Mavzu: Yusuf Saryomiy va tasavvuf adabiyotida


Download 174.85 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi174.85 Kb.
#1157446
Bog'liq
6-mavzu(2)

Mavzu:Yusuf Saryomiy va tasavvuf adabiyotida

Reja:


Saryomiyning hayoti va ijodining o`rganilishi.
Saryomiyning hayot yo`li.
Shoirning ijodiy merosi.
Saryomiy satirasi.
Saryomiyning o`zbek adabiyoti tutgan o`rni.

Yusuf Saryomiy

  •  (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻtli) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlogʻi — 1912] — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan..
  • Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. "Beklar begi" madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan ("Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf"). Yu.S. xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan.

Shoir sheʼrlari hayotligida "Bayoz" (1893), "Armugʻoni Xislat" (1911), "Bayozi Muhallo" (1912), "Bayozi Haziniy" (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yu.S. sheʼrlarini toʻplab, "Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy" nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №117, 118, 119, 120, 6028, 9072) va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyi (inv. №1720, 2185, 728, 799) da saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.

  • Shoir sheʼrlari hayotligida "Bayoz" (1893), "Armugʻoni Xislat" (1911), "Bayozi Muhallo" (1912), "Bayozi Haziniy" (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yu.S. sheʼrlarini toʻplab, "Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy" nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (inv. №117, 118, 119, 120, 6028, 9072) va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyi (inv. №1720, 2185, 728, 799) da saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.
  • Sayram tarixi haqidagi xilmaxil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan "Risola"ni Yu.S.ga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari ("Yaliyali" kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yu.S. nomida koʻcha va maktab bor.
  • Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan «Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy» (1914)da jam boʻlgan.
  • Saryomiyning taniqli shoir bo`lib yetishuvida hayotining Toshkent davri muhim ahamiyat kasb etadi. Toshkent safarlari uni shu yurt bilan, undagi ilg`or shaxslar – Kamiy, Xislat, Shavkat, Muztarib, Murodxo`ja Solihxo`ja o`g`li kabi shoiru ilmu fozillar bilan jiddiy va bir umrga bog`ladi Hatto Saryomiyning Muqimiy bilan tanishuvi va do`stlashuvi ham shu safarlar oralig`ida kechadi.

Zakiy she`rparast Yusufiy prof.B.Qosimov qayd etganidek, ayniqsa Toshkentda qadr-izzat topdi. Toshkentdagi «Beklar begi» madrasasi va u yerdagi adabiy muhit Saryomiyning ijodiy kamolotga erishuvida ayricha ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida «Beklarbegi» madrasasi haqidagi «Rashki ravoqi jannat, gar bo`lsa yor, manzar» misrasi bilan boshlanuvchi g`azali hamda madrasa mudarrisining vafotiga bag`ishlab yozilgan «Ta`rix baroi favti in marsiya hazrat Bahodirxon Mahdum Toshkandiy mudarrisi Beklarbegi» sarlavhali marsiyasi ham uning mazkur madrasaga ixlosi baland bo`lganligidan dalolat beradi.

  • Zakiy she`rparast Yusufiy prof.B.Qosimov qayd etganidek, ayniqsa Toshkentda qadr-izzat topdi. Toshkentdagi «Beklar begi» madrasasi va u yerdagi adabiy muhit Saryomiyning ijodiy kamolotga erishuvida ayricha ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida «Beklarbegi» madrasasi haqidagi «Rashki ravoqi jannat, gar bo`lsa yor, manzar» misrasi bilan boshlanuvchi g`azali hamda madrasa mudarrisining vafotiga bag`ishlab yozilgan «Ta`rix baroi favti in marsiya hazrat Bahodirxon Mahdum Toshkandiy mudarrisi Beklarbegi» sarlavhali marsiyasi ham uning mazkur madrasaga ixlosi baland bo`lganligidan dalolat beradi.

Saryomiy hajviyotini ma`lum mazmunga va ilmiy asosga ko`ra ikki qismga bo’linadi.


satira
yumorga

Bu jihatdan juda xarakterli bo`lgan «Echkiginam» yumori beixtiyor adabiyotimiz namoyondalari Muqimiy, Kamiy, Yoriy, Maxmurlarning “ot” turkumidagi she`rlarini eslatadi. Saryomiy mazkur yumorida echki to`g`risida so`zlaydi, uning jonivorlik xususiyati qolmaganligidan kuladi. Bu kulgi negizida jiddiy va salmoqli mazmun yotadi. Qarovsizlikdan «qaddi kamon» bo`lgan echki qashshoqlashgan hayot, talangan xalqning ayanchli turmushi timsolidir. Bu yumor shoirning atrofni o`rab olgan muhitdagi salbiy hodisalarga nisbatan murosasiz ekanligini ko`rsatadi.

  • Bu jihatdan juda xarakterli bo`lgan «Echkiginam» yumori beixtiyor adabiyotimiz namoyondalari Muqimiy, Kamiy, Yoriy, Maxmurlarning “ot” turkumidagi she`rlarini eslatadi. Saryomiy mazkur yumorida echki to`g`risida so`zlaydi, uning jonivorlik xususiyati qolmaganligidan kuladi. Bu kulgi negizida jiddiy va salmoqli mazmun yotadi. Qarovsizlikdan «qaddi kamon» bo`lgan echki qashshoqlashgan hayot, talangan xalqning ayanchli turmushi timsolidir. Bu yumor shoirning atrofni o`rab olgan muhitdagi salbiy hodisalarga nisbatan murosasiz ekanligini ko`rsatadi.

Yusuf Saryomiy nomining bir qator zamondoshlari asarlariga kiritilishi, uning she`rlariga bog`langan o`nlab muxammaslar, naziralar, shoirning o`z davri adabiyotida katta mavqega ega bo`lganligini ko`rsatadi. Bu esa tabiiyki, shoirning adabiyotimiz tarixida ham o`zining betakror o`rniga ega ekanligini ko`rsatadi.

  • Yusuf Saryomiy nomining bir qator zamondoshlari asarlariga kiritilishi, uning she`rlariga bog`langan o`nlab muxammaslar, naziralar, shoirning o`z davri adabiyotida katta mavqega ega bo`lganligini ko`rsatadi. Bu esa tabiiyki, shoirning adabiyotimiz tarixida ham o`zining betakror o`rniga ega ekanligini ko`rsatadi.
  • E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 174.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling