Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari. Reja: Kirish


Download 80.05 Kb.
bet1/3
Sana29.11.2020
Hajmi80.05 Kb.
#154953
  1   2   3
Bog'liq
Turkiya modeli


Mavzu: Turkiyaning iqtisodiy taraqqiyotida “Turkiya modeli” va uning xususiyatlari.

Reja:

Kirish

  1. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.

I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.

I.2. “Turkiya modeli”ning ahamiyati, jahon iqtisodida tutgan o’rni, moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti




  1. Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi.

II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat.

II.1. Turkiya sanoatining rivojlanishi

II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar.

Mundarija:

Kirish ………………………………………………………. 4


  1. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha. ……….. 9

I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari. ……………..….9

I.2. “Turkiya modeli”ning ahamiyati, jahon iqtisodida tutgan o’rni, moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti. ……………………13




  1. Turkiya modeli”ning umumiy tavsifi va turli sohalarning rivojlanishi. ………………………………………………….21

II.1. Turkiya iqtisodiyotining rivojlanishi va olib borilayotgan iqtisodiy siyosat. ……………………………………………...21

II.1. Turkiya sanoatining rivojlanishi. ………………………..30

II.3. Turkiya qishloq xo’jaligining rivojlanishi. ………………36

Xulosa. …………………………………………………………41

Foydalanilgan adabiyotlar. …………………………………..42

KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda Turkiya tobora iqtisodiyoti kuchli davlatga aylanib bormoqda, bu esa o’z navbatida Turkiyaning bugungi darajasida yetishda dastur-ul amal bo’lgan “Turkiya modeli”ni o’rganishni talab etadi. Nihoyatda qulay yerda — Osiyo va Yevropa qit’alari tutashgan Afrika, Amerika va Avstraliya qit’alariga chiqish chorrahasida joylashgan. U ko‘pgina mamlakatlarni birlashtiruvchi, temir va tosh yo‘llar, suv va havo yo‘llari bilan bog‘lovchi markaziy mintaqalardan brrini egallagan.

Turkiya Shimolda Qora dengiz, G‘arbda Egey, Janubda esa O’rta Yer dengizlari bilan o‘ralgan. Bunday tabiiy-geografik joylashuv qadimda uni chet el istilochilari hujumidan bir muncha asrab kelgan va iqtisodiyoti, sav- do-sotng‘ining rivojlanishida muhim rol o‘ynagan va hamon bir qancha divident keltirib, iqtisodiyotida o‘ziga xos model yaratishda asosiy omillardan biri bo‘lmoqda.

Uning yer osti qazilma boyliklari, hayvonot va o‘simlik dunyosi xilma xil, ko‘p va rang-barangdir. Masalan, u yerda 6700 ga yaqin xili mavjud. Turkiya o‘zining ko‘pgina yer ostsh qazilma boyliklari bilan ham mashhurdir. Jahondagi surma, simob zahiralarining 25 foizi, xromning 8 foizi, volfram rudasining 7 foizi, uran rudasining 5,4, misning 4,4 foizi Turkiyaga to‘g‘ri keladi. Agar Turkiya axolpsi jaxop aholnsining T1roizini va maydonininG‘TG‘,6 foizini (780,6 ming km2) tashkil etishi e’tiborga olnnsa, yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar uning zahiralarga boy ekanligidan darak beradi. Turkiya aholisining soni va o‘snsh darajasn jihatndan ham dunyoda oldingi o‘rpnlardan birini egallaydi. Uning 60 mnllionga yahin aholisi bo‘lib, yillik o‘rtacha o‘snsh darajasi 3,1 fonzni tashkil etadi.

Turkiyaping uch to moni dengiz bilan o‘ralganligi, dengnz qir- g‘oqlarinpng humloqligi, musaffo havosi, shifobahsh chnroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi. Bunday qulay tabiny sharoit iqtisodnyotning rivojlannshi uchun yaxshi za- min, potensnal imkoniyat hisoblanadi. Bu im- koniyatlardan foydalanish u yerdagi kishilar qo‘lidadir.


Bu borada Turk xalqi o‘zining mehnatsevarligi, ishbilarnonligi, yaxshi xulq-atvorp bilan dunyoga ma’lum. Turk olim- larnnpng, maorif va madaniyat xodimlarining ham jahon fantexnika va madaniyati rivoj- lannshidagi hissasi hurmatga loyiq.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli (frans. modele — oʻlchov, namuna) — mamlakat iqtisodiyotini tashkil etish va rivojlantirishning strategiyasi, maqsadlari, umumiy tamoyillari ifodalangan nazariy qarashlar majmui. Iqtisodiy taraqqiyot modeli tushunchasi 20-asrning 50-y.larida paydo boʻldi. Bu davrga kelib koʻpchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar oʻz mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yoʻliga oʻtgan edilar. Bu vaqtda asosiy 3 yirik taraqqiyot yoʻli boʻlishi mumkinligi haqidagi qarashlar bor edi [(kapitalistik, sosialistik va sotsialistik yoʻnalish (oriyentatsiya)]. 20-asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qatʼiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yoʻllari (modellar) ancha keng koʻlam va maq-sadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat oʻz ichki shartsharoitlaridan kelib chiqmogʻi zarurligi maʼlum boʻldi. Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar Iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiyiqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yoʻli deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi, huquqiy, maʼ-muriy hamda xoʻjalik mexanizmlari orqali boshqariladi. Bunday munosabatlarning subʼyekti mulk egalari, xoʻjalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tar-moklar hisoblanadi. Albatta, Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy meʼyorlar oʻz taʼsirini maʼlum dara-jada oʻtkazadi.

Arab dunyosidagi ayrim davlatlarda inqilob jarayonlari yakunlanib, Misr va Tunis yangi siyosiy tuzum barpo etishga kirishar ekan, tahlilchilar ularga va, umuman, arab davlatlariga mos sistemani qidirish bilan ovora.

Aksariyati Turkiya siyosiy modeliga ishora qiladi.

Tahlilchilar nazarida arab dunyosi o'zida islom va demokratiyani mujassam eta olgan Turkiyadan ko'p narsa o'rgansa bo'ladi.

Bu mamlakatda chiqadigan "Milliyat" gazetasi jurnalisti Semix Idizning aytishicha, turk modeli haqida gap ketganda g'arbcha andoza nazarda tutiladi.
"Turkiya parlament boshqaruviga asoslangan bu dunyoviy tuzumni g'arbdan olib, uni o'z sharoitiga moslashtirdi.

Aholisining 99 foizi musulmon bo'lgan Turkiya demokratik jamiyat bo'la oldi", - deydi muxbir.

Biroq boshqalar nazarida Turkiya tajribasi arab dunyosiga to'g'ri kelmasligi mumkin. Pensilvaniya shtatidagi Lixay universiteti professori Genri Barkining aytishicha, ko'p davlatlar Turkiyaga o'xshagisi keladi, ammo buning iloji yo'q.
"Mintaqadagi qaysi davlat Turkiyachalik bo'lishni istamaydi deysiz? Bu dunyoda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha 16-o'rinda turadigan, jamiyati faol, ko'plab saylovlarni boshdan kechirgan demokratik tuzum. Agar Misr rahbari bo'lsangiz, qanday qilib mamlakatni hozirgi ahvoldan Turkiya darajasigacha ko'tarishingiz mumkin?"

Barkining aytishicha, buning uchun arab davlatlari Turkiyaning 1980-yillardan beri bosib o'tgan yo'lidan borishi, siyosiy va iqtisodiy islohotlarga zo'r berishi kerak. Ammo o'shanda ham, deydi professor Barki, arab davlatlariga demokratik jamiyatga aylanish uchun 30 yil kerak bo'ladi. Olim qisqa vaqt ichida demokratik boshqaruvga o'ta olgan Argentina yoki Indoneziyani yaxshiroq misol deb hisoblaydi.

Vashingtondagi Tashqi aloqalar kengashi mutaxassisi Stiven Kuk Misrda vaqtincha boshqaruvni qo'lga olgan harbiylar hokimiyatdan ag'darilgan prezident Husni Muborakning kechagi hamrohlari ekanini eslatib, Turkiya siyosatida armiyaning kuchi va katta ta'siriga urg'u beradi. Bunday modeldan Misrdagi ayrim doiralargina naf ko'rishi mumkin xolos, deydi u.

"Misrda demokratiya qaror topsin desak, demokratiyani targ'ib qilaylik. Harbiylar demokrat degan yanglish xulosaga bormaylik", - deydi Kuk.
Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyib Erdog'anning aytishicha, uning mamlakati arab davlatlari uchun namuna bo'lishi, ularni ruhlantirishi mumkin, biroq uning modelini ko'r-ko'rona ko'chirish bilan ish bitmaydi. Turkiya tarixidan shu narsani aniq aytish mumkinki, deydi Erdog'an, bir siyosiy tuzumda ham dunyoviy, ham islomiy, ham demokratik tamoyillar uyg'unlasha oladi.

Tadbirkorlik tushunchasi iqtisodiyot nazariyasiga birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan edi. Uning fikricha, tadbirkor tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) «Siyosiy iqti-sod risolasi» kitobida (1803y.) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta‘riflagan edi.

Mashhur amyerikalik iqtisodchi Yozyef Shumpyetyer(1883-1950) o’zining “’Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi” kitobida tadbirkorni novator, ya'ni yangilik yaratuvchi odam sifatida ta'riflagan. Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bulib, u “Mulk egasi” degan ma‘noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta‘riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta‘kidlaydi.

Turk  modeli aynan  Erxard  modelining  andozasi  bo’lib,  nemislardan o’zlashtirilgan. Faqat bunda Turkiya mamlakatda yengil sanoat rivojlanishiga kenge’tibor  berilgan.  Pul  va  narx-navo  islohotlari  olib  borilgan.  Bugungi  kunda Turkiya o’rta rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi Turkiya modelining iqtisodiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.

1983 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan parlament saylovlari natijasida harbiy dnktaturaning tugatilishi» davlat tepasiga demokratik kuchlarning kelishi iqtisodnyotning yuksalishiga, ayniqsa, ijobiy turtki bo‘ldi.

Bu mamlakatning bo- zor iqtisodnyotiga o‘tishnni tezlashtirdi va o‘z yo‘lini topnshiga olib keldiki, bu yo‘l iqtisodiyotda Turkiya modeli nomi bilan mashhurdir.

Bu model jahonning ilg‘or mam- lakatlari erishgan yutuqlari asosida o‘z mil- latining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to‘liq hisobga ol- gan holda, bozor iqtisodnyoti prinsnplarini to‘liq qo‘llashdir. Bu model rivojlangan mamlakatlar bozor iqtisodiyoti modelini Turkiya uchun foydaln qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tomonlarini ko‘r-ko‘rona ko‘chirmay, taqlid qilmay. Turkiya sharoitiga mohirona moslashtirishdir. U bozor iqtisodiyotining ayrim jihatlarini u yoki bu darajada ri- vojlantirgan va o‘zida aks ettirgan faqat Turkiya uchun xos modeldir.



Kurs ishining obyekti va predmeti. Ushbu kurs ishining obyekti bo‘lib “Turkiya modeli” va Turkiya iqtisodiyoti hisoblanadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda Turkiya modelining roli tadqiqot ishining predmetini ifodalaydi.



Kurs ishining nazariy va metodologik manbalari. kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning Turkiya modeliga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.

Ishning tarkibi. Kurs ishi kirish, iikita bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatdan iborat.

I. Turkiya iqtisodiyoti haqida umumiy tushuncha.

I.1. Turkiya davlatining iqtisodiy geografik o’rni, aholisi, iqtisodiyot rivojlanishining asosiy sabablari.


Har bir mamlakatning o‘rganish jarayonida, avvalo uning geografik o‘rni ko‘z oldimizga keladi. Shuning uchun ham, Turkiyaning geografik o‘rni, uning yaqin tarixi va o‘tmishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak…

Turkiya davlatini (Turkiya Cumhuriyeti), “Yevropa bilan Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik” deyishlari bejiz emas, albatta, chunki haqiqatdan ham Turkiyaning geografik o‘rni jahon mamlakatlari ichida nihoyatda qulay mamlakatlardan biri hisoblanadi. Turkiya Qora dengiz va O‘rta dengiz oralig‘ida joylashgandir. Shu bilan birga Turkiya ikki materik o‘rtasida, ya’ni Yevropa va Osiyoda joylashgan davlat bo‘lib, uni Marmar dengizi, Bosfor va Dardaneli bo‘g‘ozlari ajaratib turadi.

Turkiya janubda Suriya va Iroq, sharqda-Eron, shimoli-sharqda Gruziya, Ozarbayjon, shimoli-g‘arbda Bolgariya va Gresiya bilan chegaradosh.

Uning xududi-780,6 ming kv.km.ni tashkil qiladi, shundan Yevropa qit’asida 23,7 ming kv.km, hamda Osiyo materigida 755,70 ming kv.km. yer maydonini tashkil qiladi. Demak, mamlakat xududi jahon xududining 0,6 %ini tashkil qiladi. Mamlakat xududining eng baland nuqtasi-katta Ararat tog‘idir (5165 metr). Umumiy xududning 30%ini o‘rmonlar, yaylov va qir adirlar-12%ini tashkil qiladi. Mamlakat 73 ta viloyatdan tashkil topgan. Poytaxti-Anqara shahri, aholisi taxminan 5 million atrofida.

Yirik rivojlangan va industrial, hamda aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarga Anqara, Istambul-10 mln., Izmir-3 mln., Adana-2 mln., Bursa shaharlari kiradi.

Yirik port shaharlari qatoriga Istambul, Izmir, Trabzon shaharlari kiradi. Istambul porti Yevropadagi yirik port shaharlari qatoridan joy olgan.

Davlat va rasmiy tili –turk tili. Dini-islom dini.

Davlat arbobi-Prezident. Parlament tomonidan Prezident lavozimiga 7 yil saylanadi. Milliy bayrami-29 oktabr (Respublika e’lon qilingan kun).

Pul birligi-turk lirasi: 1$=1.650.000 lirga teng (2002). Jahon valyuta jamg‘armasi tomonidan 1990 yilda turk lirasi erkin almashtiriladigan valyutalar qatoriga kiritilgan.

Bulardan tashqari, Osiyo mamlakatlarida buyuk ximik Mendeleevning ro‘yxatiga kiruvchi barcha “jism”larga boy qit’adir.

Agarda mamlakat bo‘yicha alohida mamlakatda tabiiy resurslarni ko‘rsak:

Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslar mavjuddir. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i, taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasinng 5,5%), mis (jahon bo‘yicha mis zahirasining 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.

Turkiyaning aholisi 2015 yil holatiga 68 million kishini tashkil qiladi (1995 yil 62 mln., 1990 yil 56 mln.). Uning aholisini asosan ikki millatga mansub kishilar, jumladan turklar-82% va kurdlar-11% tashkil qiladi. Bundan tashqari arablar, gruzinlar va boshqa kavkaz xalqiga mansub millat kishilari tashkil qiladi.

Umumiy aholining 60%iga yaqini shaharlarda istiqomat qiladi.

Aholi zichligi 1 kv.km.ga o‘rtacha 85 kishi to‘g‘ri keladi. Mamlakat aholisi jahon aholisining 1%ini tashkil qiladi. Aholi yiliga 2-3%dan o‘smoqda, ya’ni taxminan o‘rtacha 1,5 mln.kishiga.

Turkiya mamlakati 20-asr so‘ngida rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yetakchi mamlakatlar qatoridan joy olishi va 80-yillarning oxirida Yangi industrial mamlakatlar qatoriga kirishiga asosiy sabablar quyidagichadir:

1. Turkiyaning iqtisodiy-geografik qulayligi.

2. Turkiya o‘zining iqtisodida sanoatning rivojlanishiga katta e’tibor berishi.

3. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi (g‘arb mamlakatlarini g‘alla bilan ta’minlashi).

4. Turkiya xukumatining Germaniya mamlakati bilan iqtisodiy hamkorligi.

5. 50-70 yillar mobaynida AQSh tomonidan katta iqtisodiy yordam berilishi.

6. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport qilinishi.


7. 80-yillarda mamlakat iqtisodida «turk modeli» nomi ostida iqtisodiy islohotni olib borilishi.

8. Turk xalqining ishbilarmonligi va mehnatsevarligi (Hozirgi kunda taxminan ikki yarim milliondan ortiq turklar xorijda ishlashadi. Bularning asosiy qismi Germaniyada faoliyat ko‘rsatishadi.) 1

9. Mamlakatning qazilma resurslariga boyligi - Mamlakatda ko‘plab tabiiy resurslarning yirik zahiralari mavjud. Jumladan, surma (jahon bo‘yicha surma zahirasining 25%i), simob (jahon bo‘yicha simob zahirasining 25%i), xrom (jahon bo‘yicha xrom zahirasining 8%i-taxminan 25 mln.tonna), volfram rudasi (jahon bo‘yicha zahiraning 7%i), uran rudasi (jahon bo‘yicha uran rudasi zahirasining 5,5%i), mis (jahon bo‘yicha zahiraning 4,5%i) aynan Turkiyaga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari, mamlakat quyidagi tabiiy resurslarga boydir: toshko‘mir, temir rudasi, gaz, neft, oltin, qo‘rg‘oshin, har xil rangli metallar va boshqa qazilma boyliklar qazib chiqarish bo‘yicha jahon mamlakatlarida oldingi qatorlardan joy olgan.

Qazilma boyliklarni qazish va izlash kompaniyalarining 80%i davlat sektoriga qaraydi.

Anqara, Ko‘niya va Sinop viloyatlarida yirik neft zahiralari mavjuddir. Turkiyada gaz qazish chiqarish faqatgina 1985 yildan boshlandi, hamda gaz qazish chiqarish mamlakatning eng yosh tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

10. Mamlakat iqtisodini rivojlantirishda Turkiya xukumatining xorijiy sarmoyadorlar uchun «ochiq eshiklar siyosatini» olib borishi.

11. Mamlakat xukumati tomonidan tadbirkorlikning rivojlantirishidagi ahamiyati.

12. Mamlakatda 90-yillarda turizmning rivojlanishi - Turkiyaning uch tomoni dengiz bilan o‘ralganligi, musaffo havosi, shifobaxsh chiroyli tabiati dunyoning barcha mamlakatlaridan millionlab sayohatchilarni o‘ziga chorlaydi.

Turkiyaning iqtisodiy rivojlanish bosqichlarini biz asosan to‘rtta davrga bo‘lib o‘rganamiz:

1) Inqilobgacha bo‘lgan davr (ya’ni 1923 yilgacha), bu birinchi bosqich iqtisodiy rivojlanishda ishlab chiqarishda davlat mulkining xukmronligi, ijtimoiy sohada bir partiyali boshqaruv tizimining mavjudligi bilan xarakterlanadi;

2) Inqilobdan 1940 yilgacha bo‘lgan davr, ya’ni eng asosiy islohot bu 1933 yilda qabul qilingan 1-besh yillik rejasidir.;

3) 1940-1970 yillarning oxirlarigacha;

4) 1980 yildan to hozirgi kungacha bo‘lgan iqtisodiy o‘sish davri.2


I.2. “Turkiya modeli”ning ahamiyati, jahon iqtisodida tutgan o’rni, moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti

1980-yillarning oxirlarida Turkiyaning dunyoni hayratga solgan iqtisodiy islohotlari, ya’ni “turkiya modeli”, yoki boshqacha qilib aytganda “turkiya mo‘jizasi” kabi iboralar jahon xo‘jaligida vujudga keldi. Bu iqtisodiy islohotlar natijasida yaqin yillarda Turkiya “yangi industrial mamlakatlari” qatoriga qo‘shilish imkonini berdi.

Bu model jahonning ilg‘or mamlakatlari erishgan yutuqlari asosida o‘z millatining urf-odatlari, tabiiy, tarixiy va iqtisodiy xususiyatlarini to‘liq hisobga olgan holda, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini to‘liq qo‘llashdir. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki, Turkiyaning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda ular to‘rtta ustivor yo‘nalishlar orqali belgilanadi:

1. Moliyaviy resurslarni jamlash;

2. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish;

3. Aholini yalpi ish bilan ta’minlash;

4. Boshqaruv va tadbirkorlik tizimlarini rivojlantirish.

Ushbu to‘rtta yo‘nalishni qarab chiqqanimizda eng asosiy muammo moliyaviy resurslarni o‘zlashtirish ham, yangi xodimlarni tayyorlash ham moliviy resurslarni talab qiladi. Taqqoslash uchun, O‘zbekiston 15-20 yil oldingi Turkiyadan keskin farq qiladi.

Bizning milliy iqtisodiy va ilmiy qudratimiz birmuncha yuqori.3 Mamlakatimiz endigina mustaqillikka erishgach, ko‘pgina iqtisodchi olimlarimiz mamlakatimizning iqtisodini rivojlanishida “Turkiya modeli”dan ketyapmiz degan iboralarni ishlatgandilar. Nima uchun degan savol tug‘iladi. Biz bu javobga, yurtboshimizning 1992 yilgi Misrga qilgan rasmiy tashrif paytida Misrdagi “Al-axrom” ro‘znomasi muxbiri bilan o‘tkazgan intervyusidan quyidagi javobni olamiz:

“birinchidan, O‘zbekiston bilan Turkiyani madaniyat, til, tarix, din mushtarakligi va o‘xshashligi bog‘lab turibdi;

ikkinchidan, Turkiyada keyingi 8-10 yil ichida shakllanayotgan iqtisodiy model, xo‘jalik qurilishning maqsad va qoidalari bizni qiziqtirmoqda;

uchinchidan, o‘z dini, an’analarini hurmat qilishi bilan birga, Turkiya ijtimoiy munosabatlar nisbatini buzmagani holda dunyoviy davlat barpo eta oldi.

Mana shularning hammasi bizga “Turk modeli”ga xayrixoxligimiz haqida gapirish imkonini, ammo biz undan aslo ko‘r-ko‘rona nus’ha ko‘chirmoqchi emasmiz, balki o‘zimizning betakror xususiyatimizni, mahalliy an’analarimiz va shart-sharoitimizni e’tiborga olib, O‘zbekiston uchun eng maqbul jihatlarni o‘rganib olmoqchimiz-degan edilar.

Turkiya hozirda agrar-industrial mamlakatdir. Turkiyaning tashqi savdo-sotiqdagi eng asosiy sheriklari: Germaniya, AQSh, Rossiya, Italiya va Buyuk Britaniya mamlakatlari kiradi. Turkiya eksportining asosiy ulushi G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi, xuddi shunday holat mamlakatning importida ham, ya’ni mamlakatning asosiy importdagi ulushining 55%i G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Umumiy eksportini 40%ini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil qiladi.

Mamlakatning eng asosiy dengiz portlari: Izmir, Istambul, Izmit, Iskandarup, Zanguldak, Mersin, Samsol, Trabzon kabilar.

Mamlakatda avtomobil transportining ahamiyati katta. Temir yo‘l transporti boshqa transport turlariga qaraganda ancha orqada qolgan, sababi, yuqorida aytganimizdek, mamlakat xududlarining ko‘plab joylari tog‘-yon bag‘irlari tashkil qilganligi bois, temir yo‘l transporti uncha rivojlanmagan.

Mamlakatning tashqi qarzi 1110 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi (2001 yil holatiga).

Valyuta zahirasi-37 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi.

2017 yilda mamlakatning umumiy mahsulot ayirboshlash 77 mlrd.AQSh dollarini tashkil qildi, shundan 49 mlrd. importni tashkil qildi.

Turizmdan tushadigan daromad deyarli 8,5 mlrd.AQSh dollarini tashkil qiladi.



Turkiyaning hozirgi iqtisodiy-siyosiy muammolari.

1) mamlakatning ko‘plab yerlari tog‘lik joylarda joylashganligi sababli, qishloq xo‘jaligining ba’zi tarmoqlarida qiyinchilik tug‘dirmoqda;

2) qo‘shni Iroq mamlaktidagi notinchlik.

3) Inflyatsiya;



Moliyaviy tuzilishi va iqtisodiyoti. Turkiya iqtisodiyotining tuzilishi 1999 yil oxirida boshlangan valyuta kursi asosidagi barqarorlik dasturining amalga oshirilishi davrida o‘zgardi. Ushbu o‘zgarishlar davlat iste’molini ancha qisqartirishini ko‘zda tutadi.

Demak, xususiy sektordagi iste’mol va sarmoyalarga ketadigan sarf xarajatlarga bo‘ladigan ijobiy ta’sirni oldindan aytish mumkin. Valyuta kursi yangi tartibni joriy etilishi natijasida xaridorgir va xaridorgir bo‘lmagan tovarlarning narxi ham o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida import ko‘rsatkichlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Turkiya iqtisodiyoti tizimidagi ba’zi o‘zgarishlar boshqalarga nisbatan uzoq davom etishi shubhasiz. Ma’lumki tashqi bo‘hronlar (masalan, asosiy savdo sheriklaridagi valyuta devalvatsiyasi) yuzaga kelgan taqdirda belgilangan kurs iqtisodiyotni mutanosiblikda saqlash jarayonini sekinlashtiradi.

Shu sababli Turkiya hukumati ayni paytda amalda bo‘lgan valyuta kursidan voz kechish strategiyasini amalga oshirish majburiyatini oldi. 2003 yilgacha turk lirasi yana “boshqariladigan suzish” tartibiga o‘tib, “egiluvchanlik” qobiliyati 2001 yil o‘rtasidan osha boshlaydi.

Valyuta kursining “egiluvchanroq” tartibi hozirgi payt bilan taqqoslanganda foiz stavkalarini boshqarish uchun katta imkoniyatlar beradi. Turkiya Respublikasi rahbari Turkiya Markaziy banki 2001 yilning o‘rtasidan boshlab inflyatsiyaning zarur sur’atiga erishish maqsadida mamlakat valyuta va moliya siyosatini boshqarishda qat’iy shartlarni qo‘llay boshlashini bildirdi.

Bunday pul-kredit siyosati Markaziy bank uchun juda muhim bo‘lgan maqsad inflyatsiya sur’atlarini pasaytirishga erishish bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bois ayni paytda amalga oshirilayotgan investitsiyalar sarf-xarajatining oshishi kelasi yil to‘xtashi kutilmoqda. Yaqin yillarda iqtisodiyotning o‘sishi bashorat qilinayotgan bo‘lsa-da, buni uzoq foydalaniladigan tovarlar va avtomobillarda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Turk inqirozining asosiy sabablari keyingi yillarda boshqa ko‘pgina mamlakatlarda yuz bergan inqirozlar bilan birga to‘rtta talqinda (modelda) ko‘rib chiqilmoqda. Ularning har biri ushbu inqirozning ildizlarining muayyan sohada, ya’ni siyosat, budjet-qarz, valyuta va tarkibiy sohalarda izlashmoqda. Bunga yana an’anaviy bo‘lib qolgan: “Barchasiga Xalqaro valyuta jamg‘armasi aybdor”, degan fikrlar ham qo‘shilgan. Aksariyat izohlardan talqinlar bir biriga qo‘shilib va bog‘lanib ketgan, bundan tashqari, turli omillar ham hisobga olingan.

Shu o‘rinda 2004 yili O‘rta Osiyo respublikalari tegishli ta’minot va nazoratsiz 100% xorij sarmoyalari hisobiga ishlab chiqarishni tashkil etish yo‘li bilan ko‘p miqdorda xorij kapitalini jalb etishga mo‘ljallangan ushbu rivojlanish modelining (tarafdorlari) bo‘lganliklarini aytish joiz. Biroq mazkur modelning yetarli darajada barqaror emasligi bois ko‘pgina mamlakatlar undan voz kechishdi.4

Ayni paytda ushbu model qator kamchiliklarga ega bo‘lib, ular mamlakatning valyuta-moliya sohasidagi turli shaklga ega inqirozlar ko‘rinishida avj olmoqda. 2000 yil may oyida yetakchi jahon valyutalariga nisbatan turk lirasining tushib ketishi bunga yorqin misol bo‘la oladi. Dollarga nisbatan turk lirasi kursining keskin sakrashi mamlakatdagi yirik birjalarda shov-shuv va vahimani yuzaga keltiradi.

Xorijiy yirik sarmoyadorlarning ham ishonchi yo‘qola boshladi. Bu esa bevosita va bilvosita xorij sarmoyalarining kelishi borasida mamlakat iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Turkiyada yuzaga kelgan bugungi inqiroz to‘g‘risida gapirayotganlarning barchasi rivojlanish modelining to‘g‘ri kelmaganligi sabablaridan biri sifatida ko‘rsatishmoqda.

Aksariyat ekspertlarning fikricha, turk inqirozining bevosita sababi (ba’zi MDH mamlakatlarida bo‘lganidek, jumladan Rossiyada ham) noto‘g‘ri valyuta siyosatining olib borilganligidir. Asosiy sabab sifatida esa iqtisodiyotni boshqaruvchi davlat institutlarining zaifligi va noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatish mumkin. Biroq ushbu omil “yetib olayotgan” rivojlanishdagi barcha mamlakatlarda mavjud bo‘lib, u yillar davomida yetishadi, iqtisodiy inqirozlar bo‘lsa yiliga bir necha marta yuz berishi mumkin.

Iqtisodiyotdagi tushkunlikni barqarorlashtirish maqsadida Xalqaro valyuta jamg‘armasi Maxsus huquqlarga muvofiq 271 million miqdorida uchinchi transh kreditini ajratishni ma’qulladi. 2000 yil dekabr holatiga ko‘ra davlatning tashqi qarzi 103.5 milliard AQSh dollariga tenglashdi.

May oyidan iyungacha esa sanoat ishlab chiqarishi 3.6 foizga oshdi. 1999 yil avgustidagi zilzilalar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan neftni qayta ishlash sektoridagi ishlab chiqarish xajmining nisbatan pastligi haqiqiy iqtisodiy ko‘rsatgichlarni aks ettirmaydi. Agar ushbu sektorni indekslar bilan bog‘lamaydigan bo‘lsak, dastlabki besh oyda sanoat ishlab chiqarishning o‘sishi 8.9 % ga yetganligini ko‘rish mumkin.

Jahon banki iqtisodiy islohatlar uchun ajratiladigan 760 million AQSh dollari miqdoridagi kreditni ma’qulladi.

Turk inqirozi 90-yillardagi qator valyuta tajribalarining oxirgisi bo‘lsa ajab emas. Bu tajribalarning muvaffaqiyatsizligini pul siyosatidagi ikki elementning, ya’ni inflyatsiyani keskin kamaytirish va shu bilan bir vaqtda milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga bog‘lash orqali boshqarish hamda ruhsat etilgan devalvatsiya koridorini berishning bir-biriga qo‘shilib keta olmasligidir.

Turkiyadagi hozirgi moliyaviy inqiroz mamlakatda inflyatsiyaning avj olishiga va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin sekinlashuviga olib keldi. Yevropadagi ko‘pgina nufuzli ekspertlar ham huddi shunday xulosaga kelishgan. 2002 yilda inflyatsiya darajasi taxminan 45 %ni tashkil etishi, YaIM esa ahvol yaxshi bo‘lgan taqdirda 1%ga o‘sishi kutilmoqda. Aksincha bo‘lgan taqdirda esa u 3%ga qisqarishi mumkin.

Anqarada mamlakat rahbarlari Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki vakillari bilan muzokaralarni davom Turkiya ettirilayotgan bir paytda turk lirasining kursi dollarga nisbatan tezkorlik bilan tushib ketgan..

Mamlakatning yetakchi iqtisodchilari, markaziy bank va Moliya vazirligi yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qator choralarni ko‘rmoqda. Turkiya iqtisodiyoti valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturiga amal qilayotir.

Valyuta kursi asosida barqarorlashtirish dasturini amalga oshirayotgan barcha mamlakatlar foiz stavkasini kamaytirishmoqda, bu esa iste’molning va shunga muvofiq uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarajatining o‘sishiga olib kelmoqda. Ushbu sxemaga amal qilinadigan taqdirda mahalliy valyuta kursining asta-sekin o‘sishi va joriy to‘lov balansi taqchilligining oshishi mantiqan to‘lov balansining inqirozi bilan yakunlanishi mumkin. Turkiya Respublikasi hukumati xuddi shu narsani amalga oshirmoqchi.5

Ayni paytda Turkiyada Markaziy bank bilan birga 59ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 10tasi davlat banklari (markaziy bank, 6 ta tijorat banki, 3ta investitsiya banki). 29 tasi xususiy milliy banklar, 20 tasi esa chet el banki bo‘lib, shulardan 9 tasi xorij sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan va Turkiya qonunchiligiga binoan ro‘yhatdan o‘tkazilgan, qolgan 11tasi chet el banklarining Turkiyadagi filiallari hisoblanadi. Faqat investitsiya banklarining soni 9 ta: 3 tasi davlatga qarashli, 3 tasi mahalliy xususiy banklar va 3 tasi xorij sarmoyasi ishtirokidagi banklar.6

Turkiya bank tizimining ahamiyatga molik xususiyatlaridan biri uning tuzilishining universalligidir. Bu tijorat banklariga moliya bozorlarida turli bank faoliyatini olib borish imkonini beradi.

Tijorat banklarining faqat ko‘chmas mulk bilan tijorat maqsadlarida olib boradigan amaliyotlari qonunchilik tomonidan ta’qiqlangan.

1930 yili tashkil etilgan Turkiya Respublikasining Markaziy banki bank-kredit tizimida alohida o‘ringa ega. Bank kapitalining yarmidan ziyodi davlatga, shu jumladan 51%i bevosita Turkiya xazinasiga tegishlidir. Bundan tashqari, xorijda uning 3 ta bo‘limi ochilgan. Markaziy bank vazifasiga quyidagilar kiradi:

1) rivojlanish rejalari va dasturlariga muvofiq davlatning pul va kredit siyosatini amalga oshirish;

2) milliy valyuta xajmi va muammosini tartibga solish, qonun doirasida banklarni kreditlashni amalga oshirish;

3) bank qo‘yilmalarining turlari va shartlarini belgilash;

4) milliy valyutaning oltin va chet el valyutalariga nisbatan kursini aniqlash;

5) amaldagi qonunchilik asosida va hukumat qarorlari doirasida davlatning iqtisodiy manfaatlariga muvofiq holda oltin va milliy valyuta zaxiralarini boshqarish;

6) chet el valyutalari va qimmatbaho metallar bilan bo‘ladigan birja amaliyotlarini amalga oshirish;

7) jamg‘arma mablag‘larni sug‘urtalash fondida boshqaruvni amalga oshirish.
Markaziy bank o‘z vazifalarini bajarishi uchun foiz stavkalarini, banklar uchun qo‘yilmalar shartlarini, chegara foiz stavkalarini belgilash, investitsiyalarni tartibga solish va iqtisodiyot sohalari va sektorlari bo‘yicha bank kreditlarini taqsimlash vakolatiga ega. Shuningdek, markaziy bank iqtisodiy va moliyaviy maslahatchi hamda Xazinaning moliyaviy instrumenti vazifasini ham bajaradi.

Turkiya bank tizimi kapitalning yuqori darajadagi jamlanuvi bilan xarakterlanadi. Mamlakatdagi beshta yirik bankda barcha aktivlarning 54% i, depozitlarning 56% i, kredit manbalarining 59 %i jamlangan. Agar 10ta yirik bankni oladigan bo‘lsak, ko‘rsatgichlar shunga muvofiq 79, 82 va 81.5% bo‘ladi.

Davlat banklarining kamligiga qaramay, ularda bank kapitalining 50%i jamlangan. “Ziroat Bankasi” , “Emlak Bankasi” , “Yapi kredi Bankasi” , “Akbank” banklari esa eng yirik xususiy banklar xisoblanadi.

Xozirgi kunda Rossiyada Turkiya kapitali ishtirokidagi 5ta bank faoliyat ko‘rsatmoqda: “Finasbank-Moskva” , “Iqtisodbank- Moskva” , “Yapыkredi-Moskva” , “Garantibank-Moskva” , “Ziroat Bankasi-Moskva”. 7

O‘zbekistonda esa 1994 yildan buyon qo‘shma o‘zbek-turk “UT-Bank” banki to‘laqonli faoliyat yuritmoqda. Bank sohasidagi ushbu hamkorlik ikki mamlakat o‘rtasidagi moliyaviy tuzilmalar hamkorlikka ham asos soldi. Ayni paytda ushbu bank keng xizmat turlarini ko‘rsatmoqda: kassa amaliyotlari, naqd va naqdsiz valyuta bilan konvertatsiya amaliyotlari, shuningdek, akkreditivlarni ochish va ularga xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan savdo bitimlarini moliyalash.

O‘zbekiston banklari esa hozircha Turkiyada o‘z filiallari yoki vakolatxonalariga ega emas. Turkiyada xorij sarmoyasi ishtirokidagi bankni ta’sis etish yoki chet el banki filialini ochish uchun Turkiya Markaziy bankida qariyb 12 million dollar miqdoridagi mablag‘ni nizom sarmoyasi ko‘rinishida deponentlash lozim. Ro‘yhatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat olinganidan keyingina chet el banklari milliy banklar bilan bir qatorda qonunchilik tomonidan ruhsat etilgan bank amaliyotlarining barcha turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin bo‘ladi.



Download 80.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling