Mavzu: sport biomexanikasi


Download 373.34 Kb.
bet1/10
Sana23.03.2023
Hajmi373.34 Kb.
#1288916
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
AMALIY ISH 25 - 30


AMALIY ISH № 25
MAVZU: SPORT BIOMEXANIKASI.


Mavzu: Sport biomexanikasi.


Ishdan maqsad: Sport biomexanikasi usullarini o’rganish.
Nazariy qism
Sport biomexanikasi - jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida odamning harakatlarini o’rganadi.

1-rasm. odamning mexanik harakati.
Sport biomexanikasida o’rganiladigan odamning mexanik harakatlari tashqi mexanik kuchlar (og’irlik, ishqalanish va boshqalar) va mushakning tortish kuchi ta‘siri ostida amalga oshadi. Mushakning tortish kuchi markaziy asab tizimi tomonidan boshqariladi va shundan kelib chiqqan holda fiziologik jarayonlar bilan belgilanadi.
SHuning uchun, jonli harakatlar tabiatini to’liq tushunish uchun harakatlar mexanikasining o’zinigina o’rganib qolmy, balki ularning biologik tomonlarini ham ko’rib chiqish zarur. Aynan ularning biologik tomonlari mexanik kuchlarning tashkillashish sabablarini belgilaydi. SHuni bilish zarurki, tirik dunyo uchun mexanikaning alohida qonunlari mavjud emas. Tirik tizimlar abstrakt, absolyut qattiq jismlardan qanchalik farq qilsa, tirik organizmlarning harakatlari absolyut qattiq jismlarning harakatlariga nisbatan shunchalik murakkabdir. SHundan kelib chiqqan holda, jonli ob‘ektlarga nisbatan mexanikaning umumiy qonunlarini tatbiq etishda nafaqat ularning mexanik xususiyatlarini, balki biologik xususiyatlarini (masalan, odam harakatlarini sharoitlarga moslashishining sabablarini, harakatlarni takomillashtirish yo’llarini, charchashning ta‘sir ko’rsatishini va b.) ham hisobga olish kerak.
Odamning harakatlar faoliyati uning amaliy harakatlaridan iborat hamda u – eng murakkab hodisalardan biri hisoblanadi. Ularning murakkabligi harakat a‘zolarining funksiyalari oddiy bo’lmaganligidagina emas, balki unda eng yuksak tashkillashgan materiya – miyaning mahsuloti bo’lmish ongning ishtirok etishida hamdir. SHuning uchun, odamning harakatlar faoliyati hayvonlarnikidan juda katta farq qiladi. Bu erda, birinchi navbatda, odam tomonidan amalga oshiriladigan harakatlarning maqsadga yo’naltirilgan ongli faolligi, ularning mazmunini tushunishi, o’z harakatlarini nazorat qilish va reja asosida takomillashtirish imkoniyati mavjudligi to’g’risida gap yuritilmoqda. Odam va hayvonlarning harakatlari o’rtasidagi o’xshashlik faqat biologik darajada mavjud. Jismoniy tarbiya jarayonida odam harakatlar faoliyati yordamida o’zining shaxsiy tabiatini faol qayta o’zgartiradi va jismonan takomillashadi. Inson ilmiy–texnik taraqqiyot imkoniyatlaridan foydalangan holda, qolaversa harakatlar faoliyati (harakatlarni amalda bajarish, xat-yozuv, nutq va h.k.) vositasida dunyoni qayta o’zgartiradi.
Harakat faoliyati mushaklarning ishlashi oqibatida chaqiriladigan va boshqariladigan ixtiyoriy faol harakatlar yordamida amalga oshiriladi. Inson o’z idroki bo’yicha, ixtiyoriy ravishda harakat qilishni boshlaydi, ularni o’zgartiradi va maqsadiga erishgandan keyin to’xtatadi. N.A.Bershteynning fikricha, inson normada shunchaki harakatlarni emas, balki amaliy harakatlarni bajaradi. Insonning amaliy harakatlari doimo maqsadga va ma‘lum bir mazmunga ega. Nyuton shunday savolni qo’ygan: ―jismlar harakati qay tarzda idrokka amal qiladi?‖, ya‘ni qo’yilgan maqsadga erishadi. Lekin, hozirgi vaqtdagina, insonning maqsadga yo’naltirilgan (ixtiyoriy) harakatlari mexanikasi, harakatlar maqsadidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilmoqda.
Gavda alohida qismlarining harakatlari boshqariladigan harakatlar tizimiga, bir butun aktlarga birlashtirilgan (masalan, gimnastik mashqlar, chang’ida harakatlanish usullari, basketbol o’yini usullari). Harakatlar tizimi tarkibiga gavda alohida qismlarining (bo’g’inlarda) va ayrim hollarda butun gavdaning holatini faol ushlab turish ham kiradi. Har bir harakat, bir butun harakatlar tarkibida o’zining rolini bajaradi va maqsadga mos keladi. Agar sportchi, o’zining har bir harakatida maqsadni ko’ra bilsa va uni amalga oshirsa, uning amaliy harakatlari ham, maqsadga yaxshiroq erishishiga olib keladi.
Biomexanikada harakatlarning sabablari mexanika va biologiya nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishiga qaramasdan, ularning qonuniyatlariga o’zaro bog’liqlikda qarash lozim, ya‘ni bunda, harakatlarni maqsadga yo’naltirilgan holda boshqarilishida inson ongining rolini hisobga olish kerak. Aynan mexanik va biologik qonuniyatlarning o’zaro bog’liqligi sport biomexanikasining o’ziga xos tomonlarini ochish imkoniyatini beradi.
Hozirgi zamon sport biomexanikasini, soddalashtirilgan holda va shartli ravishda, har bir qavatida (sathida) uchtadan bo’limi mavjud bo’lgan uch qavatli ―bino‖ sifatida qarash mumkin (1-rasm).

2-rasm. Zamonaviy biomexanika strukturasi.
Sport biomexanikasi umumiy, differensial va xusuiy biomexanikaga bo’linadi. Umumiy biomexanika inson harakatining nazariy muammolarini hal qiladi hamda inson qanday va nima uchun harakat qilishini bilishga yordam beradi.
Sport biomexanikasining ushbu bo’limi jismoniy tarbiya va sportning amaliyoti uchun juda muhim, chunki ―yaxshi nazariyadan ham yaxshiroq amaliyot bo’lmaydi‖ deb bejizga aytilmagan.
Differensial biomexanika harakatlanish imkoniyatlari va harakatlanish faoliyatining individual va guruhli xususiyatlarini o’rganadi. Sportchining yoshiga, jinsiga, salomatligi holatiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga, sport mahoratiga (kvalifikatsiyasiga) va boshqalarga bog’liq bo’lgan xususiyatlari o’rganiladi.
Xususiy biomexanika alohida sport turlarida va ommaviy jismoniy tarbiya turlarida texnik va taktik tayyorgarlikning aniq (konkret) masalalarini qarab chiqadi. Bular jumlasiga sog’lomlashtiruvchi yugurish va yurishni, umumrivojlantiruvchi gimnastika mashqlarini, quruqlikdagi (aerobika) va suvdagi (akvarobika) ritmik gimnastikani va shu singarilarni kiritish mumkin. Xususiy sport biomexanikasining asosiy masalasi - insonga turli-tuman harakatlarni qanday to’g’ri bajarishni yoki harakatlanish madaniyatini qanday mustaqil o’zlashtirishni o’rgatishdir.
Sport biomexanikasining uchta ―qavatida‖ (sathida): harakatlar – harakatlanish amallari - harakatlanish faoliyati o’rganiladi.
Birinchi sathda harakatni tadqiq qilish uchun kerakli ma‘lumotlar (faktik natijalar), ko’pchilik hollarda, (izolyasiyalangan) muskullar yoki hayvonlar tanasining boshqa qismlari bilan o’tkazilgan tajribalarda olinadi. Kamdan-kam uchraydigan mustasnodan (masalan, chaqaloqni harakatlaridan) tashqari, sog’lom inson maqsadga yo’naltirilgan va motivatsiyalangan harakatlarni yoki harakatlanish amallarini bajaradi.
Ikkinchi sathda biomexanika harakatlanish amallari texnikasini (masalan, sakrash, zarba berish, yurish, yugurish va shu singarilar texnikasini) o’rganadi va takomillashtiradi.
Sport biomexanikasining uchinchi sathi harakatlanish faoliyati taktikasiga bag’ishlangan. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida harakatlanish faoliyati harakatlanish amallari yig’indisidan zvenolardan tashkil topgan zanjir sifatida jamlanadi. Masalan, yugurish alohida qadamlardan; o’q otish - miltiqdan, nishonni mo’ljalga olishdan va o’qni otishdan; futbolda jarima zarbasini bajarish - yugurib kelishdan va oyoq biln koptokka zarba berishdan tashkil topgan bo’ladi. bunday zanjirdagi harakatlanish amallari o’zaro bir –biri bilan bog’liq va bir –biri uchun zamin yaratadi. SHuning uchun harakatlanish faoliyati - bu harakatlanish amallari tizimidir.
Bundan tashqari, keyingi paytlarda biomexanikaning quyidagi yo’nalishlari paydo bo’ldi va rivojlanib bormoqda:
- muhandislik (injener) biomexanikasi, uning asosiy yutuqlari ishni tashkil etilishi bilan bog’liq;
- tibbiy biomexanika, jarohat olishning (travmatizmning) sabablarini, oqibatlarini va profilaktika usullarini, tayanch-harakatlanish apparatining mustahkamligini, protezlash masalalarini tadqiq qiladi;
- ergonomik biomexanika, insonning uni o’rab turgan buyumlar bilan o’zaro munosabatlarini o’rganadi va uning maqsadi ushbu munosabatlarni optimallashtirishdir.
Biroq, jismoniy mashqlar biomexanikasi sport biomexanikasining markaziy bo’limi bo’lib qoladi. U insonning sport trenirovkalari va musobaqalar davomida hamda jismoniy madaniyatning ommaviy va sog’lomlashtirish shakllari mashg’ulotlari, shu jumladan maktabda jismoniy tarbiya darslari, jarayonida harakatlanish faoliyatini o’rganadi. Jismoniy mashqlar biomexanikasi, uzluksiz takomillasha borib, asta sekinlik bilan inson harakatlanish faoliyatining hamma tomonlarini qamrab oladigan harakatlanish faolligi biomexanikasiga aylanadi.

Download 373.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling