Mavzu: Ta’lim metodlari tushunchasi


Download 25.95 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi25.95 Kb.
#1346403
  1   2   3
Bog'liq
karimova zulxumor umumiy pedagogika


Termiz Davlat Universiteti


Ijtimoiy fanlar fakulteti
Maktabgacha Ta’lim yo’nalishi
2-kurs 204-guruh talabasi
KARIMOVA ZULXUMORNING
Umumiy Pedagogika fanidan
tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:Ta’lim metodlari tushunchasi.
Metod turlari.
REJA:

  1. Ta’lim metodlari va usullari haqida

tushuncha.

  1. Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.


  1. Pedagogik ilmiy- tadqiqot metodlari.

  2. Xulosa.

  3. Foydalanilgan adabiyotlar.

Pedagogika. To’taxo’jayeva.M. 125- betdan,150 betgacha. Pedagogika. Xasanboyev. N.Usmonov 356 betdan 363 betgacha Umumiy pedagogika R.A. Mavlonova S.Hafizov. 14 betdan 20 betgacha


TA’LIM METODLARI VA USULLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga bog’liq bo’lib, u ta’lim nazariyasida asosiy o’rinlardan birini egallaydi.
“Metod”- yunoncha” tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li” kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatidir
Ayni vaqtada, pedagogik manbalarda “talim metodi” tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo’lish mumkin. Mazkur o’rinda ularning ayrimlarini keltiramiz;
Ta’lim metodi –zamonaviy darajada o’quv tarbiyaviy maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan pedagog va o’quvchilarning o’zaro bog’liq faoliyat usullaridir.
(V. I. Zagvyazinskiy)
Ta’lim metodlari –o’quv jarayonining murakkab tarkibiy unsuri (kompetenti)bo’lib o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining barcha yo’nalishlarini yoritishga xizmat qiladi,ular o’rtasida ko’p sonli aloqa va bog’la-
nishlarni yuzaga keltiradi.
( G. I. Shukinal )
Ta’lim metodlari deganda o’qituvchining o’rgatuvchanligi va o’quvchilarning o’quv materialini egallashga qaratilgan turli didaktik masalalar yechimini topishga oid o’quvbilish faoliyatlarini tashkil etish usullari tushuniladi.
( I. F. Xarlamov )
Ta’lim metodlari- belgilangan maqsadga erishishni taminlovchi algoritmlashtirilgan, muayyan mazmunga ega harakatlar tizimidir.
(P.I. Podlasiy.)
Ta’lim metodlari- o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quvmaterialini nazariy va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi.
Ta’lim metodlari muayyan pedagogik jarayondan ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun bajarish lozim bo’lgan vazifalarii amalga oshirishda qo’llaniladigan turli-tuman ish usullari va shakllarini o’z ichiga oladi.
Bu ishlarni amalga oshirishning shakllangan va amaliyotda qo’llanilayotgan har turli usullari va shakllari asosida ko’plab ta’lim metodlari hosil bo’lgan va bu jarayon davom etmoqda.
Muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadga qaratilgan biror harakatni amalga oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan iborat bo’lib shakllangan faoliyat shu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi o’ziga xos ta’lim metodini hosil qiladi.
Bunda harakatni amalga oshirish yo’li deb bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi. Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, maktabgacha ta’lim muassasasida o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan foydalanib harakatni amalga oshirishda har turli metodlarni qo’llaniladi.
Masalan, savod o’rgatish maqsadida yuqorida aytilgan yo’llardan istalgani tanlangandan keyin, shu har bir yo’l uchun maqsadga muvofiq deb hisoblangan metodlarni qo’llaniladi. Bular, oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda savod o’rgatishni amalga oshirishda o’qituvchinnng, tarbiyachining qo’llaydigan ish usullarini; kompyuter, kitob va boshqa ta’lim- tarbiya vositalarini belgilangan maqsadga muvofiq qo’llash metodlarini o’z ichiga oladi. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni o’rgatish yuzasidan ham tanlangan har bir yo’l o’ziga xos metodlarni qo’llashni nazarda tutadi. Demak har bir harakat ma’lum yo’lda va shunga muvofiq metodda amalga oshiriladi.
Biror metodni qo’llashdagi harakatni amalga oshirish ko’rinishi deb shu harakatni batafsil tasvirlovchi ko’rinishga aytiladi. Bunda harakatning kuzatiladigan o’zgarishlari, vaziyatlari, tezligi va uning ortishi yoki sekinlashuvi, to’xtashlari, bir nechta harakatlarning bir vaqtdaligi yoki ularning vaqt oraliqlari, harakatlar natijasi, amaliy ishlar bajarish mashulotlarida esa, ishlov berilayotgan shakllar, fazoviy xolatlar, ranglar, qattiq-yumshoqlik, sirtlarning tekisligi yoki adir-budurligi o’zgarishlari va boshqa kuzatish mumkin bo’lgan turli harakat ko’rinishlari nazarda tutiladi.
Inson faoliyatining barcha sohalarida tegishli metodlardan foydalaniladi. Bu metodlarning eng umumiy belgisini hisobga olgan holda ularni borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish operastiyalarining yoki yo’llarining yig’indisi deyish mumkin. Ushbu qo’llanmada metod tushunchasini ta’lim-tarbiya jarayoni bilan boliq jihatlardan ko’rib chiqiladi. Shunga muvofiq ta’lim metodlari bilan boliq eng asosiy tushunchalarning izohlarini ko’rib chiqamiz. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
1.Motivatsiyali
2.Tashkiliy.
3.Rivojlantiruvchi.
4.Ta’limiy.
5.Tarbiyaviy.
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida, bir- biridan ajratilgan holda yoki ketma ket joriy etilmaydi, aksincha bir biriga o’zaro singib ketadi.Misol uchun, tashxisli funksiya o’quvchining bir qator metodlaridan yaxlit foydalanish evaziga bajariladi.
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin.universal talim metodlari mavjud emas,shu boisdarsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning namunasidan foydalanish mumkin. O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang’ich sinflardan yuqori sinflarga o’tish asosida murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi.
TA’LIM METODLARING MOHIYATI VA MAZMUNI.
Ta’lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi.
Og’zaki bayon qilish metodlaring quyidagi turlari mavjud:
1.Hikoya.
2.Suhbat.
3.Tushuntirish.
4.Maruza.
Og’zaki mashqlardan talim jarayonida keng qo’llaniladi. Ular o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobilyatlarni rivojlantirish bilan bog’liqdir. Shuningdek, og’zaki mashqlarning nutq boyligi oshirish va xorijioy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyosdir.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi. Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning ast a-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish(konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Har qanday fan o`zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o`z mazmunini boyitib, yangilab boradi.
Hayotda va ob`ektiv dunyoni bilish nazariyasida nimani o`rgatish va qanday o`rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo`lib, ular o`zaro bog’liqdir.
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq, to`g’ri tanlansa ta`lim-tarbiya mazmunni yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi.
Hozirgacha mavjud va ishlab chiqilgan quyidagi ilmiy tadqiqot metodlariga tayanib fikr yuritsa bo`ladi: 1) kuzatish metodi; 2) suhbat metodi; 3) bolalar ijodini o`rganish metodi; 4) test, so`rovnomalar metodi; 5) maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi; 6) eksperiment-tajriba sinov metodi; 7) statistika ma`lumotlarini tahlil qilish metodi; 8) matematika-kibernetika metodi;

Download 25.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling