Mavzu: Rossoya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligini yarim mustamlakaga aylantirilishi Buxoro – Rossiya urushlari. Amirlikning qaram davlatga aylantirilishi. Abdulmalik to‘ra (Katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakati Reja


Download 58.96 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi58.96 Kb.
#999549
  1   2   3
Bog'liq
Rossoya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligini yarim mustamlakaga aylantirilishi


Mavzu: Rossoya imperiyasi tomonidan Buxoro amirligini yarim mustamlakaga aylantirilishi
Buxoro – Rossiya urushlari. Amirlikning qaram davlatga aylantirilishi. Abdulmalik to‘ra (Katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakati
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
2.1.Buxoro-Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar
III. Abdulmalik to‘ra (Katta to‘ra) boshchiligidagi ozodlik harakati.
Kirish
Mustaqillik O‘zbekiston tarixining yangi davrini boshlab berdi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan joy egalladi. Mustaqil taraqqiyotning 31 yilligi mobaynida vatanimizda amalga oshirilgan ishlar ko‘lami asrlarga tatigulik bo‘ldi. Davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va ma’naviyat sohalarida katta islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, ta’lim sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni alohida ta’kidlash lozim. Barkamol avlodni shakllantirishga yo‘naltirilgan Milliy dastur o‘z mevasini bermoqda. Bugun dunyoda kechayotgan mafkuraviy qaramaqarshiliklar ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun ularda tarixiy tafakkurni shakllantirish zarur.
Ushbu o‘quv-uslubiy majmuada “O‘zbekiston tarixi”ning XIX asrning ikkinchi yarmi – XX boshlaridagi siyosiy va ijtimoiy iqtisodiy hayoti tarixini aks etgan. Xususan, XIX – asrning o‘rtalari – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Turkistonni mustamlaka o‘lkaga aylantirishi O‘rta Osiyoda mavjud mustaqil o‘zbek xonliklari davlatchiligi tizimlar chek qo‘yilishiga, xonliklar imperiya vassallariga aylantirilishiga olib keldi. Tabiiyki, o‘lkani boshqarish va undan siyosiy va iqtisodiy foyda olishning birdan – bir yo‘li umuman Rossiyaning o‘z tuzilishi va yanada aniqrog‘i, metropoliya tomonidan imperiyaning boshqa milliy mintaqalarida o‘z ifodasini topgan boshqaruv usuli bo‘lib, u mustabid hokimiyat manfaatlarini ma’lum ravishda mustahkamlab turdi. O‘lkada o‘rnatilgan mustamlakachilikka asoslangan boshqaruv tizimi oqibatida mehnatkash aholi ikki tomonlama-mahalliy va mustamlakachi hukmdorlar jabr-zulmi girdobiga tortildi. Bunga qarshi o‘lka xalqlarning keng qamrovli ozodlik, istiqlolga erishish uchun harakatlari avj oldi.
Shuningdek, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘rsatib o‘tilgan talaba-yoshlarning tarixiy dunyoqarashini boyitish, ularda mustaqil fikrni qaror toptirish, tarixni mukammal darajada bilish, insoniyat yutuqlaridan va tajribasidan to‘la bahramand bo‘lish, umuminsoniy qadriyatlarni anglab yetishga ko‘maklashish va dunyo miqyosida bo‘lgan muammolarning tarixiy izdizlarini izlab topish kabi dolzarb masalalarni o‘rganadi.

Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling