Mavzu: Sharqda qo‘llanilgan oy kalendarlari Reja


Download 54.16 Kb.
bet1/9
Sana05.02.2023
Hajmi54.16 Kb.
#1167526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAVZU Sarqda qo`llanilgan oy qalendari


MAVZU: Sharqda qo‘llanilgan oy kalendarlari
Reja:
1.Kalendar tushunchasi.Quyosh kalendari va uning uzunligi
2. Oy kalendari va uning xususiyatlari
3 Oy - Quyosh kalendari va uning xususiyatlari
4 .Qadimgi Bobil kalendari Eron kalendari Qadimgi Misr kalendari
5.Qadimgi Hind kalendarlari, Xitoy kalendarlari
6. Sharqiy Osiyo mamlakatlari kalendaridagi oltmish yillik sikl

Tayanch tushunchai “Kalendar” - lotincha «kalendarium» so‘zidan olingan bo‘lib, qarz kitobi ma'nosini anglatadi.Calendarium - Kalendar atamasi lotincha - «qarz daftari» degan ma'noni Oy” - o‘lchov birligi, hafta vaqt birligi Oy kalendarlari - ko‘chmanchi (chorva) xalqlarda paydo bo‘lganOy - quyosh kalendarlari - O‘troq (deqqonchilik) xalqlar kalendari
Vaqt o‘lchov birliklari - soat, minut, sekundlarOy fazalari - Oyning Er atrofidagi harakatlanishi davrida quyoshga nisbatan egallaydigan vaziyatlari.Tropik yil - quyosh o‘zining ko‘rinma harakati bo‘yicha bahorgi teng kunlik nuqtasi Y dan ikki marta ketma-ket o‘tishi uchun ketgan vaqtga aytiladi."laugarsday” - qadimgi Skandinaviya xalqlarida shanba "hammom kuni" degan ma'noni bildirgan. Qadimgi Xitoy kalendari,yil sikllari,turk-mo`g`il kalendari,60 yillik sikl,yil ranglari.

Dunyoda turli xalqlar orasida kelib chiqqan barcha kalendar tizimlarini ularning nazariy xususiyati va mohiyati e’tibori bilan uch turga bo‘lish mumkin:


Taqvim- vaqt o‘lchovlari kun, hafta, oy, yilni xisoblash tizimi. Vaqt o‘lchovlarini belgilash tabiat xodisalarining samoviy yoritkichlar harakati bilan bog‘liq davriyligiga asoslanadi. Taqvim hisobining asosi yil bo‘lib, yilning fasl va oylarga bo‘linishiga va davomiyligiga qarab tuzilgan oy taqvimi, oy-quyosh taqvimi va quyosh taqvimi mavjud
SHamsiy (Quyosh) kalendari
Qamariy (Oy) kalendari
Qamariy-shamsiy (Oy-Quyosh) kalendari

Oy taqvimi. Erning tabiiy yo‘ldoshi Oyning bir oylik aniq harakati- 29 kun 12 soat 44 daqiqa 2 soniya muddatga asoslanadi. Oyning g‘arbda o‘roq shaklida ko‘rinishi oy boshi hisoblanadi. Oyning yana shu xolatga qaytib kelishigacha o‘tgan muddat biroyni tashkil qiladi. 29,5 kunning12 soati xar ikki oyda bir kun qilib qo‘shib boriladi. Shuning uchun oy taqvimida toqoylar 30 kun, juftoylar 29 kundan qilib belgilangan. 12 soatning qo‘shimchalari(44 daqiqa2 soniya) to‘rt yilda yig‘ilib bir kun bo‘ladi va u kabi sayilining o‘n ikkinchi oyi oxiriga 29 kunni 30 kun qilib qo‘shib qo‘yiladi. Oy taqvimida oddiy yil 354 kun, kabi sayili 355 kun bo‘ladi. Oy taqvimi musulmon olamining xijriy yil hisobiga asos qilib olingan.


Kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlarida ibtidoiy bilimlargina bo‘lgan paytda shamsiy (Quyosh) o‘lchovlariga qaraganda qamariy (Oy) o‘lchovlarini belgilash osonroq bo‘lgan. Oyning aylanish davri Quyoshning aylanish davriga qaraganda 12,4 baravar qisqa, shu sababli Quyoshning ko‘zga ko‘rinadigan yillik harakatiga qaraganda Oyning aylanishi osonroq idrok etilgan va belgilangan.
Quyoshning harakatini hamda u bilan bog’liq holda yil fasllarining (mavsum) o‘zgarishini hisobga olmasdan, Oyning aylanishiga qarabgina vaqtni hisoblash faqat ibtidoiy odamlar yashagan sharoitda, ya’ni dehqonchilik ham, chorvachilik ham hali rivojlanmagan davrda qo‘llanishi mumkin edi. Oyning turli fazalari navbatlashib turishiga asoslanib vaqtni shu tarzda hisoblash ibtidoiy odamlarning ba’zi bir ehtiyojlarini qondirgan: tungi ov va tungi ish davrlarini belgilash, dushman hujumini daf etish sharoitlarini aniqlash va shu kabilar uchun kifoya qilgan.
Shuning uchun ham ko‘pchilik qadimgi xalqlar orasida paydo bo‘lgan kalendarlar avvaliga faqat Oyga qarab tuzilgan. Bunday kalendarlar qamariy kalendarlar bo‘lib, ular qadimgi xalqlar dinida, ayniqsa sharq xalqlari dinlarida katta rol o‘ynagan. Qamariy kalendar aholisi islom diniga e’tiqod qiluvchi ayrim sharq mamlakatlarida hozirgacha saqlanib qolgan.
Qamariy kalendar birinchi navbatda Oyning harakatiga, Oy fazalarining o‘zgarishiga asoslangan bo‘ladi va yil fasllariga mutlaqo aloqasi bo‘lmaydi. Bunday kalendarning asosiy vazifasi vaqt hisobida kunlar bilan qamariy oyni bir-biriga muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi xolos.
SHarq astranomlari Oyni o‘rganishda, ayniqsa uning ikkita bir xil fazalari o‘rtasidagi vaqtni aniqlashda katta yutuqlarga erishganlar. Bunday vaqtning, ya’ni Oyning Er atrofida Quyoshga nisbatan bir marta to‘liq aylanib chiqish vaqti sinodik oy deyiladi. Sinodik oy davrining birmuncha aniqroq belgilanadigan payti uning oy boshiga (yangi oy) to‘g’ri keladigan paytidir. Biroq oy boshini, yangi Oy tug’ilishini faqat Quyosh tutilgan paytlardagina aniq belgilash mumkin, lekin Quyoshning tutilishi juda kam kuzatiladigan hodisadir. SHuning uchun Oyning yangi oy fazasiga eng yaqin bo‘lgan boshqa fazasini tanlab olishga, ya’ni yangi oy tug’ilganidan keyin uning ingichka o‘roq shaklida birinchi marta ko‘rinishini kuzatishga to‘g’ri kelgan. Oyning harakatidagi, o‘zgarishidagi bunday holatni qadimgi yunonlar neomeniya deb atashgan, biz uni shartli ravishda yosh Oy deb ataymiz.
Ingichka o‘roq shaklidagi yosh Oyni biz oqshom paytlarida botib ulgurmasidan bir necha minut ilgari ko‘ra olamiz. Qamariy kalendar bo‘yicha kalendar oytning boshlanishi deb yosh Oyning birinchi marta ko‘ringan kunni hisoblashadi. YAngi oy tug’ilishidan yosh Oy ko‘ringungacha (neomeniyagacha) o‘tgan vaqtning qancha bo‘lishi ham astronomik, ham ob-havo sharoitlariga bog’liqdir. Bu vaqt xronologiyada o‘rtacha 36 soatga teng deb hisoblanadi.
Bir necha ming yillar muqaddam ikkita yosh Oy oralig’ida 29 yoki 30 kun o‘tadi deb aniqlangan. SHuning uchun sinodik oyning uzunligi avvaliga 29,5 kundan iborat deb hisoblashgan va qamariy kalendar yilining oylari esa navbatma-navbat 29 va 30 kundan almashib turgan. Lekin har bir yangi qamariy oyning birinchi kuni osmonda yosh Oy birinchi marta ko‘ringan kundan boshlanishi albatta shart bo‘lgan.
Vaqtning oyga nisbatan yirikroq birligiga bo‘lgan ehtiyoj qamariy yilni keltirib chiqargan. Kamariy yil 12 qamariy oydan iborat bo‘lib, u taxminan 354 kunga tengdir. Kalendarning barcha toq oylari 30 kundan, barcha juft oylari esa 29 kundan iborat bo‘lgan. SHunday qilib, kamariy kalendar yili qamariy yil singari 354 kundan iborat bo‘ladi (6 x 30 + 6 x 29 = 354).
Biroq sinodik oy 29,5 kunga teng bo‘lmay, balki 29,53059 kundan (yoki 29 kun 12 soat 44 minut 3 sekunddan) iboratdir. SHuning uchun oylarni 29 va 30 kundan hisoblaganda kalendar oyidagi 29,5 kundan ortiqcha vaqt asta-sekin to‘planib borib, natijada u ham qamariy oyning, ham qamariy yilning boshlanishini - birinchi kunini Oyning yangi fazasidan (yoki neomeniya holatidan) uzoqlashtirib yuboradi. Bu xato 10 yilda deyarli 3,67 kunni tashkil etadi va yangi kalendar yilning yoki oyning boshlanishi yangi Oy tug’ilishidan ancha orqada qoladi. Bunday noqulaylikdan qutulish uchun kalendarni vaqti-vaqti bilan tuzatib turishga qaror qilingan. Buning ayrim qamariy yillarga qo‘shimcha, 355-kun “berib turiladi”. Bunday yillarni shamsiy kalendarning 366 kunlik yillari singari kabisa yillari deb ataymiz. SHunga ko‘ra qamariy kalendar yillari goh 354 kundan, goh 355 kundan iborat bo‘ladi. SHu yo‘l bilan oylar hamda qamariy yillarning boshlanishi osmonda yangi oy ko‘ringan kunga to‘g’ri kelishiga erishildi.
Kabisa tizimini tanlash, ya’ni qaysi qamariy yillarni 355 kundan hisoblash zarurligini aniqlash kerak bo‘ladi. Hozir ishlatilayotgan barcha qamariy kalendarlar 8 yillik davrga ega bo‘lgan “turk tsikli”ga yoki 30 yillik davrga ega bo‘lgan “arab tsikli”ga asoslanadi.
“Turk tsikli”ga asoslangan qamariy kalendar bo‘yicha 354,36706 kunlik 8 ta qamariy yil taxminan 2835 kundan iborat bo‘ladi. Lekin 354 kunlik 8 ta oddiy qamariy yil esa 2832 kunni tashkil qiladi xolos (ya’ni u 3 kuncha oz). SHunga ko‘ra oradan 8 yil o‘tgandan keyin qamariy kalendar yilining boshlanishi oy boshiga yoki hech bo‘lmasa neomeniyaga to‘g’ri kelishi uchun unga yana 3 kun qo‘shish kerak bo‘ladi. Buning uchun 8 yillik tsiklning 3 yilini 355 kundan iborat kabisa yili qilish kerak bo‘ladi (354 x 5 + 355 x 3 = 2835). TSikl doirasida kabisa yillarining 2,5 va 7-yillarga to‘g’ri kelishi ma’qul topilgan. CHunki har yil oxiridagi xatolik yarim kundan oshmasligi kerak.
“Arab tsikli”ga asoslangan qamariy kalendar bo‘yicha 354, 36706 kunlik 30 ta qamariy yil taxminan 10631 kunni tashkil etadi. Biroq har biri 354 kun bo‘lgan 30 ta oddiy qamariy yil esa 10620 kunga ega. SHuning uchun har 30 yilda oy boshi deyarli to‘liq 11 kun kechikadi. Demak, 30 yillik tsiklning 11 yiliga bittadan kun vo‘shish kerak bo‘ladi. Unda bu tsiklning 19 ta oddiy yili 354 kunga va 11 ta kabisa yili 355 kunga ega bo‘ladi.
Bu kalendar tsiklida ham qaysi yillarni kabisa yili deb hisoblash masalasida “turk tsikli”dagi kabisa yillarni aniqlash qoidasiga amal qilingan: agar tsikl boshida xatolikni nulga teng deb hisoblansa, har kalendar yilining oxiridagi xatolik 0,5 kundan oshmasligi kerak. SHuning uchun bu 30 yillik tsikl ichida 2,5,7,10, 13,16,18,21,24,26 va 29-yillarni kabisa yili deb hisoblash ma’qul topilgan. Kabisa yillarini yuqoridagi tartibda belgilashda, shuningdek har kalendar oyining 1-kuni va yangi yilning boshlanishi neomeniyaga, ya’ni osmonda yangi oyning birinchi ko‘rinish kuniga to‘g’ri kelish qoidasiga ham albatta rioya qilinadi.
“Arab tsikli”ning qo‘llanilishi natijasida sanalarning Oy fazalari bo‘yicha surilishi 2,6 ming qamariy yil davomida bir sutkadan oshmaydi.
8 yillik tsiklga ega bo‘lgan “turk tsikli”ning aniqligi kamroq. Bu tsiklda Oy fazalariga nisbatan bir sutkalik tafovut 126 kalendar yil davomida to‘planadi.
Bir qamariy yilni taxminan 29,530588 x 12 = 354,36706 sutka tashkil etadi, shamsiy yil esa 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekunddan iborat. Demak, qamariy kalendar yili tropik yildan 10-12 kun (o‘rtacha 11 kun) qisqadir (10,875139 sutka qisqa). Qamariy vaqtning yangi oy tug’ilgan kuni va boshqa sanalari har yili shamsiy yil fasllariga shuncha nisbatga teng miqdorda oldinga surilib turadi. Oy vaqti sanalarining fasllarga nisbatan to‘la aylanib chiqib, yana ularga to‘g’ri kelishi taxminan 33,6 yilda ro‘y beradi.
Qamariy kalendarlar singari qamariy-shamsiy kalendarlar ham qadimgi zamonda, ammo qamariy kalendarlardan keyinroq vujudga kelgan. Qishloq xo‘jaligi rivojlanishi bilan qamariy kalendar kishilarning amaliy ehtiyojlarini qondirolmay qoldi. Hayot kalendarni mavsumiy hodisalarni hisobga olish uchun moslashtirishni talab qildi. Ammo shamsiy yilning uzunligi haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmaganidan, shuningdek vaqtni qamariy hisobi an’ana va odat tusiga kirib qolganligidan qamariy oylardan voz kechib bo‘lmadi. Qamariy yilni shamsiy yilga aylantirish yoki hech bo‘lmasa unga yaqinlashtirish, ya’ni uzaytirish kerak edi.
SHamsiy yilda qamariy oylar kasrli miqdorni tashkil etadi (taxminan 12,4). Kasrdan qutulish uchun bir necha yilda bir marta butun bir qamariy oy qo‘shilib, qamariy yillar uzunligi shamsiy yillar uzunligiga etkaziladi. Bunday uzaytirilgan yilda 13 ta qamariy oy bo‘ladi. Qamariy-shamsiy kalendarning asosiy g’oyasi ana shunday moslashtirishdan iborat edi. Shu tarzda, bu kalendar qamariy oylarni shamsiy yillar bilan qo‘shishdan iborat bo‘ldi.
Natijada qamariy kalendarlarda sanalarning fasllar bo‘yicha surilishi keskin qisqardi. Ayrim yillarda bu tafovut kattalashar, boshqa yillarda esa ularni o‘rni tamomila to‘ldirilmasa ham, har holda o‘sha davr uchun amalda kifoya qiladigan darajaga keltirilar edi. Kalendar yili qamariy oylardan iborat bo‘lsa ham, o‘rta hisobda shamsiy yilga yaqinlashib qoldi. Bunday kalendar qishloq xo‘jalik va boshqa mavsumiy ishlar ehtiyojini ma’lum darajada qondira olar edi.

Oy-quyosh taqvimi. Oy va quyoshning xarakatiga asoslangan murakkab taqvim. Bu taqvimda yil12 oy(biryili353-355 kun)dan, ba’zan esa13 oy(biryili383-385 kun)dan iborat bo‘ladi. Oy-quyosh taqvimining xar19 yilidan12 yili12 oydan, 7 yili13 oydan qilib hisoblanadi. Arablar johiliyat davrida-islomdan avval oy-quyosh taqvimiga amal qilganlar. Bu taqvimdan yahudiylar miloddan avvalgi IV asrdan boshlab xozirgacha foydalanib keladilar. O‘rta asrlarda xitoylar ham oy-quyosh taqvimini qo‘llaganlar.



Download 54.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling