Mavzu: Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat) reja: 1


Download 124.37 Kb.
bet1/11
Sana11.05.2023
Hajmi124.37 Kb.
#1454466
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tij.fak.operat.


MAVZU:Tijorat banklarinig faktoring operatsiyalari (4 soat)
REJA:
1.Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari va uning mohiyati.
2.Faktoring operatsiyalarining turlari va faktoring operatsiyalarini o‘tkazish tartibi. 3.Korxonalarni debitorlik qarzlarini qisqartirishda faktoring operatsiyalarining o‘rni.
4.Tijorat banklarida faktoring operatsiyalarini rivojlantirish masalalari.


Tayanch iboralar: Faktoring, debitorlik, sotib oluvchi, ochiq factoring, kreditor, yopiq factoring, mol yetkazib beruvchi, regress huquqi


Tijorat banklarining faktoring operatsiyalari va uning mohiyati.
Faktoring-bu boshqa iqtisodiy subʼektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.Faktoring (ing.factor-agent, vositachi)-kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning shoʻʼba faktorfirmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. 16-17-asrlarda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. Faktoringda faktorfirma mijoz (tovar yetkazib beruvchi)lardan qarzdorlarning qisqa muddatli karzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70-90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. Faktoringda mijoz oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktorfirmaga oʻtkazadi.Ayniqsa, Gʻarb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qoʻllaniladi. F. boʻyicha kreditlar muddati 90-120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.Faktoring-bankka akseptlangan, biroq to’lovchi tomonidan to’lanmangan yetkazib berilgan tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun to’lov talabnomasi asosida regress huquqisiz to’lovlarni qabul qilish orqali, bank tomonidan mol yetkazib beruvchini moliyalashtirish borasida ko’rsatiladigan xizmat turidir.Faktoring xizmatlari bankda asosiy talab qilib olinguncha hisob raqamiga ega bo’lgan mol yetkazib beruvchilarga ko’rsatiladi. Bunda to’lovchida muddati o’tgan kredit qarzdorliklari, zararlar, nolikvid balans va to’lovga noqobillik omillari bo‘lmasligi lozim.

Download 124.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling