Mavzu: Xomaki maxsulotlar va ip chiziqiy zichligi o’lchov birliklari. Turli o‘lshov tizimlarida chiziqiy zishlikni qayta hisoblash usullari


Download 122.98 Kb.
bet1/3
Sana19.06.2023
Hajmi122.98 Kb.
#1623204
  1   2   3
Bog'liq
4-амалий


4- AMALIY ISH

Mavzu: Xomaki maxsulotlar va ip chiziqiy zichligi o’lchov birliklari. Turli o‘lshov tizimlarida chiziqiy zishlikni qayta hisoblash usullari (2-soat)

Amaliy ishining maqsadi Xomaki maxsulotlar va ip chiziqiy zishligi o’lchov birliklari to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rganish.
Amaliy ish uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar: Misol va masalalar,kalkulyator.


Topshiriq

  1. Xomaki maxsulotlar va ip chiziqiy zishlik o‘lchov birliklarini o‘rganing.

  2. Ip va xomaki mahsulotlar shiziqiy zishlikni aniqlash bo‘yisha masalalar echish.



Uyda: Amaliy ish bo’yicha hisobot tayyorlang.


Asosiy ma’lumot
Chiziqiy zichlikning o’lchov birligi teks hisoblanadi

Chiziqiy zichlik 1 teksdan kichik bo’lgan tola va iplarni mteks birligida ifodalanadi; chiziqiy zichligi 100 teks dan katta bo’lgan iplarni detsiteksda ifodalanadi, agar 1000 teksdan katta bo’lgan yarim tayyor maxsulot va iplarni kteks da o’lchanadi.

Tola - mteks(mg/km)


Tolali qatlam, xolstcha, pilta - kteks(kg/km)
Pilik,ip - teks (g/km)
Chiziqli zichlikning takroriy va ulushli birliklarining nomlanishi va ularning SI birliklariga nisbati 20-jadvalda keltirilgan.
Chiziqli zichlikning takroriy va ulushli birliklarining belgilash
2.14-jadval

Birliklar nomi

Belgilanishi

SI birliklariga nisbati

Teks

teks

1 teks=1 g/km=1 mg/m

Milliteks

mteks

1 mteks =1 mg/km = 0,001 mg/m

Detsiteks

dteks

1 dteks =1 dg/km = 0,1 mg/m

Kiloteks

kteks

1 kteks =1 kg/km =1000 mg/m

Chiziqiy zichlikni son bilan ifodalanadi va undan so’ng o’lchov birligi keltiriladi.


Masalan: 100 mteks, 60 dteks, 20 teks, 15 kteks.
Asosiy nominal chiziqiy zichliklar qatori:

4,2

14,0

34,0

125,0

5,0

15,4

36,0

140,0

5,9

16,5

38,0

160,0

6,7

18,5

42,0

200,0

7,5

20,0

46,0

220,0

8,5

21,0

50,0

250,0

9,0

22,0

56,0

290,0

10,0

25,0

60,0

320,0

10,8

26,0

72,0

500,0

11,0

27,0

84,0

600,0

11,8

28,0

100,0

800,0

13,0

29,0

110,0

1000,0

Nominal chiziqiy zichlikning aniq qiymatlari asosiy qatordan tanlab olinadi yoki keltirilgan qiymatlarni 10,100 yoki 1000 ga ko’paytirish orqali hisoblanadi.


Yangi assortimentdagi maxsulot ishlab chiqarrishda qoida bo’yicha asosiy nominal chiziqli zichliklar qatoridan foydalaniladi.
Ishlab chiqaruvchi va iste'molchining kelishuviga binoan boshqa nominal chiziqli zichlikdagi iplarni ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.
Chiziqli zichlik 21-jadvalga muvofiq aniqlanadi va yaxlitlanadi.

Chiziqiy zichlikning takroriy va ulushli o’lchov birliklarining belgilanishi


2.15- jadval

Chiziqiy zichlik



Hisoblash aniqligi



Yaxlitlash aniqligi



1gacha

0,0001 gacha

0,001 gacha

«1 » 10

0,001 gacha

0,01 gacha

« 10 » 100

0,01 gacha

0,1 gacha

«100 » 1000

0,1 gacha

1 gacha

1000

1 gacha

10 gacha

Agar mahsulot uchun texnik talablarni belgilaydigan standartlarda yoki texnik shartlarda nazarda tutilgan bo'lsa, jadvalda ko'rsatilgan belgilarga nisbatan ko'p sonli belgilar bilan xisoblash va yaxlitlash aniqligini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Hisoblashda yaxlitlashning quyidagi qoidalari qo'llaniladi: agar raqamni yaxlitlashda tashlanadigan raqam beshdan ortiq bo'lsa, unda oxirgi saqlangan raqam bittaga ko'payadi; agar raqamni yaxlitlash paytida o'chirilgan raqam beshdan kam bo'lsa, oxirgi saqlangan raqam o'zgarishsiz qoladi; agar raqamni yaxlitlashda o'chirilgan raqam besh bo'lsa, oxirgi saqlangan raqam, agar u toq bo'lsa yoki bitta yoki nolga teng bo'lsa, o'zgarishsiz qoldiriladi.

Download 122.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling