Mavzu: Tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi Reja


Download 40.81 Kb.
bet1/3
Sana01.04.2023
Hajmi40.81 Kb.
#1316598
  1   2   3
Bog'liq
Tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi


Mavzu: Tabiat muhofazasi borasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi

Reja:

  1. Umumiy qoidalar

  2. Tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish

  3. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik

Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar


Umumiy qoidalar
O‘zbekiston Respublikasining ilk mustaqillik yillaridanoq ushbu Davlat ahamiyati va jamiyatga molik bo‘lgan muhim sanalar qatorida tabiatni muhofaza qilish sohasiga nechog‘lik e’tibor qaratilganligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni 1992 yil 9 dekabr kuni qabul qilingan, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida dastlabki qabul qilingan qonun hisoblanib, qonun 11 ta bob va 53 ta moddadan iborat.
Ushbu Qonun tabiiy muhit sharoitlarini saqlashning, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy asoslarini belgilab beradi. Qonunning asosiy maqsadi inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar uyg‘un muvozanatda rivojlanishini, ekologiya tizimlari, tabiat komplekslari va ayrim ob’ektlar muhofaza qilinishini ta’minlashdan, fuqarolarning qulay atrof muhitga ega bo‘lish huquqini kafolatlashdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchiligi bilan, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Tabiatni muhofaza qilish obyektlari (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi) ifloslanishdan, buzilishdan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, nooqilona foydalanishdan muhofaza etilishi lozim.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar jumlasiga davlat qo‘riqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalari, tabiat bog‘lari, davlat tabiat yodgorliklari, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash uchun mo‘ljallangan hududlar, muhofaza etiladigan landshaftlar, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun mo‘ljallangan hududlar, davlat biosfera rezervatlari, milliy bog‘lar, davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlar kiradi.
Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad:
inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish;
ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat obyektlari xilma-xilligini saqlab qolish;
ekologiya xavfsizligini ta’minlash;
tabiat obyektlari bilan bog‘liq moddiy madaniy meros obyektlarini asrab qolishdir.
Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun davlat hokimiyati mahalliy idoralari, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermerlik va kooperativ xo‘jaliklar, shuningdek ayrim shaxslar xo‘jalik, boshqaruv hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:
insonning yashash muhiti bo‘lmish biosfera va ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi, inson va uning kelgusi avlodlari genetik fondi haqida g‘amxo‘rlik qilish;
fuqarolarning hayot uchun qulay tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlash, barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya o‘quvining majburiyligi;
jamiyatning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ilmiy asoslangan holda uyg‘unlashtirish;
tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun haq to‘lash va umumiy asoslarda foydalanganlik uchun haq to‘lamaslik;
ekologiya ekspertizasi o‘tkazishning majburiyligi;
tabiatdan oqilona foydalanishni va tabiatni muhofaza qilishni rag‘batlantirish;
tabiiy resurslarni tiklash zarurligi, atrof tabiiy muhit va inson sihat-salomatligi uchun zararli, tiklab bo‘lmas oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etishda oshkoralik;
tabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, regional va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablarini buzganlik uchun javobgar bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq er, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.
Tabiiy resurslarni berish, ulardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasida tabiatdan umumiy tarzda va maxsus yo‘sinda foydalaniladi.
Tabiatdan umumiy tarzda foydalanish fuqarolar tomonidan hayotiy zarur ehtiyojlarni qondirish uchun tekinga tabiiy resurslarni ayrim foydalanuvchilarga biriktirmay va hech qanday ruxsatnomalar bermay turib amalga oshiriladi.
Tabiatdan maxsus yo‘sinda foydalanish tariqasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarga ishlab chiqarish va o‘zga xil faoliyatni amalga oshirish uchun tabiiy resurslar haq olib maxsus ruxsatnomalar asosida egalik qilishga, foydalanish yoki ijaraga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli ta’siridan muhofaza qilish huquqiga ega.
Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlariga birlashish, atrof tabiiy muhitning ahvoli hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga doir axborotlarni talab qilish va olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart.
Xo‘jalik faoliyatining atrof tabiiy muhitga zararli ta’siri atrof tabiiy muhit sifatining aholining ekologiya jihatidan xavfsizligini, tabiiy resurslarni tiklash va muhofaza qilishni kafolatlovchi normativlari va standartlari bilan cheklab qo‘yiladi.
Hududiy-ishlab chiqarish majmuilarini tarkib toptirishda, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilishni rivojlantirishda hamda shaharlar, boshqa aholi punktlarini qayta qurish va ta’mirlashda atrof tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’sirning yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan me’yorlari belgilanadi.
Korxonalar, tashkilotlar va muassasalar atrof muhitga ta’sirning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan eng yuqori darajalarini tartibga soluvchi ekologik va boshqa yo‘sindagi mezonlarni ishlab chiqishlari shart.
Ekologik normativlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq tasdiqlanadi.

Download 40.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling