Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni. Reja: Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari


Download 164.19 Kb.
bet1/8
Sana30.10.2023
Hajmi164.19 Kb.
#1735373
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. -fayllar.org


1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari. Tushuncha turlari, munosabatlari va mantiqiy amallari. Hukm va xulosa – tafakkur shakli sifatida

Mazvu: Matiq ilmi predmeti va axborotni tahlil qilishdagi o’rni.


Reja:
1. Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari.
2. Tushuncha turlari, munosabatlari va mantiqiy amallari.
3. Hukm va xulosa – tafakkur shakli sifatida.
4. Dalillashning mantiqiy asoslari. Muammo. Faraz. Nazariya.


Mantiq fani predmeti, vazifalari va rivojlanish bossichlari. Mantiq fan sifatida er.oldingi IV asrda Qadimgi Gresiyada vujudga kelgan. Dastlab, logika (mantiq) grekcha - ”logos”, ya’ni “so’z”, “fikr”, “aql”, “qonuniyat” degan ma’nolarini anglatgan. “Logika” tushunchasini ilmiy atama sifatida birinchi bor Demokrit o’zining “Mantiqiylik yoki qoidalar haqida” asarida muloqotga kiritgan. Bu o’rinda yana shuni aytish mumkinki, hozirgi zamon ilmiy muloqatida “mantiq” atamasining mazmuni ancha boyigan bo’lib, u turli ma’nolarda ishlatiladi. Chunonchi, mantiq atamasi bilan narsa va hodisalar taraqqiyotidagi o’zaro bog’lanishni yoki tafakkur yordami bilan vujudga keladigan tushunchalar aloqasi va bog’lanishini ifodalashadi. Agar so’z narsalarning tartibi, bog’lanishi, izchilligi ustida borsa - obyektiv mantiqni va aksincha, agar so’z, fikrlar bog’lanishi, izchilligi asoslanishi, tafakkur taraqqiyoti va qonuniyatlari haqida boradigan bo’lsa, tafakkur mantig’i yoki subyektiv mantiqni tushinishadi. Shuningdek, mantiq deyilganda yana tafakkur qonunlari, shakllari va usullarini o’rganuvchi fanni ham tushinishadi. Biz ham o’z tahlillarimizni aynan shu ma’nodagi mantiqqa qaratamiz.
Mantiq ilmining asoschisi deb, o’zigacha mavjud bo’lgan mantiqqa oid barcha bilimlarni tartiblashtirgan xolda jamlashga va uni o’zi yaratgan yangi ta’limotlar bilan boyitib, muayyan tizim darajasiga ko’tara olgan mutafakkir sifatida Arastuni hisoblashadi. Tafakkur shakl va qonunlarini o’rganuvchi mazkur ilmni fan tarixida formal mantiq, yoki an’anaviy mantiq, yoki yana Arastu mantig’i ham deb atashadi.
Fan taraqqiyotida formal mantiq bilan birgalikda yana dialektik mantiq, matematik mantiq va uning intuitiv mantiq singari boshqa yangi noan’anaviy tarmoqlari paydo bo’lib rivojlana bordi. Jumladan, nemis olimi G.Leybnisning (1646-1716) ilgari surgan matematik mantiq haqidagi g’oyasi XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, mantiq ilmiga matematik usullarni tadbiq kilish keng qo’llanila boshlanishi bilan voqyeylikka aylanib, simvolik (ramziy) mantiq vujudga kela boshladi. Yana bir mashxur nemis mutafakkiri Gegel (1770-1831) o’zi yaratgan falsafiy tizimda markaziy o’rinni egallovchi dialektik usulini mantiqqa tadbiq qilishga harakat qiladi. Marksizm falsafasi esa boshlangan ishni oxiriga yetkazadi, ya’ni Gegelning mantiqqa tadbiq qilgan idealistik falsafiy tizimini materialistik nuqtai nazardan qayta ishlab chiqib, obyektiv olamning dialektikasini bilishda uslub sifatida hizmat qiluvchi dialektik mantiqni yaratadi. Shu tariqa vujudga kelgan dialektik mantiq tafakkurning paydo bo’lishi, o’zgarishi va rivojlanishini muayyan tamoyil, qoida va talablar asosida o’rganuvchi fan sifatida shakllana boshladi. Leybnis asos solgan matmatik mantiq negizida intuitiv mantiq, modal mantiq, konstruktiv mantiq, logisizm va formaliz kabi yangi tarmoqlari paydo bo’lib rivojlana bordi. Mazkur yangi tarmoqlarning qaror topa borishi jarayoni natijasida an’anaviy mantiq ilmiga matematik usul va ramziy belgilarning kirib borishi tobora kuchayib bordi. Bu esa Arastu yaratgan mantiqnng dialektik mantiq yoki matematik mantiq kabi boshqa yangi paydo bo’lgan tarmoqardan ajralib qolishiga olib kelgani yo’q, aksincha hozirgi kunda formal mantiq yanada rivojlanib, o’zining maxsus formallashgan tili, muayyan metod va usullariga ega bo’lgan fan sifatida o’z ahamiyatini oshirib bormoqda va buning isbotini hozirgi kunda ham mazkur fanni Oliy ta’lim tizimida mustaqil kurs sifatida o’qitilishida yaqqol ko’rishimiz mumkin.
Mantiq fanining o’rganish obyekti tafakkur hisoblanadi. Tafakkurni esa o’z navbatida falsafa, psixologiya, kibernetika kabi boshqa ko’pgina fanlar o’rganadi.
Falsafa tafakkurning borliqqa, dunyoga bo’lgan munosabati bilan shug’ullanadi. Shu ma’noda falsafa inson ongi tafakkuridagi dunyo to’g’risidagi bilimlar, qarashlar tizimini o’rganishi bilan kishilarning dunyoqarashi haqidagi talimotni beradi.
Fiziologiya - tafakkurning tabiiy asosini, ya’ni inson miyasi faoliyatidagi fikrlash jarayonining mexanizmini tekshiradi. Fiziologik jarayonsiz inson miyasida sezish, idrok, tasavvur, xotira, xayol, hissiyot fikrlash kabi hyech qanday jarayon yuz bermaydi.
Psixologiya - ruhiyat esa tafakkurning normativ rivojlanishi, uning vazifalarini boshqa ruhiy holatlar bilan(sezgi, idrok, tasavvur, xotira, xayol, diqqat va shu kabi) aloqasini inson faoliyati natijasi sifatida o’rganadi. Ruhiyat(psixologiya) fikrlashning taraqqiyot, uning yuzaga kelishi qonuniyatlarini, turli bosqichlardan iborat ruhiy jara- yonlarning aloqasini o’rganadi. Demak, ruhiyat tafakkurni jarayon sifatida o’rganish bilan birga, undan boshqa ruhiy holatlarni ongli va ongsiz bosqichlarning ham o’rganadi. Lekin mantiq boshqa fanlardan farqli o’laroq tafakkurning shakl va qonunlarini o’rganadi.
Demak, mantiq, ya’ni biz o’rganayotgan formal mantiq tafakkurning shakl va qonunlarni o’rganuvchi fan sifatida bilish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ham tahlil qiladi. Shu o’rinda insonning bilish jarayoni o’z mohiyati va tabiati jihatidan o’zaro tafovut qiluvchi ikki bosqichdan iborat ekanligini ko’rsatib o’tishimiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Dastavval inson dunyoni sezgi, idrok, tasavvur kabi hisiy bilishning shakllari orqali bilishga muvofiq bo’ladi. Keyingi bosqich aqliy bilish bilan bog’liq bo’lib, u tafakkurning tushuncha, hukm va xulosa kabi shakllarida namoyon bo’ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek hissiy bilishning asosiy uch shakli mavjud bo’lib ular sezgi, idrok va tasavvurlardir. Hissiy bilishning bu uch zaruriy ko’rinishlari o’ziga xos muhim xususiyatlarga ega. Sezgilar olam narsalarini alohida, yakka tomonlari bilan aks ettiradi. Chunonchi, olamni sezgilar vositasida aks ettirganimizda uning ayrim tomonlari - sariq , qizil, ko’k rangda ekanligi, dumaloqligi ko’z o’ngimizda gavdalanadi.
Idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab bo’lib, u sezish asosida vujudga keladi. Idrokda predmetldarning ayrim xossalari emas, balki predmet butun holda aks etadi. Masalan, daraxtni ko’rganimizda uning qanday bargliligi, qaysi daraxt turiga mansubligi - mevalikmi, mevasizmi va hokozolar haqida o’ylasakda, lekin u baribir yaxlit holda tuyg’ularimizda faqat daraxt sifatida akslanadi.
Hissiy bilishning yuqori bosqichi - tasavvurdir.
Tasavvur - narsalar va narsalar xususiyatlarini bevosita ular bilan bog’liq holda aks ettirishdir. Tasavvurda kishining olam voqyea- hodisalari bilan hissiy bog’lanishi bir qadar vositali, ya’ni tafakkurning ko’magida amalga oshadi. Chunonchi, Siz eng yaqin do’stingiz yoki ota-onangiz to’g’risida tasavvur qilganingizda uning barcha jihatlari - yuz tuzilishi, rangi, xatti-harakatlari , bo’yining past-balandligi, yurish-turishlari va boshqa tomonlari xotirada gavdalandi. Demak, tasavvur hissiy bilishning shunday ko’rinishidirki, unda biz narsalar bilan odatdagidek(sezgilar va idrokdagidek) hissiy munosabatdagina bo’lib qolmay, balki aql, xotira kabi ong turlari vositalarida ham bog’lanishda bo’lamiz.
Hissiy bilish orqali biz narsa va hodisalarning be’vosita tashqi jihati va xussiyatlari, tashqi bog’lanishlarini bilamiz. Ular bizga narsalarning ichki bog’lanishlari va rivojlanish qonunlari, mohiyati, zaruriy bog’lanishlarini ochib bera olmaydi. Bunga biz tafakkur, aqliy bilish orqali erishamiz. Hissiy bilish, sezgilar inson bilishining quyi bosqichini tashkil qiladi, bu bosqich asosida ijtimoiy mehnat jarayonida ikkinchi yuqori bosqich - aqliy bilish tafakkur paydo bo’ladi. Sezgilir orqali obyektiv reallikdan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash, ularning munosabatlari, ichki xususiyatlarini aniqlash muhim va asosiy tomonlarini nomuhimlaridan ajratib olish, qonuniyatlariniochish aqliy bilish tafakkurda amalga oshiriladi. Hissiy va aqliy bilish inson bilishining ikki, bir-biri bilan o’zaro bog’langan bosqichi bo’lib, birisiz ikkinchisining bo’lishi mumkin emas.
Tafakkurning shakllarida namoyon bo’luvchi aqliy bilish hissiy bilishdan o’zining quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi.
Birinchidan, tafakkur hissiy bilishdan farqli o’laroq, voqyeylikni o’z aniq tabiatidan mavhumlashtirib, uning muhim belgilarini nomuhim belgidaridan ajratib, umumlashgan obrazlar shaklida aks ettiradi. Masalan, huquqshunoslikda davlat deyilganda, o’ziga hos alohida takrorlanmas belgilariga ega bo’lgan aniq bir davlatni emas, balki barcha davlatlar uchun hos bo’lgan umumiy va muhim belgilar tafakkur orqali umumlashtirilib, majburlash vosita va usullariga ega bo’lgan jamiyatni boshqaruvchi siyosiy tashkilot sifatidagi mavhumlashgan obraz yaratiladi.
Ikkinchidan, tafakkur voqyelikni bevosita sezgilar orqali emas, balki muayyan tajriba va bilimlar orqali chuqurroq bilishdir. Masalan, jinoyatni bevosita kuzatmasdan turib, mavjud dalillarga asoslanib, sodir etilgan jinoyatning tabiati haqida xulosa qilish mumkin.
Uchinchidan, Inson aqlida hosil bo’lgan har qanday fikr, faqat tilda (so’z va gaplar shaklida) o’z moddiy ifodasini topishi mumkin.
To’rtinchidan, tafakkur voqyelikni ijodiy va faol aks ettiruvchi jarayondir.
Tahlillarimizdan ko’rinib turganidek, tafakkur bilishning yuqori bosqichi bo’lib, unda narsa - hodisalar va ular o’rtasidagi umumiy, muhim bog’lanishlar, nomuhimlaridan ajratilib, mavhumlashtirilgan holda tushuncha, hukm va xulosalarda aks ettirilib tilda namoyon bo’lar ekan.
Lekin shu o’rinda tafakkurning muhim belgilarini va hissiy bilishning sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllaridan farqini ajratib ko’rsatganimiz shartli ekanligini albatta ta’kidlab o’tishimiz zarurdir. Chunki real bilish jarayonida hissiy bilish ham, tafakkurning shakllari ham bir butun bilish jarayonining ajralmas ikki tomoni sifatida namoyon bo’lishadi. Jumladan, hissiy bilish aqliy bilishga o’tish uchun asos yaratib bergani singari, tafakkur ham qanchalik muhim ahamiyatga ega bo’lmasin sezgi organlari orqali olingan ma’lumotlarga bevosita suyangan holdagina harakat qila oladi.
Demak, tahlillarimizdan ma’lum bo’lmoqdaki bilish aslida hissiy va aqliy bosqichlardan iborat bo’lgan bir butun jarayon ekan. Bilish jarayonining bu dialektik birligini yuqorida ta’kidlaganimizdek, falsafa fani o’z o’rganish doirasida tahlili qiladi. Lekin biz formal mantiq fanida butun bir bilish jarayonini emas, balki uning muhim bir bosqichi bilan bog’liq bo’lgan jihatini, ya’ni tafakkur shakl va qonunlari doirasida o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz.
Tafakkurning o’ziga xos aynan shu jihatlarini mazkur kursning biz taqdim qilayotgan mavzularida o’rganib chiqishga harakat qilamiz.
Har bir fikr o`z mazmuni va mantiqiy shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda, eng avvalo, unda aks etgan narsalar, ularning xususiyatlari va munosabatlari tushuniladi. Fikrning mazmuni dunyodagi narsa, hodisa va jarayonlar singari ko`p qirrali jihatlarga ega. Shu o`rinda fikrning mazmunini bilish uchun, uning har bir tilda turlicha ifodalanishini misol tariqasida keltirib o`tamiz.
Masalan, "jinoyat" so`zining rus tilida "prestuplenie" deb atalishi, uning ijtimoiy xavfli harakat sifatidagi asl mazmunini o`zgartirmaydi. Ko`rib turganimizdek, o`zbek va rus tillarida muayyan bir mazmundagi fikr tilga bo?liq bo`lgan turlicha ramziy belgilarda ifodalangan bo`lsa ham o`z mazmunini o`zgartirgani yo`q. Shu bilan birga biz, tillarda bir xil simvolik belgilarda ifodalanib turib, aslida esa turlicha mazmun kasb etgan atamalardan ham talay misollar keltirishimiz mumkin.
Endi fikrning aniq mazmunidan mavhumlashtirilib, uning mantiqiy tuzilishini ifodalovchi tafakkur shakllariga to`xtalamiz. Chunki mazmuni jihatidan o`zaro farq qiluvchi fikrlar, ularni muayyan birliklarda birlashtiruvchi tushuncha, hukm va xulosa kabi tafakkur shaklarida namoyon bo`ladi.
Chunonchi, alohida narsa yoki ularning majmui haqidagi fikrlarimiz turlicha mazmun kasb etsa-da, ularning mantiqiy ifodasi, barchasi uchun bir xil bo`lgan tushuncha shaklida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, "o`g’rilik" va "aksioma" deganimizda turlicha mazmunga ega bo`lgan fikrlarni tushunamiz. Birinchi holatda o`zganing mulkini yashirincha talon-taroj qilish tushunilsa, ikkinchi holatda isbotsiz qabul qilinadigan bilim tushuniladi. Lekin bu ikki hodisani aks ettiruvchi turli mazmundagi fikrlar har ikkisi uchun umumiy bo`lgan bir xil mantiqiy shaklda, ya`ni tushunchada ifodalanadi. Boshqacha aytganda, muayyan narsalar guruhiga tegishli bo`lgan umumiy, muhim va takrorlanuvchi belgilar majmuini ongimizda yaxlit holda aks ettirishni mantiqda "tushuncha" deb ataymiz. Ushbu tahlilda biz, ikki mazmundagi fikrni, ulardagi umumiy va muhim belgilarning takrorlanishiga qarab "tushuncha" deb ataluvchi tafakkur shakliga birlashtirdik. Mantiqiy shaklda fikrlar o`z aniq mazmunidan ajralgan holda muayyan ramziy belgilar bilan ifodalanadi. Jumladan, tushunchada biz fikrda ifodalangan muayyan bir narsani "X" bilan, unga oid bo`lgan belgilarni "a", "b", "s" bilan belgilab, fikrning aniq mazmuniga bog’liq bo`lmagan mantiqiy shaklni ifodalaymiz.
Demak, yuqorida keltirgan misollarimiz turli xil narsa va hodisalarning tafakkurda bir xil shaklda, ya`ni o`zaro aloqador muhim belgilarning muayyan tizimini ifodalovchi tushuncha shaklida namoyon bo`lishini ko`rib turibmiz.
Mantiq fikrning aniq mazmunini emas, balki uni o`z mazmunidan mavhumlashtirib, u ifodalagan shaklni turli xil ramziy belgilarda ifodalaydi. Endigi mulohazalarimizni "hukm" deb ataluvchi mantiqiy shakl haqidagi fikrlar bilan davom ettirishga harakat qilamiz. Masalan, mazmuni jihatidan ikki xil bo`lgan quyidagi fikrlarni tahlil qilib ko`raylik: "Jinoyat - ijtimoiy xavfli harakatdir" va "Kriminalistika - huquqshunoslik fani". Mantiq bu o`rinda mazkur fikrlarda ifodalangan mazmunning turli xilligini emas, balki har ikkalasi uchun ham umumiy bo`lgan (ikki tushunchali fikrni mantiqiy bog’lovchi orqali birlashtiruvchi va "hukm" deb ataluvchi) shaklini o`rganadi. Mazkur misolda tafakkurning shakli sifatida hukm o`rganilmoqda. Bu erda "jinoyat" va "kriminalistika" muhokama qilinayotgan fikrning predmeti haqidagi tushuncha "S" (sub`ekt) harfi bilan, "xavfli harakat" va "huquqshunoslik fani" esa predmetning belgisi haqidagi tushunchalar sifatida "P" (predmet) harfi bilan, mantiqiy bog’lovchi esa "dir" qo`shimchasi bilan ifodalanadi. Mazkur hukmning umumiy sxemasi "S - P dir" ramziy belgisida ifodalanadi. Shunday qilib, hukm o`zida tushunchalar aloqasining usulini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydi.
Endigi tahlilimizni mavjud tushunchalardan hukmlar tuzganimizdek, bir yoki bir necha fikrlardan yangi fikr keltirib chiqaruvchi xulosaga haratsak. Bu erda ham turli xil mazmundagi fikrlar uchun umumiy bo`lgan usulni ifodalovchi mantiqiy shakl borligiga yana bir bor amin bo`lamiz. Masalan, "jinoyat ijtimoiy xavfli harakatdir" va "o`g’rilik jinoyatdir" degan fikrdan "o`g’rilik ijtimoiy xavfli harakatdir" degan yangi fikr keltirib chiqarish mumkin.
Bu erda asoslar "jinoyat" degan tushuncha orqali bog’lanadi. Aynan shunday mantiqiy usul bilan boshqa mazmundagi fikrlardan ham yangi fikr keltirib chiqarish mumkin. Masalan, "har bir jinoyat o`z ijtimoiy xavflilik darajasiga ega" va "qotillik jinoyatdir" degan fikrlardan "qotillik o`z ijtimoiy xavflilik darajasiga ega" degan yangi fikr keltirib chiqarishimiz mumkin. Har ikkala misolda ham hukmlar va ulardan keltirib chiqarilgan yangi fikrlar mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Lekin ularni umumlashtirib turuvchi jihati shuki, har ikkala misolda ham mavjud hukmlardan yangi hukmlarni keltirib chiqarishda xulosa chiqarishning "deduktiv" deb nomlanuvchi usulidan foydalanilgan.
Demak, yuqoridagi tahlillarimizning yakunida fikrlar faqat aniq mazmungagina ega bo`lmasdan, unga bog’liq bo`lmagan jihatlarga, ya`ni fikr elementlarini bog’lovchi tushuncha, hukm va xulosa kabi umumiy usullarda ifodalanuvchi mantiqiy shakllarga ham ega bo`lishiga ishonch hosil qilishimiz mumkin .
Shunday qilib, mantiqiy shakl yoki tafakkur shakli - fikr elementlarining bog’lanish usuli yoki ularning tuzilishidir.
Biz o`z tahlillarimizda fikrning aniq mazmuni va undan ajratilgan mantiqiy shakllar haqida gapirdik, lekin tafakkurning real jarayonida fikrning mazmuni va shakli bir butunlikda namoyon bo`ladi. Chunonchi, fikrning chinligi mazmuniga tegishli bo`lsa, to`g’riligi uning mantiqiy tuzilishi, shakliga bog’liqdir. Aytilgan fikr voqelikka mos kelsa, chin bo`ladi, aksi bo`lsa yolg’on bo`ladi. Fikrlarning chinligi muhokama davomida to`g’ri natijalarga erishishning zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. To`g’ri muhokama yuritishning ikkinchi, boshqa bir sharti sifatida fikrlarning mantiqan to`g’ri tuzilganligini ham ko`rsatish mumkin. Chunki chin fikrlardan ham mantiqan noto`g’ri xulosalar keltirib chiqarish mumkin. Masalan, "Ba`zi huuqshunoslar prokurorlardir" va "O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining deputati F. Komilov huquqshunosdir", degan chin fikrlardan "Demak, F. Komilov prokurordir" degan yolg’on xulosa kelib chiqishi mumkin. Chunki mazkur misolda xulosani keltirib chiqargan asoslar o`rtasida zaruriy aloqa yo`q. Asoslarda keltirilgan fikrlar chin bo`lishiga qaramasdan, xulosa chiqarishda tafakkur qonunlariga rioya qilinmaganligi sababli, mantiqiy xatolik vujudga keladi.
Demak, to`g’ri muhokama yuritish uchun nafaqat fikrlarning chinligi, balki mantiqan to`g’ri tuzilganligi ham katta ahamiyatga ega ekan. Aynan shu vazifani, ya`ni fikrlarda mazmunan chinlik va mantiqan to`g’rilikka amal qilishni tafakkurning "ayniyat", "nozidlik", "uchinchisini mustasno istisno" va "etarli asos" qonunlari bajaradi. Mazkur mantiqiy qonunlarni keyingi mavzularda batafsil ko`rib chiqamiz. hozir esa tafakkur qonunlari bu fikrlarning o`rtasidagi ichki, zaruriy va muhim aloqadorliklarni ifodalovchi muayyan qoida va printsiplar majmui ularga amal qilish to`g’ri fikrlashning muhim sharti ekanligini tushunish bilan kifoyalansak, maqsadga muvofiq bo`ladi.
Tafakkur qonunlari o`z holatlari bilan ikki guruhga bo`linadi. Birinchi: xususiy ahamiyatga ega bo`lgan qonunlar, tafakkur jarayonining ayrim qonunlari yoki hoidalari, ya`ni tushunchaning ta`riflanishi, qat`iy sillogizm tuzish qoidalari va boshqalar. Ikkinchi: tafakkur faoliyatini umuman xarakterlovchi, ya`ni umumiy ahamiyatga ega bo`lgan tafakkurning mantiqiy qonunlari. Tafakkur shakllari va qonunlari insonning tarixiy taraqqiyoti va uning bilish tajribasi asosida vujudga kelgan bo`lib, ular umuminsoniy qonunlardir. Bu qonunlar ob`ektiv voqelikni va hammadan oldin, uning umumiy, oddiy xususiyatlari munosabatlarini aks ettiradi va tafakkurning voqelikni chin aks ettirishga erishuvi uchun kurashadi. Shuni ham hisobga olishimiz lozimki, tafakkur qonunlari va shakllari tafakkurning boshqa tomonlaridan hech qachon ajralgan emas, balki ular real, haqiqiy tafakkurda o`zaro chambarchas bog’langan.
Tafakkurning mantiqiy qonunlari (ayniyat, ziddiyat, uchinchisi mustasno va etarlicha asos) inson tafakkurida amal qilsalarda, ammo o`zlarining kelib chiqishi jihatidan ob`ektiv asosga egadir. Amalda tafakkur shakli va mazmuni o`zaro bog’langan. Ammo har bir fikr shaklini uning konkret mazmunidan uzoqlashtirib o`rganishimiz lozim. Bu jihatdan mantiq grammatikaga o`xshaydi. Chunki grammatika ham gap va so`z mazmunidan chetlashib, nutqdagi har bir so`zning aloqasi va o`zgarishini tekshiradi. Shunday qilib, tafakkur shakllari, qonunlari insoniyatning tarixiy taraqqiyoti qonunlari bilan bog’langan.
Shunday qilib, tafakkurning shakl va qonunlarida fikrlarning aniq mazmuni va ulardan mavhumlashtirilgan tushuncha, hukm va xulosa kabi (fikr elementlari sifatida) mantiqiy shakllar borligini, hamda to`g’ri xulosa chiqarish uchun albatta tafakkurning muayyan qonun va qoidalariga amal qilish lozimligi hahida bilimga ega bo`ldik desak xato qilmaymiz.
Mamlakatimizda istiqlol tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar - jamiyatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy - axloqiy jihatdan mustaqilligini mustahkamlash barcha fanlar qatorida mantiq ilmi zimmasiga ham muayyan murakkab va mas’ul, lekin oliyjanob va sharafli vazifalarni yuklaydi. Mazkur fan istiqlol bunyodkorlarining tafakkur madaniyati saviyalarini oshirish, ilmning, hikmatning, ilg’or dunyoqarashning yutuqlari zaminida Vatanning, xalqning, qolaversa, insonning mohiyatini to’la anglab yetish, jamiyat a’zolarining o’zini o’rab turgan ijtimoiy va tabiiy muhitga munosabatini yanada faollashtirish uchun xizmat qilishi lozim.
Kishilarning u yoki bu sohada muvaffaqiyatlifaoliyat yurgizishlari uchun ular insoniyat tafakkuri erishgan yutuqlardan bahramand bo’lishi zarur. Shu maqsadda u ajdodlari va o’ davri tomonidan yaratilgan barcha qadriyatlarni halol o’rganish, ularga qat’iy rioya qilib yashashi, lozim hollarda esa ana shu qadriyatlarning rivojlanishiga hissa qo’shishiga say - harakat qiladi.
Inson o’rganishi zarur bo’lgan bunday ilmlar - qadriyatlar sirasiga mantiq ham kiradi. Mantiq fani sohasidagi yutuqlarni insoniyat bir kunda bayon etgan emas, Mantiq ilmi bashariyatning ikki ming yildan ziyodroq tarixiy va nazariy tajribasining ibratli mahsulidir. Shu bois mantiqni har bir ziyoli , madaniyatli jamiyat a’zosi puxta egallashi maqsadga muvofiqdir. Shunga ko’ra huquq sohasining turli sohalarida ko’rsatayotgan xodimlarning huquqning nazariy falsafiy asoslarini anglabetishlarida mantiqning o’rni beqiyosdir.
Huquqning nazariy va amaliy sohalari huquqiy qonun - qoidalarni sharhlash, huquqiy normalarni qo’llash va ularni keng xalq amaliga targ’ib va tashviq qilish huquq-tartibot xodimlaridan yuksak taffakkur madaniyatini taqozo etadi.
Mantiq fanining huquqshunoslik fanlari nazariyasi va amaliyotidagi o’rni, uning boshqa aniq fanlar bilan munosabati kabidir. Huquqshunoslikda uchraydigan tushunchalar, xulosalar, qonunlar, shartnomalar, xullas barcha amaliy-huquqiy jarayonlarni anglab yetish zaminida mantiqiy muhokama yuritish madaniyati yotadi. Aksincha, mantiqiy fikr yuritish qonun-qoidalarga rioya qilmaydigan huquqshunoslik faoliyati aksariyat hollarda tanazzulga yuz tutadi. Binobarin, huquqiy davlatda biror-bir huquqiy xattiharakatni to’la baholash, unga to’la adolat bilan yondoshish nafaqat huquqiy savodlikni, balki tafakkur madaniyati qonunlarini, amallarini bilishni taqozo etadi.
Mazkur muammoning dolzarbligini ikki asosiy nuqta bilan izohlash mumkin.
Birinchidan, huquqiy faoliyat kishining erkinligi va majburiyati o’rtasidagimutonosiblikning mezonidir. Mabodo, shaxsning erkinligi o’z chegarasini tark etsa, u holda uning o’zgalar erkinligiga zomin bo’lish hodisasi kuzatilishi mumkin va aksincha, agar shaxsning majburiyatlari(shaxs, jamoa, jamiyat, ishxona va hokozolar) o’z xududini yo’qotsa, bunday hollarda uning erkinligi cheklanishi mumkin( inson faoliyatini haddan ziyoda rejalashtirish - ma’muriy - buyruqbozlik tizimidagi illatlar buning misoli bo’ladi).
Ikkinchidan , huquq-tartibot idoralari faoliyatida ham jinoyat va jazoni belgilashda inson taqdiri, uning qadriasosiy o’rinni egallashi lozim. Fuqaroning gunohsiz, aybsiz huquqiy ma’suliyatga tortilishi uning insoniy qadrini oyoq osti qiladi, haqoratlaydi. Shu bois huquqni, qonunni muhofaza qilish idoralarining xodimlari har bir fuqaroning taqdirini yuksak adolat mezonlariga muvofiq keladigan qonunchilik bilan baholashlari biz qurayotgan davlatning asosiy tamal toshidir.
Bundan tashqari, huquq ijodkorligi, huquqni qo’llash va ijro etish faoliyatlari huquq-tartibot sohasi xodimlaridan barcha nazariy va amaliy huquqiy normalarni har tomonlama mantiqiy asoslashni va hayotga tadbiq etishni taqozo qiladi.
Hozirgi kunda mantiqiy tafakkurning ichki ishlar idoralari xodimlarining amaliy va nazariy faoliyatidagi ahamiyati dolzarb bo’lib turibdi. Mamlakatimizda keng avj olgan islomiy qadriyatlarga murojaat qilish, o’tmish fikxchi olimlarning asarlarini ijodiy o’rganish, binobarin, ulardan huquqiy davlat tamoyillarini ishlab chiqishda foydalanish ayni muddaodir. Bu o’rinda oliy malakali huquqshunoslarning bugungi kungacha urf bo’lgan g’arb qonunchiligi tarixini chuqur o’rganishlarini ajdodlarimiz ma’naviy-huquqiy meroslarini tahlil va tadqiq etish bilan to’ldirish lozim. Bu o’rinda musulmonchilikning muqaddas kitobi Qur’onni, hadislarni, shariatni, fikxni talqin etish, ularni sharq mamlakatlari turmush tarzi bilan bog’liq jihatlarini amaliyotimizda qo’llash ham g’oyat yuksak darajadagi ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bizning milliy manaviy-huquqiy qadriyatlarimizning ildizi islomiy qadriyatlarga borib tutashadi. O’lkamizda chop etilayotgan fikxga oid adabiyotlarda(“Islom shariati asoslari”, T.,1992yil, Burhoniddin Marg’inoniy “Hidoya” T., 1994 yil va boshqa ) yaqin o’tmishgacha urf bo’lgan qozilik, raislik, diniy mahkamalarning dunyoviy idoralar bilan munosabatlari, oila va nikoh, zakot va boshqalar o’ta sinchkovlik bilan o’rganishini o’rtaga qo’ymoqda.
Mazkur muammolar mantiqiy, madaniyatning ko’lamligini taqozo etib, huquq-tartibot xodimlaridan har bir huquqiy hodisaga atroflicha, hayot haqiqatlaridan kelib chiqib, adolat bilan yondoshuvni talab qiladi.

Download 164.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling