Maxsetov asilbek yopiq gorizantal drenajlarni himoyalash usullari


Download 3.34 Mb.
Sana27.10.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1726181
Bog'liq
ASILBEK MAXSETOV

  • GM FAKULTETI SXMIM 416-GURUX
  • MAXSETOV ASILBEK
  • MAVZU 02
  • MELIORATSIYA TEXNIKASI
  • FAN:

REJA:

  • REJA:
  • 1.Yopiq gorizontal drenajlarni ishonchli ishlashini taʼminlash asoslari;
  • 2.Drenaj transheyasidagi gruntni tabiiy va suv yordamida shibbalash jarayonlari va ularda ishlatiladigan texnikalar;
  • 3. Gruntni suvga toʻyintirib shibbalash texnologiyasi va ularda ishlatiladigan texnik vositalar.
  • Barcha texnik va texnologik talablar asosida sifatli qurilgan yopiq gorizontal drenajlarni ishonchli ishlashini taʼminlovchi asosiy vositalarga; drenaj transheyasini qayta koʻmishda gruntni zichlash, yotqizilgan drenaj quvurlarini tasdiqlangan reja asosida tozalash ishlari kiradi. Yopiq gorizontal drenajlarni yaxshi ishlashi va ularni himoyalashda qayta koʻmilgan gruntni yaxshi zichlash bilan bir qatorda ularni transheya devorlari bilan mustahkam bogʻlanishini taʼminlash ham zarur. Chunki koʻp choʻmichli ekskavatorlar yordamida qazilgan transheya devorlari ish jihozining aylanma harakati natijasida transheya devorlari silliqlanib, zichlangan qatlam hosil qiladi. Bu qatlam, qayta koʻmilib, zichlangan grunt bilan tabiiy (ona) gruntni yaxshi birlashishiga (qovushishiga) imkoniyat bermaydi. Shuni taʼkidlab oʻtish lozimki, qayta koʻmilgan gruntni zichlash natijasida uning zichligini tabiiy (ona) grunt zichligiga yetqazish kerak. Shunda drenajlar himoyalangan boʻlib, ularni yaxshi ishlashiga sharoit yaratiladi. Amalda esa yuqoridagi oʻta zarur boʻlgan talabga javob bermagan holda drenajlar qurilib, ishlatilmoqda. Maxsus tekshiruvdan soʻng, transheyani koʻmishga ruxsat beriladi. Bu ish buldozerlar yordamida amalga oshiriladi. Biroq buldozerlar bilan transheyani qayta koʻmishning quyidagi kamchiliklari mavjud: buldozerning ish unumdorligidan toʻgʻri foydalanilmaydi yaʼni, buldozer harakati transheya oʻqiga perpendikulyar boʻlib, u tuproqni surishda ish bajarilsada orqaga qaytishida esa ish bajarilmaydi; buldozer harakati uchun imkoniyatdan ortiq maydon talab qilinadi, bu ayniqsa drenajni qayta koʻmish jarayonida ekilgan ekin maydonlarini payhon boʻlishiga olib keladi; buldozer tran- sheyaga yaqinlashganda u surib kelayotgan gruntning ogʻirligi va ish jihozi ning surish kuchlari taʼsirida transheya devorlari buzilib, oʻpiriladi.
  • Natijada sizdirgichning ustki qatlamida boʻshliq hosil boʻlib, grunt transheyada bir tekis joylashmaydi; grunt transheyaga surilayotgan paytda uning ogʻirlik kuchi hisobiga bajarilgan ish qurilgan drenajning buzilishiga sabab boʻladi. Shunday boʻlsada hozirda drenaj transheyalari buldozerlar yordamida grunt zichlanmasdan koʻmilib, tabiiy, yaʼni qor-yomgʻir suvlari taʼsirida 3…4 yil davomida shibbalanishi uchun maxsus chellar orqali himoyalanadi. Drenaj transheyalarida gruntni mexanik zichlash asosan gruntning namligi optimal sharoitda yaxshi natijalar beradi. Drenaj transheyalarida gruntni mexanik zichlash ikki xil jarayonga boʻlish mumkin: birinchi jarayon qayta koʻmilgan gruntni shibbalash boʻlsa ikkinchi jarayon qayta koʻmish bilan birgalikda shibbalash. Drenaj transheyalarida gruntni qayta koʻmish jarayonidagi titratma, statik va dinamik turlari ayniqsa grunt namligi optimal boʻlgan sharoitlarda yaxshi natijalar berishi mumkin, lekin bu usulda zichlashda ham transheya devorlari bilan qayta koʻmilgan gruntni bogʻlash imkoniyatlari yoʻq. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, drenaj transheyalari, asosan transheya qazuvchi koʻp choʻmichli ekskavatorlarning aylanma harakat qiluvchi ish jihozlari orqali amalga oshiriladi. Bu ish jihozi oʻzining aylanma harakati davomida transheya devorlarini zichlab, silliq qatlam hosil qiladi. Bu silliq qatlam esa transheyadagi zichlanadigan gruntni transheya devori bilan birlashishga toʻsiq boʻladi va natijada maʼlum miqdorda transheya devorlarida chok hosil boʻlib, sugʻorma suvlar shu choklar orqali oʻtib, drenajning buzilishi va yuvilib ketishiga olib keladi.
  • Yopiq gorizontal drenajlarni himoyalash vositalardan biri uni qayta koʻmishda gruntni zichlash (shibbalash) orqali buzilishi va yuvilib ketili shini oldi olinadi. Drenaj transheyalaridagi gruntni zichlashning tabiiy, mexanik va gidravlik usullari mavjud. Gruntni tabiiy shibbalash texnologik jarayoni quyidagilarni oʻz ichiga oladi: transheyadagi qazib chiqarilgan gruntni buldozerlar yordamida qayta koʻmish; drenajni sugʻorma suvlardan himoya qiluvchi chellar tashkil qilish; himoya chellarini 3…4 yil yomgʻir va qor suvlari taʼsirida drenaj transheyasidagi qayta koʻmilgan gruntni tabiiy shibbalash yoki zichlash uchun saqlash; himoya chellarini taʼmirlash. Bu yerda shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, bir necha yillik tajriba va kuzatuvlar natijasida buldozerlar yordamida gruntni transheyaga qayta koʻmishda quyidagi kamchiliklar aniqlangan: gruntni surishda, transheya devorlarini buzilishiga olib kelishi; gruntni transheyaga notekis tushishi uni bir tekisda joylashishiga imkon bermasligi; katta massaga ega boʻlgan gruntni zarb bilan transheyaga tushishi, yotqizilgan drenaj quvurlarini buzilishiga olib kelishi.Yuqoridagi kamchiliklardan koʻrinib turibdiki, drenajlarni himoyalashda bu usulni qoʻllash yaxshi natija berishiga kafolat bera olmaydi. Grunt bilan toʻliq toʻldirilgan drenaj transheyalarining oʻqidan 3…4 m masofada uning oʻng va chap qirgʻoqlarida maxsus ish jihozlari oʻrnatilgan traktorlar yordamida himoya chellari oʻrnatiladi. Himoya chellarini mustahkamlash, maxsus grunt zichlovchi ish jihozlari oʻrnatilgan mashinalar yordamida amalga oshiriladi. Chellar bilan chegaralangan drenaj transheyasi dagi gruntni tabiiy zichlash uchun qor va yomgʻir suvlaridan 3…4 yil davomida foydalaniladi.
  • Har yili chellarni taʼmirlash maxsus mashinalar yoki qoʻl kuchi yordamida amalga oshiriladi. Himoya chellarini, ayniqsa atrofdagi maydon larda sugʻorish ishlarini amalga oshirish jarayonini qattiq nazoratga olib, ularni yuvilib ketishining oldini olish zarur, aks holda suv drenaj transheyalariga tushib, ularni yuvib ishdan chiqarishi mumkin. Tabiiy zichlanish muddati tugagandan soʻng, bu maydonlar tekislanib, umumiy ekin ekiladigan maydonlarga qoʻshiladi. Bu esa dala maydonlarini kengaytirib undan foydalanish hamda unga ishlov beruvchi texnikalarga yaxshi sharoit yaratadi. Gruntni suvga toʻyintirib shibbalash texnologiyasi va ularda ishlatiladigan texnik vositalar. Bu usulni qoʻllash uchun drenaj transheyalari qayta koʻmilgan tuproq bilan toʻliq toʻldirilgan boʻlishi kerak. Drenaj transheyalarining oʻqidan 3…4 m masofada uning oʻng va chap qirgʻoqlarida maxsus ish jihozlari oʻrnatilgan traktorlar yordamida himoya chellari oʻrnatiladi. Himoya chellarini mustahkamlash maqsadida maxsus grunt zichlovchi ish jihozlari oʻrnatilgan mashinalardan foydalaniladi. Chellar bilan chegara langan drenaj transheyasidagi gruntni suvga boʻktirish maqsadida drenajga yaqin boʻlgan suv manbalaridan suv tarmoqlari orqali olib kelinadi.Suv manbalari yaqin boʻlmagan joylarda maxsus suv tashuvchi mashinalar yordamida tashib keltiriladi va tayyorlangan maydonga suv taraladi. Gruntni suvga boʻktirish davri qattiq nazoratga olinib, suvni gruntga singishini bir tekisda boʻlishi taʼminlanadi. Ayrim joylarda koʻmilgan gruntning boʻshligi oqibatida taralgan suvlar shu joydan tezda oʻtib, suv bilan gruntdagi gil moddalari qoʻshilgan aralashmani yaʼni loyqa suvni hosil qiladi.
  • Bu loyqa suv drenajning sizdirgich materiallarni koʻzlarini toʻldirib, drenajni ishdan chiqishga olib keladi. Ayrim hollarda esa uni yuvib, maydonlarni yaroqsiz holga olib keladi. Bunday hodisa yuz bermasligi uchun sugʻorilayotgan maydonni kuzatish orqali qayerdan suv tez drenaj transheyasiga tortilsa, berilayotgan suvni darhol toʻxtatib, shu joyga qoʻshimcha grunt tashlab, shibbalash zarur. Ushbu jarayon gruntni suvga boʻkkuncha (toʻyguncha) davom ettiriladi. Chegaralangan maydonlar maʼlum muddatga, yaʼni sirtida texnika yurishiga sharoit boʻlguncha saqlanadi. Maxsus buldozerlar yordamida himoya chellari tekislanib, maydonlar ekin ekishga tayyorlanadi. Gruntni gidromexanizatsiya usulda shibbalash texnologiyasi va ularda ishlatiladigan mashinalarGruntni gidromexanizatsiya usulda shibbalash asosan qayta koʻmilayotgan gruntni suv bilan aralashtirib, uni suvga toʻyintirish orqali amalga oshiriladi. Chunki transheyaga koʻmilayotgan grunt qazish jaraѐnida mayda lanib, hajmi boʻshliqlar (havo) hisobiga kengayadi. Bu boʻshliqlar gruntga suv berish orqali toʻldirilib, qalashgan grunt zarralari qarshiligini kamayishi hisobiga oldingi hajmini egallaydi. Bu esa gruntni zichlab, ona grunt zichligiga yetkazish imkonini beradi. Gruntni suv yordamida shibbalash, gruntni surish yoki surilayotgan gruntning transheyadagi harakat qatlamida amalga oshiriladi.Gruntni transheyaga surishda shnekli ish jihozidan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki shnekli ish jihozining aylanma harakati orqali surilayotgan tuproq boʻlaklari maydalanib, uning hoʻl va quruq qatlamlari aralashuvi natijasida dastlabki zichlashishga erishiladi. Ayrim mutaxassis va olimlarning tavsiyasiga koʻra shnekli ish jihozi yordamida grunt maydalanib, hoʻl, qurugʻi aralashtirish jarayonida unga maxsus suv purkagichlar orqali suv berib, suvga toʻyintirilgan holda drenaj transheyasiga yoʻnaltiriladi.
  • Bu usulda shibbalangan grunt kerakli zichlikka ega boʻladi. Ammo transheya devorlari bilan qayta koʻmilayotgan gruntni yaxshi bogʻlanmaganligi hamda aralashtirish jarayoni uchun katta energiyani sarflanishi va boshqa texnik sabablarga koʻra ishlab chiqarishda oʻz oʻrnini topa olmadi .A.N.Mirsagatov tomonidan tavsiya etilgan suv yordamida shibbalash usuli har tomonlama qulay, tejamli va sifatli boʻlib, boshqa usullardan gruntni suv yordamida shibbalashni qayta koʻmish jarayonida olib borilishi bilan farq qiladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, transheyaga qayta koʻmilgan gruntni shibbalash, transheyaning pastki qismidan boshlanib, xoxlagan balandlik da hattoki oxirigacha, yaʼni transheyadagi grunt hajmining barcha qatlamida olib borilishidir. Buning uchun suv purkagich moslamasini kerakli balandlikka oʻrnatish zarur. Bu usulning tejamliligi shundaki, shibbalash uchun sarflanadigan suv miqdori boshqa usullarga nisbatan 15…20 barobar kam ishlatiladi. Bunga sabab, suv, shibbalash zarur boʻlgan grunt qatlamiga sarflanadi. Boshqa gidravlik usullarda esa transheyadagi gruntni suvga boʻktirib shibbalash jarayonida suv transheya devorlariga, drenaj qatlamiga va uning ostki qatlamiga majburiy isrof qilinadi. Ushbu usul asosida maxsus mashina yaratilib, unga MZU-2 rusumi berilgan.
  • MZU-2 mashinasi quyidagi asosiy qismlar: mashina bazasi (K-701) , suv bilan taʼminlovchi yarim tirkama arava, gruntni qayta koʻmuvchi shnekli ish jihozi, gruntni shibbalovchi ish jihozidan tashkil topgan. Shnekli ish jihozi, transheyadan qazib chiqarilgan gruntni qayta koʻmish uchun xizmat qiladi. Shnekli ish jihozini oʻratish uchun buldozer agʻdargichi shakldagi yoysimon metaldan yasalgan gruntni surgichdan foydalanilgan boʻlib u asosiy (uzunligi 4 m) va qoʻshimcha (uzunligi 2 m) qismlarga ajratilgan. Surgichning pastki qismiga joylashtirilgan quloq chinlarga uni suruvchi ramaning bir tomoni qoʻzgʻaluvchan qilib ulanib, ikkinchi tomoni traktor ramasiga oʻrnatilgan quloqchinlarga ulanadi. Surgichning yuqori qismidagi quloqchinlarga qoʻzgʻaluvchan qilib oʻrnatilgan gruntni qirqish burchagini oʻzgartiruvchi vintli mexanizmning bir tomoni ulanib, ikkinchi tomoni suruvchi ramaga ulangan. Shnekli ish jihozi ham asosiy va qoʻshimcha qismlardan tashkil topgan boʻlib, ularning vallari oxiriga oʻrnatilgan podshipniklar korpusi bilan surgich maxsus tutqich orqali bogʻlangan. Asosiy va qoʻshimcha surgich shneklarning vallari, zanjirli birlashma orqali bogʻlanib, ajratiladi. Asosiy va qoʻshimcha surgich shneklar bilan birga ularni ulangan joylaridagi vertikal sharnir (oshiq-moshiq) lar orqali ajratiladi, bunda asosiy surgichga nisbatan qoʻshimcha surgich ushbu sharnirlar orqali buriladi. Buri lishdan maqsad, mashinani transport holatiga keltirishdir. Qoʻshimcha surgichning ish holatida unga ikkita vintli tirkagich ulanib, suruvchi rama bilan bogʻlanadi. Ish jihozlarini ishlash jaraѐnida turgʻun holatini saqlash maqsadida, asosiy surgichning orqa tomoniga ikkita changʻilar oʻrnatilgan boʻlib, ularning holatini vintli mexanizmlar yordamida oʻzgartirish mumkin. Shnekli ish jihozini koʻtarib tushirish gidrotsilindr orqali amalga oshiriladi.
  • E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling