Mavzu: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar 1-Vazifa
Download 250.1 Kb.
|
8-Mavzu TFT
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOVAR EKSPERTIZA AKTI Toshkent shahar X/K “MEDIA-FARM“ Ushbu akt ekspert __________ tomonidan tuzildi
- Tovarning nomi O’lchov birligi Miqdori Izoh
- Tekshirishdan maqsad
- Jarrohlik qaychilari
Mavzu: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar 1-Vazifa: “ Umumiy jarrohlik asboblari”, “kesuvchi asboblar klasterini to’ldiring. 2-Vazifa. Pichoqlar, skalpellar turlarini va ishlatilishini to’liq yozing. Tovarshunoslik tahlilini o’tkazish usullarini izohlab yozing. Tovar ekspertiza aktini to’ldiring Jarrohlik pichoqlari a’zolar uclilarini amputatsiya qilish paytida yumshoq to'qimalar (teri, paylar)ni kesishga moljallangan. liar qanday tuzilishdagi pichoqda quyidagi qismlar bolishi zarur: dasta, bo‘yin, tig1. Tig‘da esa kesuvchi qism bolishi kerak. Pichoqning dastasi yaxshi ushlanishi uchun, sathi yaltiroq tig‘dan farqli ko‘p qirrali va taramtaram sathli bo’ladi Pichoqlami qabul qiiishda sifat nazorati tekshiruvidan o'tkaziladi: etalonga qiyoslagan holda ko'zdan kechirish quyidagi talablar asosida amalga oshiriladi: — pichoq tig'i uzunasiga o'tkir bo'lishi lozim, hech qanday timalgan joylari, o‘yiqlar yoki kertiklar bo'lmasligi zarur; — o'tkir uchlari, kesuvchi qirradan tashqari, to'mtoqlashgan bo'lishi lozim; — pichoq qoplaniasi sifatli bo'lib, dog'lar, zang va ortiqcha qatlamlar bo'lmasligi kerak. Funksional sinov kesuvchi xususiyatlami teLshirishdan iborat: zamsh (baxmal charm), teri, karton o'rtacha qalinlikdagi qog'oz qirqib ko'riladi. Sinov natijasida tig' o'tmaslanmasligi va pachoq bo'lmasligi, kesikning chetlari esa o'yiqsiz, ravon bo'lishi lozim. Amputatsiya pichog'i qo‘1 va oyoq barmoqlarini kesib tashlanganda yumshoq to'qimalar (teri, paylar)ni qirqishga mo'ljallangan. Tig'ining uzunligi bo'yicha 2 ta o'lchovli qHib tayyorlanadi: katta (315 mm) va kichik (250 nun), dastasi po'lat yoki jezdan tayyorlanib, ichi bo'sh, ushlashga qulay bo'ladi. Karton qutilarga yakka tartibda neytral moy surtilgan holda joylashtirilib qadoqlanadi. Rezeksiya pichog'i barmoq va oyoq barmoqlari uchlarini, tovonni amputatsiya qiiishda, bo'g'imlami rezeksiya (biror a’zo yoki uning qismini kesib tashlash)da qaiin to'qimalar (naylar, kemirchak-tog‘aylar)m, unchalik katta bo‘imagan suyaklar (falanglar)ni qirqishga moljallangan: kemirchak pichoqdan tig'ning 2 tori — qorindor va to‘g‘ri turlariga ega shakli bilan farqlanadi. Tog'ay pichogl qalin to‘qi malar (kemirchak! ar, tirtiqlar)ni, qovurg‘a kernirchaklami kesishga moljallangan bolib, ular qisqa, keng tigli va oglr qavariq dastali boladi. Miya pichogl tashxis qo‘yish maqsadida bosh miya qatlamlarini ajratish uchun patologik-anatomik yorishlar paytida ishlatiladi. Bosh miya pichoglning tigl to‘g‘ri burchakli bolib, cho‘zilgan (dastasiga nisbatan 2 barobar uzun), yupqa, ikki tomonlama olkir, dastasi keng, sayqallanmagan holda ishlab chiqariladi. Pichoqlar qutiga 10 donadan (amputatsiyaga mo Ijallanganlari bundan mustasno) konservatsiya moyi bilan ishlov berilgan holda yetkazib beriladi. Pichoqlarni sterillash quruq havo usuiida amalga oshiriladi, chunki nam muhitda ularning kesuvchi qirrasining olkirligi pasayadi.. Skalpellar-kesuvchi asboblarning, aynan pichoqlarning keng tarqalgan bir turi bolib, yuqori olkirlik xususiyatiga ega asboblardir. Skalpel — (lot. «scalpellym» — pichoqcha) XX asrning boshida jarrohlar to‘plamlariga «bisturi» (frans-«bistouri») degan skaipeiga o‘xshash o'tkir tigli, lekin taxlanadigan dastali asbob kiritilgan edi. Shuningdek, lansetlar (lot. «lancea» — nayza) taxlanadigan ikki tomonlama tigl o'tkir pichoqcha. Skalpel — umumjarrohlik va maxsus oftalmologik, neyrojarrohlik turlariga bolinadi. Skalpellarning: — quyma (katta,o‘rt.a, kichik); — tigl olinadigan; — bir martaliklari chiqariladi. Metall skalpellardan tashqari, hozirgi zamonaviy jarrohlikda boshqa kesuvchi asboblardan elektrpichoqlar keng tarqalgan. Amaliy jarrohlikda turli elektrjarrohlik moslamalari v|i termokoagulatorlar qollaniladi. Lazer ixtiro etilganidan soiig to‘qimaIami kesish uchun uglekislotali, argonli va boshqa lazer skalpellar ishlatilishi boshlangan. Hozirgi vaqtda plazmali skalpellar yordamida to‘qimalarga yuqori haroratli ta’sir ko‘rsatish amaliyotga tatbiq etilyapti. Bulardan tashqari tibbiyot sanoatida ultratovushli kesuvchi asboblami ishlab chiqarish yolga qo‘yilgan. Oxirgi yillarda jarrohlikda radiotolqinli skalpellar (yuqori chastotali elektrmagnit tolqinlariga asoslangan) amaliyotda ishiatilmoqda. Eng so‘nggi tibbiyot yangiliklariga gidroskalpelxii kiritsa boladi. Undan foydalanish shikastlanish hamda operatsiya oqibatlarining kamayishiga olib keladi. Umumiy jarrohlik skalpellari ikki turda ishlab chiqariladi: qorindor — tig‘i kuchli botiq va o'tkir uchli. Qorindor skalpellar yumshoq to'qimalami chuqur kesishda qollaniladi, olkir uchlilari to‘qimalami yengil ochish va teshiklar hosil qilish uchun ishlatiladi. Tig‘ning uzunligiga qarab, skalpellar kichik (30,32 mm), o‘rtacha (40,42 m m ) va katta (46, 50 mm) boladi. Skalpel dastasi silliq yoki g'adir-budur boladi. Chuqur bo‘shiiqlarda operatsiyalar qilish uchun uzunligi 250 mmli maxsus skalpellar ishlatiladi, tig‘ning ishchi qismi qisqa (20 mm) va uchi to‘mtoqlashgan boladi. Skalpelning alohida qurilmasi — olib qo‘yiladigan tigl bilan ajralib turadi, olib qo'yiladigan tigl esa U10A polat yoki xromli 13x30 dan, dastasi nikel va xromli, L63 jezdan yoki plastmassadan tayyorlanadi. Skalpellar sathida tabiiy yog‘ surtilib, mumlangan yoki pergament qog'ozga o'ralib, karton qutiga 10 donadan qadoqlanadi. TOVAR EKSPERTIZA AKTI Toshkent shahar X/K “MEDIA-FARM“ Ushbu akt ekspert __________ tomonidan tuzildi Tekshiruv 12-talabnomasi asosida o’tkazildi.
Tekshirishdan maqsad - Jarrohlik choklash ashyolarining sifatini nazorat qilish Tovarning saqlanish sharoiti - sterillangan ketgut ampulasidagi saqlanadigan suyuqliksiz saqlanyapti shu sabab bu sharoit talabga javob bermaydi Tekshirish natijasida ko’rindiki - ketgut saqlanish sharoitiga rioya qilinmaganligi sabab talabga javob bermadi Ekspert ___________ “X/K “MEDIA-FARM“ 3- Vazifa: Qaychilar turini va ishlatilishini, tovarshunoslik tahlilini o’tkazish usullarini yozing Tibbiy qaychilar to‘qimalami kesishga mo’jallangan. Qaychilar sharnirli — ya’ni 2 ta tigli yoki murvat bilan tutashgan 2 shoxli hamda gilotinasimon boladi. Oshiq-moshiqli qaychilar yumshoq to‘qimalarni (jarrohlik) va materiallar, ligaturalar, bog lash (yordamchi) ashyolami kesishda qollaniladi. Gilotinasimon qaychilar esa qalin tog‘ay to'qimalar, qovurg‘alami kesisliga xizmat qiladi. Qaychilarning kesish xususiyatlari dokani 1—5 qatlamini yoki momiq bolagini kesish yoli bilan teksliiriladi (uch marta). Gilotinali qaychilarni tekshirish qalinligi 2—5,5 mm kartonning 2 qatlamini yoki diametri 5 mm polivinildan tayoqchani 10 marta tigl bilan qirqish amalga oshiriladi. Qaychilar U8A, U10 rusumii uglerodli polatdan yoki 40 x 13 polatdan tayyorlanadi. Sanoatda 50 dan ortiq turli tibbiy qaychilar ishlab chiqariladi, lekin ko‘proq quyida tasvirlangan qaychilar ishlatiladi.
1) to'mtoq uchli to‘g‘ri va qayrilgan Kuper turidagi qaychilar. Yoniga qayrilgan qaychilar yumshoq to‘qimalarni kesish uchun ishlatiladi, uzunligi 170 va 140 mm bo£ladi; 2) o'tkir uchli va bir o‘tkir uchli to‘g‘ri va ikkinchisi qayrilgan (uzunligi 170 va 140 mm) qaychilar; awalo6 to'qimani teshish zarur bo‘lgan hollarda ishlatiladi ; 3) gipsli bog'lamlarni kesishga mo‘!jallangan — 415 mm (12.3- rasm, b); 4) anatomik ichak qaychisi patalogo-anatomik amahyotida (uzunligi 205 mm) ichakni uzunasiga yorishga xizmat qiladi, shoxlaridan birining ishchi qismida qirqilayotgan ichakning sirg‘alib ketishiga to‘sqinlik qiladigan ilgakning borligi bilan farqlanadi; 5) qovujg'aga moljallangan qaychilar ko‘krak qafasidagi a’zolarni operatsiya qilishda qovurg‘alami kesishda ishlatiladi (12.4-rasm, a); 6) tugmachali (Lister) qaychi bog‘lamlarni kesish uchun ishlatiladi. Tig‘i yoniga 30° da qayrilganligi va uzun tig‘ining bir uchida bemorga zarar yetkazmay, bogiam tagiga kiritish uchun silliq tugmacha mavjudligi bilan farqlanadi; 7) chuqur bo‘shiqlardagi yumshoq to‘qimalami kesishga moljallangan, uzunligi 250 mm, o‘tkir uchli, tor va qisqa ishchi qirrali, to‘g‘ri va qayrilgan qaychi, yaralar ichidagi yoki yetish qiyin boMgan to£qimalarni qirqishga moljallangan; 8) bogiash ashyo uchun uzunligi 240 mm, katta, salmoqli; 9) sochlami olish uchun — bemorlar sochini olish va operatsiya maydonini tayyorlash uchun, uzunligi 175 mm, yengilligi bilan ajralib turadi ; 10) timoqlar uchun - unchalik katta uzunuchun; likda bo£lmagan (100 mm) to‘g‘ri va qayrilgan, b - soch olish uchun. ishchi qirrasida qiya kertiklar mavjud.
Suyak omburlari turlarini, tovarshunoslik tahlilini o’tkazish usullarini yozing. Suyak qisqichlari (tishlagichlari) mayda suyaklarni kesib tashlashda, suyak bo‘rtmalari va shishlari, o'tkir tikonlar va suyak chetlarini kesish va tekislash uchun qollaniladi. Ikkita og‘ir, qulfcha bilan tutashgan shoxchalardan iborat bo'lib, qulfcha ulami ishchi qismlar — jag'lar va dastaga ajratadi. Qisqichlarning jag'lari qavariq, yarim doira, nayzasimon shaklda hamda turli egilgan (yoniga, yuzasiga) bo'ladi. Qisqichlar bitta yoki ko'p sharnirli (ikkita uzatgichli) bo'lib, murvatli sharnir qulfga ega bo'ladi. Suyaklar qisqichlarini tayyorlash uchun zanglamas 40x13 rusumii po'lat qo'llaniladi. Suyak qisqichlari sifatini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinadi: a) jag'larning qirquvchi qismlari — o'tkir, o'yiqlarsiz, g'adirbudursiz va h.k., butun bo'yi bo'ylab zich yopiluvchi bo'lishi kerak; b) prujina — Lshlashga sozlangan va qisqichlarning ravon ochilishini ta’minlaydi, ayni paytda jag'lar zich yopiladi; d) qulfdagi harakati ravon, yengil, to'xtalmaydi. Asbobning funksional xususiyatlari 1,5—2,0 mm qalinlikdagi kartonni 10 marta yoki suyakning 5—6 mm plastinkasini qirqish bilan tekshiriladi. Sinovdan keyin jag'larning kesish joylarida o‘yiqlar yoki bo‘lingan joylar bo'lmasligi kerak. Kesim tekis, ravon bo‘lishi zarur. Tuzilish xususiyatlariga qarab, suyak qisqichlarining quyidagi tovar turlari chiqariladi: — qavariq jag'li — yumaloq jag‘li , kengligi 8,5 va 4 mm to‘g‘ri va tik qayrilgan; — to‘g‘ri jag‘li; — yarim doira jag'li — to‘g‘ri va tik qayrilgan jag‘li 2 ta uzatgichh; — qavariq jag‘Ii- to‘g‘ri va yoniga kayrilgan 2 ta uzatgichh; — to‘g‘ri jag‘li — to‘gri va tik yoki yoniga qayrilgan 2 ta uzatgichh. Qisqich-tishlagichlar uzunligi 170—185 mm atrofida bo‘ladi. Qisqich- tishlagichlar salmoqli, uzunligi 225 mm va yarim doirali jag'li tishlagichlar, katta enli (22 mm), uzunligi 300 mm qilib tayyorlanadi, suyaklarning katta qismlarini (qovurg'alar, umurtqa pog'onasi, bosh suyagi) tishlab olishga yoki qisib ushlab turishga xizmat qiladi. Qadoqlashdan oldin mazkur asboblarga neytral moy surtiladi, pergament yoki parafinlangan qog'ozga o‘raladi va karton qutilarga 5—10 donalab joylashtiriladi. 5-vazifa Suyak qoshiqlari iskana va raspatorlar turini va ishlatilishini yozing. Tibbiy iskanalar turli jarrohlik operatsiyalarida suyaklami o'yib qirishda va ochishda xizmat qiladi Tibbiy iskanalar: Download 250.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling