Maxsar o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


Download 18.7 Kb.
bet1/5
Sana07.03.2023
Hajmi18.7 Kb.
#1246146
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Maxsar -sistematikasi, morfologiyasi Efirmoyli ekinlar morfologiyasi


Maxsar -sistematikasi, morfologiyasi Efirmoyli ekinlar morfologiyasi.

Maxsar o’simligining- ahamiyati, kelib chiqishi, tarqalishi, hosildorligi


Maxsar– Markaziy Osiyoda keng tarqalgan moyli ekin. U qurg‘oqchilikka chidamli. Maxsar moyi bevosita oziq-ovqatga ishlatiladi hamda margarin tayyorlashda foydalaniladi. Urug‘idan 25-32 % yarim quriydigan, och-sariq moy olinadi. Sifatiga ko‘ra kungaboqar moyidan qolishmaydi.
Maxsar pistalarini qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan kunjarasining mazasi achchiqroq, ammo kam miqdorda qoramollarga bersa bo‘ladi. Uning 100 kg kunjarasida 55 o.b., 7-8 % yog‘ saqlanadi. Unidan o‘g‘it sifatida ham foydalanish mumkin. Maxsar urug‘lari parrandalar uchun yaxshi oziqa.
Hindiston, Afg‘oniston, Markaziy Osiyoda, Kavkaz ortida maxsar moyli ekin sifatida qadimdan ma’lum. Uning tojbarglaridan bo‘yovchimodda kartamin olingan. Tojbarglari palovga rang beruvchi sifatidaishlatiladi.
O‘zbekistonda keyingi yillarda maxsar ekiladigan maydonlar bir necha baravar oshdi. Hozirda O‘zbekistonning lalmikor yerlarida 15-20 ming ga maydonga ekiladi. U qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgani uchun yashil massasi, oziqa uchun ham o‘stiriladi. Urug‘ining o‘rtacha hosildorligi 10-12 ts/ga, sug‘oriladigan yerlarda 19-22 ts/ga.
Botanik ta’rifi. Maxsar astradoshlar Astezaceae oilasiga, CazthamusL.
avlodiga kiradi. Uning 19 turi ma’lum, shulardan faqat bitta tur C. tinctozius L. madaniy. Biologik xususiyatlari. Maxsar issiqsevar, qurg‘oqchilikka chidamli, yozi quruq, qishi sovuq kontinental iqlim sharoitiga moslashgano‘simlik. U gullash va pishish fazasida issiqlikka juda talabchanbo‘ladi. Maysalari 5-60S sovuqqa bardosh beradi. Maxsar O‘zbekistonsharoitida kuzda ekilganda maysalari yaxshi qishlab chiqadi. Kuzda ekilgan maxsar bahorda ekilganiga nisbatan yuqori hosil beradi.
Gullash davrida sernam, bulutli ob-havo kuzatilsa gullar yomonchanglanadi, pistachalar kam hosil bo‘ladi, savatcha chirib boshlaydi.Maxsar tuproqqa talabchan emas. U lalmikorlikda, sug‘oriladiganmintaqadagi bo‘z, o‘tloq, o‘tloq-bo‘z tuproqlarda o‘sadi. Sho‘rga chidamliligi tufayli sho‘r tuproqlarda ham o‘sa oladi.
Unumdorligi yuqori, nambilan ta’minlangan tuproqlarda yuqori hosil beradi. Navlari. Maxsarning Milyutinskiy-114 navi
Maxsarning yetishtirish texnologiyasi
O‘zbekistonda maxsarning Milyutinskiy-114 navi Davlat ro‘yxatidan o‘tgan va u lalmikorlikda, suvlikda o‘stiriladi. Almashlab ekishlardamaxsar kuzgi g‘alla ekinlari, toza shudgor, band shudgordan keyin joylashtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘za, makkajo‘xori, dukkakli don ekinlari, sabzavot ekinlaridan keyin ekilsa yaxshi natija beradi. Maxsarning o‘zi ham boshoqli don ekinlari uchun o‘tmishdosh.
Lalmikor yerlarda maxsar ekiladigan maydonlar 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Sug‘oriladigan yerlarda maxsar uchun tuproq 25-27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Yerni ekishga tayyorlash ertabahorda nam saqlaydigan boronalashdan iborat.

Download 18.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling