Mavzu: “Yuzlik” mavzusida didaktik materiallardan foydalanish. Reja


Download 262.5 Kb.
bet1/8
Sana14.05.2023
Hajmi262.5 Kb.
#1461422
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
“Yuzlik” mavzusida didaktik materiallardan foydalanish.


Mavzu: “Yuzlik” mavzusida didaktik materiallardan foydalanish.
REJA
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
2.1. Yuzlik mavzusida masalalar yechishga oʻrgatishning umumiy masalalari.
2.2. Yuzlik mavzusida tarkibli - murakkab masalalar ustida ishlashning nazariy asoslari
2.3. Yuzlikka oid tarkibli masalalar ustida ishlash usullari
2.4. Yuzlik mavzusidagi masalalarni yechishda ijodiy fikrlashni shakllantirish usullari
XULOSA


I. KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati boʻlgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Boshlangʻich ta’lim – uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri, bilimlar poydevori boʻlib hisoblanadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda maktab ta’limida matematika oʻqitish, ayniqsa boshlangʻich ta’lim tizimida oʻz koʻlami va ahamiyati jihatidan gʻoyat katta oʻzgarishlarni amalga oshirdi.
Maktabda matematika oʻqitishni tashkil etishning tarixiy, murakkab, koʻp yillik, tajribada sinalgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli – darsdir. Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishda oʻquvchilarni masalalar yechishga oʻrgatish gʻoyat muhimdir. Maktabda oʻqitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar oʻquvchilarga matematik tushunchalarni toʻgʻri shakllantirishga, uni oʻrab turgan muhitning oʻzaro aloqadorligini chuqur anglashga yordam beradi. Oʻrganilayotgan nazariy qoidalarni qoʻllash, kuzatilayotgan hodisalarga har xil sonli bogʻlanishlarni oʻrnatish imkonini beradi. Shu bilan birga, masalalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi. Oʻquvchilarga beriladigan ta’limda masalalar va ularning yechimlari vaqt boʻyicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri boʻyicha ham muhim oʻrin egallaydi. Yechilayotgan masalaning oli oʻqituvchining u yoki bu masalani yechish uchun berib, undan qanday pedagogik maqsadni koʻzlaganiga bogʻliq.
2-sinfda 100 likka doir masalalar oʻquvchilar bilimini mukammallashtirishga xizmat qiladi. Masala yechishga oʻrgatishning muhimligi shundaki, oʻquvchi oʻzining asosiy e’tiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga koʻchirishga qaratmogʻi lozim.
Murakkab masala yechish – bolaning fikrlash qobilyatini rejalashtirishning foydali vositasi boʻlib, odatda, oʻz ichiga “yashirin informatsiyalarni oladi”. Bu informatsiyalarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu usullarini oʻrgatish matematika oʻqitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mazkur mavzuning dolzarbligi ham mana shundadir.

Download 262.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling