Mavzu: Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat) reja


Download 269.47 Kb.
bet1/14
Sana13.04.2023
Hajmi269.47 Kb.
#1355701
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yangi xizmat turlari


MAVZU:Tijorat banklarining yangi xizmat turlari (4 soat)
REJA:
1. Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan an’anaviy va noan’aviy xizmat turlari.
2.Plastik kartochkalar va ularni qo‘llash zaruriyati
3.Plastik kartochkalarning to‘lov tizimidagi o‘rni.
4.O‘zbekiston Respublikasida plastik kartochkalarni qo‘llash imkoniyatlari.
5.Qimmatliklarni saqlash va seyf xizmati.
6.Mijozlarga ish joyida va uyida xizmat ko‘rsatish.
7. Internet banking xizmatlari.
8.Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda 2020-2025 yillarda bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari.


Tayanch so’zlar: bank operatsiyasi,bank xizmati,bank mahsuloti,


Tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan an’anaviy va noan’aviy xizmat turlari.
Hozirgi kunda tijorat banklari aholi qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirmoqdalar.Tijorat banklari o‘rtasida omonatlarni o‘ziga jalb qilish bo‘yicha erkin raqobat kurashi bormoqda. Tijorat banklarining chakana xizmatlarining bir turi bo‘lgan omonatlarni o‘ziga jalb qilish uchun tijorat banklari aholini qiziqtiradigan jozibador omonat turlarini taklif qilmoqdalar.Bank xizmatlari deganda tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyati hamda samarali boshqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan harakatlar majmuasi tushuniladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston banklari o‘z xizmatlarini etarli darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o‘rtasidagi raqobat kurashi ularni qo‘shimcha mijozlar jalb etish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.
Bank xizmati bir qator o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:

  1. Mavhumlik

  2. Xizmatning manbadan ajratilmasligi

  3. Xizmatlar sifatining bebarqarorligi (bir xilda emasligi)

  4. Bank xizmatlarining saqlanmasligi;

  5. Bank xizmat ko‘rsatishining shartnomaviyligi;

  6. Bank xizmat kursatishining pul bilan bog‘liqligi;

  7. Bankxizmatlaribilan qondiriladiganextiyojlarning ikkilamchiligi.


Download 269.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling