Mavzu. Tizimlarning sinflanishi. Tizimlarning asosiy turlari va sinflari Reja
Download 60.5 Kb.
|
3 Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1.Tizimlarning asosiy turlari.
Mavzu. Tizimlarning sinflanishi. Tizimlarning asosiy turlari va sinflari Reja Tizimlarning asosiy turlari. Tizimning barcha xususiyatlari bo’yicha sinflanishi. Tayanch iboralar: tizim(system), ochiq tizim(open system), yopiq tizim(closed system), sun’iy tizim(artificial system), tabiiy tizim(natural system), virtual tizim(virtual system), aralash tizim(mixed system), mezon(criterion), maqsad(target), zaxira(backup), ochiq tizim(open system), yopiq tizim(closed system), o’zgaruvchanlar(variables). 1.Tizimlarning asosiy turlari. Tizimlarning sinflanishini turli mezonlar bo’yicha amalga oshirish mumkin. Tizimlarning bir ma’noli va qat’iy sinflash mumkin emas, chunki bu tadqiqotning qo’yilgan maqsadiga va tizimning holatini tavsiflovchi zaxiralar hajmiga bog’liq. Sinflanishning asosiy usullarini keltirib o’tamiz [1,3,16]. Tizimning atrof muhitga nisbatan sinflanishi: ochiq – atrof muhit bilan zaxiralarni almashinish imkoniyati mavjud; yopiq – atrof muhit bilan zaxiralarni almashinish imkoniyati mavjud emas. Tizimlarning kelib chiqishi bo’yicha (elementlarning, aloqalarning, qism tizimlarning) sinflanishi: sun’iy (qurollar, mexanizm lar, mashinalar, avtomatlar, robotlar va h.k.); tabiiy (tirik, jonsiz, ekologik, ijtimoiy va h.k.); virtual (ta’surotdagi, aslida mavjud bo’lmasada, biroq ular mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan holatdagidek ishlashi); aralash (iqtisodiy, biotexnik, tashkiliy va h.k.). Tizim o’zgaruvchilarining tavsifi bo’yicha sinflanishi: Sifatli o’zgaruvchilar bilan (faqat mazmuniy tavsifga ega); Miqdoriy o’zgaruvchanlar (miqdoriy tarzda o’zgaruvchanlar orqali tasvirlanadigan diskret yoki uzluksiz; Aralash (miqdoriy-sifatli) tasvirlash. Tizimning ishlash qonuni (qonunlari)ni tavsirlash tipi bo’yicha: “qora quti” tipidagi (tizimning ishlash qonuni to’liq noma’lum; faqat kirish va chiqish xabarlari noma’lum; Parametrlanmagan (qonun tasvirlanmagan; hyech bo’lmasa noma’lum parametrlari yordamida tasvirlaymiz; qonunning ba’zi bir avvalgi xususiyatlari noma’lum); Parametlashtirilmagan (qonun parametrlargacha ma’lum va uni bog’liqliklarning ba’zi turkumiga kiritish mumkin); “oq (shaffof) tipdagi quti” (qonuni to’liq ma’lum). Tizimni boshqarish usuli bo’yicha (tizimda): Tizimdan tashqarida boshqariladigan (teskari aloqasiz, tartibga solinadigan, strukturali, axborot jihatdan yoki ishlashi jihatdan boshqariladigan); Ichkarida boshqariladigan (o’z-o’zini boshqaruvchi yoki o’z- o’zini tartibga soluvchi dasturiy boshqariladiganlar, matematik tarzda boshqariladjigan, moslashadiganlar – holatlarning boshqariladigan o’zgarishlari yordamida, o’z-o’zidan tashkil etuvchi – vaqt va bo’shliqda o’z tuzilishini sezilarli darajada o’zgartiruvchi, ichki va tashqi omillar ta’siri ostida o’z tuzilishini tartibga soluvchi); Kombinasiyalanadigan boshqaruvli (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashgan, tashkiliy). Agar katta vazni tufayli tizimning tadqiqoti yoki modellashtirilishi murakkablashgan bo’lsa, ya’ni S tizimi holatlarining to’plami katta vaznga ega bo’lsa tizim katta tizim deb ataladi. Biroq, tizimning kattaligini baholovchi vaznlilikni aniq ko’rsatish imkoniyati har doim ham bo’lavermaydi. Bu tushuncha nisbiylik tavsifiga bog’liq, chunki hammasi tadqiqot qilinayotgan muammoning va aniq zaxiralarning aniq muammosiga, aniq maqsadiga bog’liq. Katta tizim kichik vaznli tizimga yuqori quvvatga ega bo’lgan hisoblash vositalari (yoki zaxiralari)dan foydalanib yoki masalani kichik vaznli masalalar qatoriga ajratib (agar buning iloji bo’lsa) olib boriladi. Misol. Bu ayniqsa katta hisoblash tizimlarini ishlab chiqishda, masalan kompyuterlarni arxitekturasida yoki algoritmlar bilan parallel ishlab chiqishda dolzarb hisoblanadi. Download 60.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling