9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish Reja Atmosfera va uning tarkibi


Download 237.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana28.03.2023
Hajmi237.46 Kb.
#1302868
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу Атмосфера (1)



9-Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish 
Reja 
1. 
Atmosfera va uning tarkibi. 
2. 
Atmosferaning ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari. 
3. 
Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar. 
4. 
Yashil o‘simliklarning ahamiyati. 
5. 
Havo muhitini muhofaza qilish tadbirlari. 
 
Atmosfera va uning tarkibi. 
Planetamizni o‘rab olgan havo qobig‘iga atmosfera (atmosfera yunoncha 
yerning “bug‘ qatlami“ degan ma’noni bildiradi) deyiladi. Atmosferaning qalinligi 
3000 km ga yetadi. Atmosferaning massasi esa gidrosferaning massasidan 100 
marta, litosferaning massasidan 1000 marta kam bo‘lib, 5x15x10
15
tonnaga yetadi. 
Atmosfera planetamiz uchun, ayniqsa, biosferadagi jonli organizmlarning 
nafas olishi uchun katta ahamiyatga ega. Bulardan tashqari yerning havo qobig‘i 
planetamiz yuzasini kunduzi qattiq qizib ketishdan, kechasi esa sovib ketishdan 
saqlovchi go‘yoki bir ko‘rpa vazifasini o‘taydi. Atmosfera, shuningdek, yerni 
kosmosdan keladigan ko‘plab meteoritlardan saqlaydi: meteoritlar atmosfera 
tarkibidagi gazlarga ishqalanib qizib yonib ketib, yerga yetib kelolmaydi. 
Atmosfera (yer yuzasi yaqinida) asosan azot (78,08 %) va kislorod (20,95 %) dan 
iborat bo‘lib, unda oz miqdorda argon (0,93 %), karbonat angidrid (0,03 %), geliy, neon, 
ksenon, kripton, vodorod, ozon, ammiak, yod va boshqa gazlar (0,01 %) bor. 
Atmosfera tarkibidagi gazlar ichida kislorod juda katta ahamiyatga ega. U barcha tirik 
organizmlarga nafas olish uchun kerak. Atmosferada taxminan 10
15
tonna kislorod bor. U 
organizmlarni hosil qiluvchi oqsil, yog‘, uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot 
kechirish uchun zarur bo‘lgan energiyani oksidlash hisobiga oladi. Tabiatda o‘simliklar 
sarflangan kislorod o‘rnini to‘ldirib turadi. Atmosferada azot, kislorod aralashmasi rolini 
o‘ynab, oksidlanish sur’atini va binobarin, biologik jarayonlarni tartibga solib turadi. 
Karbonat angidrid gazi tabiatda katta ahamiyatga ega bo‘lib, u yashil o‘simliklarning 
oziqlanishi uchun zarurdir. Shuningdek, u yerning issiqlik balansini tartibga solib turadi. 
Raketa, sun’iy yo‘ldosh yordamida va kosmonavtlarning olib borgan kuzatishlaridan 
ma’lum bo‘ldiki, atmosferaning 100 km gacha baland bo‘lgan qismida ham uning tarkibi 
(suv bug‘lari va azotning miqdori oshib borishini hisobga olmaganda) yuqorida qayd 
qilingan gazlardan iboratdir. Atmosfera massasida 0,2-4,0 % gacha suv bug‘i bo‘lib, shuni 
10 dan 9 qismi 5 km balandlikkacha bo‘lgan pastki qismida uchraydi. 
1000-1200 km balandlikda atmosfera asosan kislorod va azotdan, undan 
yuqorida 2500 km gacha bo‘lgan qismida geliy gazidan, 2500 km dan yuqorida esa 
eng yengil gaz-vodoroddan iborat.
Atmosferaning quyi tarkibida bu gazlardan tashqari har xil yo‘llar bilan vujudga kelgan 
zarrachalar aerozollar (tutun, chang-to‘zon va yemirilishdan vujudga kelgan zarrachalar, 
vulqon kuli, radiaktiv moddalar) ham bor. 
Atmosfera bir-biridan gazlarning tarkibi, zichligi, harorati jihatidan 
farqlanuvchi 5 ta asosiy qatlamga va 4 ta o‘tkinchi qatlamga (pauzaga) bo‘linadi. 
1. Troposfera (yunoncha tropos –burilish, o‘zgarish demakdir) atmosferaning 
eng pastki, quyi qismi, uning balandligi qutbiy kengliklarda 8-10 km, o‘rtacha 


kengliklar ustida 11-12 km, ekvator ustida hatto 16-18 km. Butun atmosfera 
massasining 80 % qismi troposferada joylashgan. Atmosferadagi suv bug‘larining 
deyarli hammasi shu qismda joylashgan. Troposferada havo zich bo‘lib, bulutlar, 
yog‘inlar, shamollar vujudga keladi va shu jihatdan u yer yuzasi uchun juda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Troposferada havo harorati har 100 metr yuqoriga ko‘tarilgan 
sari o‘rta hisobda 0 ,6 ºC sovib boradi. Natijada troposferaning yuqori chegarasida 
harorat ekvator ustida +65 º, shimoliy qutb ustida –45-50 ºC sovuq bo‘ladi. 
Tropopauza troposfera bilan stratosfera orasidagi zona bo‘lib, troposferaga 
o‘xshaydi, lekin eng yuqori qismida suv bug‘lari kam bo‘lib, gazlar siyraklasha 
boradi, harorat past bo‘lib, –72 ºC ga yetadi.
Stratosfera atmosferaning 50-60 km balandlikkacha bo‘lgan qismi, u butun 
atmosfera massasining 10 % ni tashkil etadi. Stratosferada havo siyrak u asosan 
troposferadagi gazlardan iborat bo‘lsada, lekin unda azon gazining miqdori ko‘proq. 
Stratosferaning quyi qismida harorat yozda ekvator ustida – 70 º, qutblar ustida – 56 
º ga pasayadi, lekin 35-55 km balandlikda harorat ko‘tariladi va +10 ºC, -35 ºC ga 
yetadi. Bu qatlamda tezligi soatiga 340 km ga yetadigan shamollar ham bo‘lib turadi. 
Stratopauza stratosfera bilan mezosfera orasidagi o‘tkinchi qatlam bo‘lib, bu 
yerda havo siyraklashgan, harorat esa ko‘tarilib 0 ºC atrofida bo‘ladi. 
3. Mezosfera atmosferaning 50-60 km dan 80-85 km gacha bo‘lgan qismini 
egallaydi. Bu qatlamda havo bosimi kam, havo yer yuzasiga nisbatan 200 marta 
siyrak, harorat esa yana past: - 60-80 ºC 
Mezapauza mezosfera bilan termosfera o‘rtasidagi qatlam. 
4. Termosfera (ionosfera) atmosferaning 80-85 km dan 900 km gacha bo‘lgan yuqori 
qismidir, bu qavat ham asosan molekula holatidagi azot va kisloroddan iborat. Lekin 
termosferada quyosh radiatsiyasining qisqa (0,3 mk dan ham kalta) to‘lqinli nurlari va 
kosmik nurlar ta’sirida kislorod va azot molekulalari atomlarga ajraladi va elektron bilan 
zaryadlanib, ionlashgan bo‘ladi. Bu qatlamning ahamiyati shundaki, u radio to‘lqinlarini 
yerga bir necha bor qaytaradi va radio to‘lqinlarining yer sharini aylanib chiqishga hamda 
bu to‘lqinlarni radio stansiyalarning os on qabul qilishiga imkon beradi. Bu sferada ion 
ko‘p bo‘lganligi uchun ionosfera ham deb ataladi. Ionosferadan balandlashgan sari harorat 
orta boradi. Agar 90 km balandlikda harorat 90 ºC bo‘lsa, 400 km da kunduzi 2000 ºC, 
kechasi esa 1500-1900 ºC, quyoshning minimal aktiv yillari esa harorat kunduzi 1200-
1400 ºC, kechasi 750-1000 ºC gacha bo‘ladi. 
Termopauza-bu atmosfera bilan ekzosfera orasidagi oraliq zonadir. 
5. Ekzosfera-atmosferaning 900 km dan 2000-3000 km gacha bo‘lgan eng 
yuqori qismi. Bu qavat yaxshi o‘rganilmagan. Biroq uchirilgan raketalar, 
yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib, bu sferada harorat 2000 ºC ga yetsa 
kerak, deb faraz qilish mumkin. Atmosfera quyoshning ultrabinafsha va qisqa 
to‘lqinli radiatsiyalarini yutib turishidan tashqari, yer sharining iqlimini vujudga 
keltiruvchi omildir. 

Download 237.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling