MavzuGeografiya va uni o‘qitish mеtodikasi pеdagogik fan reja
Download 41 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-maruza Geografiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 1.1. Geografiyani
- 1.2.Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari.
MavzuGeografiya va uni o‘qitish mеtodikasi - pеdagogik fan REJA: 1. Geografiyani o‘qitish metodikasi fan va uni o‘qitish masalalari. 2.Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. 3.Geografiyani o‘qitish metodikasi tomonidan urganiladigan va ishlab chiqaladigan ishlar. 4. Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Tayanch tushunchalar: Geografiyani o‘qitish metodikasi fani haqida tushuncha; fanning mazmuni va asosiy vazifalari haqida; Geografiya o‘qitish metodikasi tarafidan ishlab chiqaladigan ish turlari; jug‘rofiya, astronomiya, fizika va.h fanlar bilan aloqasi. 1.1. Geografiyani o‘qitish metodikasi fan va uni o‘qitish masalalari. Geografiyani o‘qitish metodikasi fani- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini Ona tabiatimizni asrab avaylashga, ularni muhofaza qilishga, ekologik tomonidan tarbiyalashning mazmuni bilan metodlarini ochib beruvchi pedagogik fan bo‘lib hisoblanadi. U pedagogik tomonlan ishlab chiqilgan tadqiqotlarga asoslanadi va uning metodlaridan foydalaniladi, biroq o‘z fanini o‘qitish mazmuni bilan xususiyatlarga ega fan sifatida o‘qitiladi. 2- sinfda Tabiiy fan tabiat predmetini o‘rganishda yil bo‘yicha 36 soat, haftasiga 1-soatdan ajratilgan. 1.2.Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari. Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini bugungi kun talablari asosida Yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llab, yosh avlodga Tabiiy fanni o‘rgatishga tayyorlash bo‘lib hisoblanadi, fanning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘quvchilarga Geografiya fani haqida eng zarur ilmiy-nazariy bilmlarni berish. Boshlang‘ich sinflarda Tabiiy fanni o‘qitishning metodikasi, ta’lim tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalarini ifodalash. O‘quvchilarga Tabiiy fani bazasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida bilm berish. O‘quvchilarga o‘quv-metodik adabiyotlarni, dastur va darsliklarni muhokama etishga o‘rgatish. O‘quvchilarga Tabiiy fanini o‘qitishning har xil uslublari va metodlari bilan tanishtirish. O‘quvchilarga ushbu fandan o‘qitishning har xil tashkiliy formalari, uslublari, zarur kurgazmali vositalardan tug‘ri foydalanish kunikmalarini barpo etish. Tabiiy fan muommolariga aloqali maqolalar, adabiyotlarga taqriz, annotatsiya yozishga o‘rgatish. Kuzatilgan dars va darsdan tashqari tadbirlarni mustaqil metodik jihatidan tug‘ri talqin qilishga urgatish. Fanlararo alaqo va ta`lim-tarbiya integratsiyasi asosida har xil dars turlari uchun dars ishlanmalari, reja-konspektlar tuzishga tayerlash. Maktabda Geografiya darslarini o‘qitishda ekologik va tabiatni himoya qilishga urgatish. O‘quvchilarni sharq donishmandlarining inson va uni himoya etaetgan tabiat bilan bog‘ligiga bag‘ishlangan asarlari, ularning dunyo qarashlari bilan tanishtirish, shuningdek, tabiatga aloqali aforizm, rubayi va she’rlardan Geografiya darslarida foydalanishga o‘rgatish. Bundan tashqari, Geografiyani o‘qitish metodikasining ulumiy pedagogik va uziga xos metodlari, darsni tugri tashkil etish tarixi va kelajak rejalarini tuzish, darsdan tashqari tadbirlarni tashkillashtirish usullarini urgatish kabi masalalarham ushbu fanning asosiy masalalarinidan biri bulib hisoblanadi. Geografiyani o‘qitish metodikasi fanining eng asosiy vazifasi o‘quvchilarni ijtimoiy hayotga va mehnat bilan tanishtirish, o‘zlarini erkin tutish madaniyatiga tarbiyalash ko‘zda tutilgan. O‘quvchilarni jamiyat hayoti bilan tanishtirish shakl, metodlari har xil ekskursiyaga olib, chiqibyu, suhbat o‘tkazish, darslik bilan ishlash, duneni bilishga qiziqarli materiallarni, o‘quv, diafil`m, kinofil`mlar, diapozitivlapr ko‘rsatish, har xil bayramlarga tayyorliklardan shularning to‘plamlaridan paydo buladi. O‘quvchilarni tabiat bilan yaqindan tanishtirish, tabiiy ob`ektlar va hodisalar haqida tushunchalarni shakllantirish, tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish, tabiat muhitni asrab-avaylashga tarbiyalsha ko‘zda tutiladi. O‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishning asosiy metodi kuzatish, tashkil qilish shakli mahalliy sharoitga qarab, maktab tajriba uchastkasiga, fermaga, mevazorga ekskursiyaga olib chiqishdan iborat. Ekskursiyaga borish uchun o‘zi yashaydigan joyining tabiat ob`ektlari tanlanadi. Odamning mehnati va o‘quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatni o‘rganishda materiallarning izchilligi bilan baen etilishiga e`tibor berishi kerak. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling