektroskopik va sh.k. tekshirish usullari bilan amalga oshiriladi. Mikrostruktura materialning tuzilishi va undagi g‘ovaklarning o‘ta kichikligini (1-2 .10- 7 sm gacha) bildiruvchi ko‘rsatkich. Materialda mikrog‘ovaklar uyumning kirishishi natijasida hosil bo‘ladi va ular o‘zaro tutash yoki har tomonlari berk bo‘lishi mumkin. Materialni tashkil etuvchi og‘lovchi (portlandsement, gips, bitum, polimer), o‘ta mayda to‘ldiruvchi (qum kukuni, andezit) mineral yoki polimer qo‘shimchalar, suv va sh.k. komponentlardan iborat majmuadir. Qurilish buyum va konstruksiyalarning barcha xossa va xususiyatlari mikrostrukturaga, uning hosil bo‘lish sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mikrostruktura xossalariga bog‘lovchining aktivligi, dispersligi, mikrog‘ovakligi, o‘ta mayda to‘ldiruvchilarning yuza tabiati katta ta’sir etadi. Makrostruktura materiallarning tuzilishi va undagi g‘ovaklar-yirik, ko‘zga ko‘rinadigan xolatdagi ko‘rsatkich bo‘lib, u mikrostruktura, maydayirik to‘ldirgichlar va boshqa to‘ldiruvchi yoki armaturalovchi komponentlar majmuasidan ibratdir. Makrostruktura kompozit (konglomerat), uyachali, mayda g‘ovakli, tolasimon, qatlamli, donador shakllarda bo‘lishi mumkin. Kompozitlarga betonlar, qurilish qorishmalari, keramika, silikalsitlar, polimerbetonlar va sh.k. kiradi. Bunday materiallar sun’iy konglomeratlar ham deb yuritiladi. Mayda g‘ovakli materiallarga suv yoki yonuvchi qo‘shilmalar aralashtirilib kuydirilgan keramika, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Uyacha strukturali materiallarga gazbetonlar, ko‘pikbetonlar, ko‘pik plastmassalar, maxsus qog‘ozdan yasalgan turli shakldagi bo‘shliqli buyumlar kiradi.

Download 186.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling