Mavzu: Vitaminsimon moddalar va antivitaminlar Reja: Vitaminlar haqida umumiy tushunch


Download 30.46 Kb.
bet1/3
Sana23.03.2023
Hajmi30.46 Kb.
#1289487
  1   2   3
Bog'liq
витинсимонлар




Mavzu: Vitaminsimon moddalar va antivitaminlar
Reja:

  1. Vitaminlar haqida umumiy tushunch

  2. Suvda eruvchan vitaminlar

  3. Vitaminsimon moddala

  4. Vitaminlar haqida umumiy tushunch



Vitaminlar haqidagi ta’limot - vitaminologiya - hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog‘idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod, yog'lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar. Lekin amaliyot va tajribalaming ko‘rsatishicha organizmning normal rivojlanishi va o‘sishi uchun bu moddalaming o‘zi yetarli emas ekan.
Ovqat tarkibida qandaydir moddalaming yetishmasligi bilan sodir bo'ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo‘lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80%ga yetgan. Ayni shu vaqtda «Beri-beri» kasalligi JanubiSharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi.
Yaponiyaning 30%ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan. Yapon shifokori K.Takaki go‘sht, sut va yangi sabzavotlarda «Beriberi» kasalligining oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yeming aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi «Beri-beri» kasaliga o‘xshagan turiningrivojlanishini ko‘rsatib bergan.
K.Eykman tovuqlami tozalanmagan guruch bilan boqishganda ulaming sog‘ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po‘stlog‘ida davolash xususiyatiga ega bo‘lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatdan ham, guruch po'stlog‘idan tayyorlangan ekstrakt «Beri-beri» bilan og‘rigan odamlarga shifo bergan. Bu kuzatuvlar, guruch po‘stlog‘ida odam organizmidagi normal hayotni ta’miniaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog‘liqdir. U ovqat iste’mol qilish fanida yangi yo‘nalishni ochdi.
Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog‘, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo‘lgan almashtirib bolmaydigan qandaydir noma’lum moddalarning ham bo’lishi kerak, degan xulosaga kelgan.
K.Funk birinchi bo'lib kristall holda ajratib olingan «Beri-beri» kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o‘z tarkibida aminoguruhlami saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni «Vitaminlar» deb atashni taklif etgan (lat.vita - hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlar ovqat iste’mol qilish fanida qo‘shimcha shart bo’lgan omillaridan, ularning ko'pchiligi o'zining tarkibida aminoguruhini saqlamasa ham «vitaminlar» deb nomlanib biologiya va tibbiyotda mustahkam saqJanib qolgan, Vitaminlar - iste’mol omillari bo‘lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning
normal kechishida, butun modda almashinishining boshqarilishida qatnashadilar.
Modda almashinuvining buzilishi ko'pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bolm asligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir.
Natijada avitaminoz holati rivojlanadi - ovqatda vitaminning umuman bolmasligi yoki organizmga o‘zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o‘simiik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi.
Tibbiy adabiyotlarda organizmga vitaminlaming juda ko‘p qabul qilinganida rivojlanadigan holatlar ham keltirilgan (gipervitaminozlar). Bu kasalliklar gipovitaminozlarga nisbatan kam uchraydi, lekin A, D, K va boshqa gipervitaminozlar bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda aniqlanishicha, avitaminozda modda almashinuvining buzilishi va ferment sistemalarining faolligini buzilishi bilan bog’liqdir.
Chunki ko'pchilik fermentlar joriy prostetik guruhlari tarkibiga kiradilar. Vitaminlaming fermentlar bilan bog’liqligini birinchi marotaba 1922-yilda akademik N.D.Zelinskiy ko‘rsatib bergan.
Uning fikricha vitam inlar modda almashinuvini bevosita boshqarmasdan, biivosita tarkibiga kiradigan fermentlar orqali boshqaradilar. Bu holat hozirgi kunda o‘z isbolini topgan. Vitaminlar tasnifl Vitaminlar bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishm asligi natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan nomlanadilar. Vitaminlaming zamonaviy tasnifl tugallanmagan: u fizik-kimyoviy xususiyatlar (xususan eru vchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut etiladi. Yog‘da eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin A, antikseroftalmik retinol.
2. Vitamin D, antiraxitik kalsiferol.
3. Vitamin E, antisteril, ko‘payish vitamini, tokoferollar.
4. Vitamin K, antigemorragik, naftaxinon.
Suvda eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin B1, antinevrit, tiamin.
2. Vitamin B2 o ‘sish vitamini, riboflavin.
3. Vitamin B6, antidermatit, adermin, piridoksin.
4. Vitamin B12, antianemik,kobalamin.
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid.
6. Vitamin B1, antianemik, folat kislota.
7. Vitamin B5, antidermatit, pantotenat kislota.
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o ‘sish omili, biotin.
9. Vitamin C, kapillyarlarni mustahkamlovchi, askorbin kislota.
Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan
vitaminlarga o‘xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhida (afovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalarni vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan.
Ularga holin, lipoat kislota, vitamin BIS (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, kamitin, linol va linolen kislotlari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) va qator qush, kalamush, jo‘ja, to‘qima
bo'laklari uchun o‘sish omillariga kiradi.
Fiziologik ta ’siri bo‘yicha vitam inlarni quyidagj guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Organizmning umumiy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B (> Br PP, A, C. 2. Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.
3. Antianemik vitaminlar: B 2, folat kislota, C.
4. Antiinfeksion vitaminlar: A, C.
5. Ko‘ri«hni boshqaruvchi: A, Br C.
Yog‘da eruvchan vitaminlar Ushbu sinf vitaminlariga A, D, E, К vitaminlar kiradi. Hayvonlardan olingan ozuqalarda ko‘proq retinal - palmitat va retinol -atsetat bo‘lsa, o‘simlik mahsulotlarida A provitaminlar (karotinsimonlar, asosan faol b-karotin) bo'ladi. Vitamin A ga eng boy mahsulotlardan birinchi o‘rinda - tuxum, sariyog’, qaymoq, hayvonlar va baliqiaming jigari; ikkinchi o'rinda esa - sabzi, shaftoli, pomidor hamda boshqa meva va sabzavotlar turadi.
Qonda vitamin A ning me’yoriy miqdori 30-70 m kg/100 ml (1,05 -2,44mkmol), karotinsimonlamiki esa 80-230 m kg/100 ml (1,5-4,6 m k mol). Qondagi retinolning miqdori 20 mkg/100 midan past bo‘lishi organizmni vitamin A bilan yetarli ta’minlamaganligini ko‘rsatadi.
Karotindan vitamin A hosil bo’lishi kattalarda bir yoshgacha bo'lgan bolalarga nisbatan jadal kechadi. Karotinning qayta ishlanishi ozuqa oqsillari hisobiga, so’rilishi esa yog‘lar va o‘t kislotalari hisobiga sodir bo'ladi. B-karotinning retinalga ayianishi asosan ichak shilliq qavatida yuz beradi. Bu jarayon yog‘ tutuvchi b-karotindioksigenaza bilan katalizlanadi.
Vitamin qonda xilomikronlar tarkibida tashiladi va jigam ing kupfer hujayralarida to'planadi. Qo‘ng‘izlilarda vitamin A berilmay o‘tkazilgan tajribalarda. Avitaminozning sezilarli belgilari - 5-10 oydan so‘ng namoyon bo'ladi. Retinol jigardan (retinolning efirlari retinol esteraza bilan gidrolizlanadi) sintezlanadigan maxsus retinol-biriktiruvchi oqsil (RBO) bilan chiqariladi. RBOning plazmadagi miqdori 4-5 mg/100 ml.
Retinol -- RBO majmuasi hujayraiar bilan, jumladan, tokr pardoning epiteliy hujayralari bilan, retinol membranalaming maxsus retseptorlari bilan birikadi. Vitamin A ning yetishm asligi RBO sintezini to'xtatadi.
Oqsil yetishmasligi yoki oqsil aminokislotalari tarkibining to'laqonli bo'lmasligi RBO katabolizmini buzadi. Natijada ko‘rsatilgan oqsil sintezi susayadi.


  1. Download 30.46 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling