Mavzu: stol tennis sport turini olimpiada o'yinlariga kirib kelishi reja


Download 1.4 Mb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1332586
  1   2   3   4
Bog'liq
Stol tennisi o\'yinida uchraydigan holat va harakatlarga o\'rgatish




MAVZU: STOL TENNIS SPORT TURINI OLIMPIADA O'YINLARIGA KIRIB KELISHI


REJA:



  1. Kirish.Stol tennisini Jahonda rivojlanishi

  2. Stol tennisi xalqaro sport darajasiga ko’tarilishi

  3. Stol tennis sport turini olimpiada o'yinlariga kiritilishi.

  4. “Stol tennisi” o’yini qoidalari.



Kirish.Stol tennisini Jahonda rivojlanishi

O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2002 yil 24 oktyabrdagi 3154-sonli “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan.


O’zbekiston Respublikasi Prezidientining “O’zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida” 2004 yil 29 avgustdagi PF-3481-sonli Farmoni hamda Vazirlar Maxkamasining “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamharmasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2004 yil 29 avgustdagi 410-sonli qarori bilan jamg’arma Xalq ta’limi vazirligi huzuriga o’tkazildi. O’sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy sog’lom bo’lib voyaga etishi, ularga sog’lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g’oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni ta’minlash;
Bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini davlat siyosati darajasida amalga oshirish jamg’arma faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar Jamg’armaning asosiy vazifalari hisoblanadi: Bolalar jismoniy tarbiya va sportini rivojlantirish borasidagi davlat siyosatini 2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummiliy dasturini amalga oshirish bilan bevosita o’zaro bog’liqlikda ishlab chiqish va amalga oshirishga, bolalar sportini aniq maqsad yo’lida va barqaror avj oldirishga ko’maklashish;
Xalq ta’limini boshqarish organlari va ta’lim muassasalari bilan birgalikda bolalarda sportga mehr uyg’otish, o’sib kelayotgan yosh avlodda sport bilan shug’ullanishi, sog’lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligini tushunishni shakllantirish;
bolalarni salbiy ta’sirdan himoya qilish hamda zararli odatlardan xalos etish, bolalarni barqaror fe’l-atvorli, Vatanga mehr-muhabbat va o’z mamlakati uchun g’urur-iftixor ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
birinchi navbatda qishloq joylarda bolalar jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini shakllantirish, umumta’lim maktablari qoshida va aholi yashash joylarida zamonaviy bolalar sport komplekslari tarmog’ini barpo etish, ularni zamonaviy sport uskunalari hamda anjomlari bilan jihozlash, ulardan samarali foydalanishni ta’minlashga ko’maklashish bo’yicha zarur moliyaviy va moddiy mablag’larni jamlash;
umumta’lim maktablarining sport bazasini hamda shaharlarda va qishloq joylarda bolalar sport inshootlari tarmoqlarini yanada rivojlantirish, ularni mamlakatning aholi yashash joylarida oqilona joylashtirish hamda zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlash;
xudud aholisini zichligini, sport bilan shug’ullanishga jalb etiladigan bolalar soni, jinsi va yoshini e’tiborga oladigan bolalar sport maydonchalari va komplekslarining shu jumladan umumta’lim maktablarining ilmiy asoslangan namunaviy loyihalarini ishlab chiqishga ko’maklashish;
bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko’nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari va markazlaridagi mashg’ulotlarga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko’maklashish;
bolalarning jismoniy va ruhiy jihtdan kamol topishini ko’zlangan holda tibbiyot muassasalari va tashkilotlari bilan o’zaro yaqin aloqa va hamkorlikni ta’mimnlash;
bolalarni jismoniy tarbiyalashning ilmiy asoslangan zamonaviy tizimlari, shakl va uslublarini joriy etish, bolalar sporti bo’yicha ustozlar va sport-pedagog kadrlarni mamlakatning etakchi ilmiy hamda ta’lim markazlarida va chet ellarda tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, respublika sport federatsiyalari, klublari va tashkilotlari bilan o’zaro faol hamkorlik qilish;
bolalar ommaviy sportini rivojlantirish, istiqomat joylarda texnikaviy jixozlangan, zamonaviy bolalar sport komplekslarini barpo etishning ahamiyati keng targ’ibot qilinishini tashkil etish va ko’maklashish, ushbu vazifalarni ro’yobga chiqarishga jamoatchilikni, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini, kichik biznes sub’ektlari, xususiy tadbirkorlikni, korxonalar va tashkilotlarni, shu jumladan xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish;
mamalakatimiz hamda chet el investitsiyalarini, homiylik mablag’lari va grantlarni bolalar –o’smirlar jismoniy tarbiya va sport sohasiga keng ko’lamda jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
iqtidorli yosh sport-ommaviy ishlar va xayriya faoliyatini masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlikda qatnashish
vatanimiz jismoniy tarbiya va sportini axborotlar bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirishda, uni jahon axborot tarmog’iga kiritishda qatnashish;
jamg’arma mintaqaviy filiallarni tashkil etish va ularni zarur o’quv-metodik hamda ko’rgazmali –rasmli materiallar bilan ta’minlash, ushbu ishga olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish.

  • O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida chiqqan qonun va farmonlar asosida maktablarda, mahallarda sport-sog’lomlashtirsh ishlarini tashkil etish.

Stol tennisi ma’lum o’lchamli va ma’lum balandlikdagi to’g’ri burchakli stolda o’ynaladi. Stol o’rtasidan to’r bilan teng ikkiga bo’lingan bo’lib, o’yinchilar uning shu ikki tomonida o’ynaydilar.
Stol tennisida ham bir vaqtda ikki kishi (yakkama-yakka) yoki to’rt kishi (juftma-juft) o’ynashi mumkin.
O’yinchilardan bittasi tselluloiddan yasalgan koptokni o’yin qoidalariga amal qilgan holda raketka bilan urib, raqib tomonga o’tkazadi. Qabul qiluvchi o’yinchi esa koptok stoldan birinchi sakrab chiqishi bilanoq uni urib, raqib tomonga qaytaradi. O’yinchilar shu tarzda navbatma-navbat koptokni o’z tomonidan stoldan birinchi sakrab chiqqanidan keyin raketka bilan qaytarib o’ynaydilar.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling