Mavzu: Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari Reja


Download 44.51 Kb.
bet1/4
Sana19.06.2023
Hajmi44.51 Kb.
#1625942
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu


Mavzu: Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari
Reja

  1. Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari

  2. Tijorat banklarining daromadlar indeksi

Ma’lumki, tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo’lib, aholi va biznesning to’planib qolgan jamg’armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo’lgan “yoqilg’i” bilan ta’minlaydigan omilidir. Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag’laridan foydalanganligi uchun foiz to’lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar. Tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatadi.


Bugungi kunda, tijorat banklari daromad ko’rish bilan bir qatorda quyidagi bank xarajatlarini amalga oshiradi:

  • foizlar bo’yicha xarajatlar:talab qilib olingungacha bo’lgan depozitlar hisobvaraqlari, muddatli omonatlar, Markaziy bank va boshqa tijorat banklariga to’lovlar, to’lanadigan kreditlar bo’yicha;

  • foizsiz xarajatlar:komission xarajatlar va xizmatlar uchun xarajatlar (masalan, bank reklamasi yoki tadbirlarni o’tkazish), xorijiy valyuta kursining salbiy o’zgarishlaridan yo’qotishlar, investitsiyalar va boshqalar;

  • operatsion xarajatlar:ish haqi xarajatlari, bank binolarini ijarasi va boshqa xarajatlari, xizmat safarlari, amortizatsiya, sug’urta, soliqlar va boshqalar;

  • birlashmalarga a’zolik badallariuchun to’lovlar va fuqarolar omonatini kafolatlash fondiga mablag’lar to’lovlari.

Odatda, bank daromadlarining 2/3 qismi foizli xarajatlarga, berilgan ssudalar bo’yicha yo’qotishlarni qoplashga, kutilayotgan foydaga va sarmoyaning o’sishiga sarflanadi. Xarajatlarga likvidlilik singari har qanday ustama foiz o’zgarishlari, passivlar tarkibi va xususiy kapital hajmi ta’sir qiladi. O’z navbatida bank xarajatlari tarkibidagi o’zgarishlar aktivlar daromadligiga ham o’zgarishlar kiritishni talab qiladi. Xarajatlarni to’g’ri hisoblash banklarga muqobil konservativ resurslar narxlarini taqsimlash va bank aktivlarini aniq baholash hamda xarajatlarni qoplab, aktsiyadorlar uchun daromadlarni to’g’ri taqsimlash imkonini beradi. Xarajatlarni baholashga kreditlar ustama foizlarini belgilashning asosiy omili sifatida qarash kerak.
Foizli xarajatlar — barcha majburiyatlar bo’yicha to’plangan foiz summasi demakdir. Bizga ma’lumki tijorat banklari kredit resurslari tashkil etishda talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar ma’lum belgilangan foizlarda pul to’laydilar. Tijorat banklari bank qarz majburiyatlari bo’yicha foizlar to’laydilar, shu jumladan, qimmatli qog’ozlarining sotuv narxi bilan nominal qiymati orasidagi salbiy tafovut bo’lganida, ba’zibirkeltirilgan, lekin to’lanmagan foizlarni to’lashda banklarda foizli xarajatlar yuzaga keladi.
Banklar foizli xarajatlarining yana bir kredit va unga bog’liq operatsiyalardir. Banklar, eng avvalo, Markaziy bankdan, boshqa tijorat banklaridan, byudjetdan tashqari fondlardan kreditlar olishi mumkin. Olgan kreditlar uchun to’lanadigan qarz foizli xarajatlarga kiradi. Bank avvalgi yillar (hisobot yiliga nisbatan) hisobiga to’lagan foizlar va vositachilik yig’imlari, hamda o’tgan yillarda bankmijozlardan ortiqcha undirgan foizlar, hamda vositachilik yig’imlarini qaytarishi bilan foizli xarajatlar qiladi. Foizsiz xarajatlarga ish xaqilar va qo’shimcha to’lovlar, uskuna yoki binolarni ijaraga olish, xarid qilish, shuningdek, boshqa foizsiz xarajatlari kiradi.
Bank xizmat ko`rsatishi va bank mahsulotlarini sotish evaziga oladigan tushumlari miqdori bankning daromadlarini anglatadi. Bankning daomadlari asosan aktiv operatsiyalar natijasida yuzaga keladi(1-rasm).
1—rasm. Tijorat banklari daromadlari tasnifi [1]
Foizli daromadlar — oldindan shartnoma asosida belgilangan foiz stavka bo`yicha hisoblanadi. Daromadlar har bir faoliyat turidan turlicha kelishi mumkin. Aktiv operatsiyalardan keladigan daromad umumiy daromadlarning asosiy salmog`ini tashkil etadi. Kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar bank faoliyatida eng muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Foizli daromadlarning 70 foizga yaqin qismi aynan kredit operatsiyalaridan keladigan foizli daromadlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda Respublikamiz tijorat banklarining asosiy daromadlari aynan kredit operatsiyalari orqali shakllanadi. Tijorat banklari o`zlarining kredit siyosatiga ega. Kredit siyosati orqali banklar o`zlarining kreditlash operatsiyalarini aynan qanday olib borishini ko`rsatadilar. Yuqorida ko`rsatib o`tilgan foizli daromad turlari va ular bo`yicha olinadigan foizlar yil oxiriga kelib “Foyda va zararlar to`g`risida” gi hisobotga ko`chiriladi. Mamlakatimiz tijorat banklarida xorijiy bank amaliyotidan farqli ravishda foizli daromadlarning jami daromadlar tarkibidagi ulushi yuqori emas. Odatda bank daromadlarining 70% dan yuqoriroq qismini foizli daromadlar tashkil qilishi lozim. Bu tavsiyaviy xarakterga ega bo`lgan ko`rsatkich hisoblanadi. Bu ko`rsatkichni Jahon banki ekspertlari ta`kidlaydilar.
Foizsiz daromadlar — bankning barcha xizmat turlari yoki mahsulotlari uchun foiz ko`rinishida emas, balki qat`iy belgilangan miqdorda olinadigan jami tushumi bankning foizsiz daromadi hisoblanadi. Jahon banki ekspertlari bankning foizsiz daromadlari ulushi foizli daromadlar ulushiga teng yoki undan katta bo`lishini oqlamaydilar. Foizsiz daromadlar hisobvaraqlar rejasining 45200-45994 hisobvaraqlarida aks ettiriladi va hisobda yuritiladi. So`nggi paytlarda mamlakatimiz tijorat banklarida aholining kommunal to`lovlari bilan bog`liq vositachilik operatsiyalaridan tushayotgan daromadlar miqdori oshib bormoqda. Bankning daromadliligi, birinchi navbatda, xarajatlarni kamaytirishga bog`liq. Bank ishi texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar joriy xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Odatda, banklar o`z zimmasiga operatsiya xarajatlari, ustama foizlarga ketgan mablag`lar, shuningdek, kredit riski bilan bog`liq bo`lgan yo`qotishlarni qoplash uchun ajratmalarni oladilar. Bank xarajatlari tarkibida eng asosiy salmoqni ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar tashkil etadi. Soliq va yig`imlar xarajatlari ham salmoqli ulushga ega.
Bank faoliyati qilinayotgan xarajatlar ularga ta’sir etuvchi ko’pgina omillar bilan bog’liq. Buning natijasida ular bilan bog’liq bo’lgan muammolar yuzaga keladi. Tahlil muammolari avvalambor, bankning xarajatlarini rejalashtirish bilan bog’liq(1-jadval).

Download 44.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling