Mehnat muxofazasi


Download 345.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi345.5 Kb.
#1627083
Bog'liq
7-INSON ORGANIZMIGA ISSIQLIK ENERGIYaSI TA’SIRI.

  • O’zbekiston Respublikasi
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
  • Farg’ona Davlat universiteti
  • Filologiya fakulteti talabalari uchun
  • MEHNAT MUXOFAZASI
  • fanidan animatsion slayd
  • Tayyorladi: Fizika kafedrasi o’q. Qobiljon Esanov
  • 1-MAVZU: MEXNAT MUXOFAZASI FANINING MAQSADI VA TALABLARI. MEXNAT MUXOFAZA QILISHINING XUQUQIY ASOSLARI VA NIZOMLARI.
  • Reja:
  • 1. Mexnat muxofazasi fanining maqsad va vazifalari.
  • 2. Mexnat muxofazasi ishlarini tashkil etish.
  • 3. Mexnat kodeksida mexnat muxofazasi haqida.
  • Jamiyatni asosiy rivojlantiruvchi va ishlab chiqarish tizimini boshqaruvchi kuch inson ekanligini e’tiborga olib, uning ishlab chiqarish faoliyatini va sog’lig’ini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo’lidagi muhim omil bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham sanoat korxonalarining muhim talabi, faqat sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’lib qolmasdan, balki ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo’lgan manbalarni yo’qotish, ish inson faoliyati uchun charchash, toliqish va kasalliklar manbai bo’lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo’lishini ta’minlashga harakat qilish zarur. Sanoat korxonalarida normal sanitariya-gigiena sharoitlarini yaratish, og’ir qo’l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va aqliy mehnat rolini oshirish, sanoatda jarohatlanish va kasb kasalliklarini butunlay tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirishga erishiladi.
  • Inson mehnatini muhofaza qilishni yaxshilash -davlatimiz amalga oshirayotgan asosiy va muhim ijtimoiy vazifalardan biridir.
  • Mexnat muxofazasi - ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o’z ichiga qamrab olgan, insonning ish jarayonidagi mexnat qobilyatini, sog’ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yo’naltirilgan qonunlar majmuasidir.
  • Fan asosan to’rt qismdan iborat:
  • 1. Mexnatni muxofaza qilish qonuniyatlari.
  • 2. Sanoat korxonalarida mexnat gigienasi va ishlab chiqarish sanitariyasi.
  • 3. Xavfsizlik texnikasi.
  • 4. Yong’inga qarshi kurash asoslari.
  • Bu fanning metodologik asosi - mexnat sharoitini texnologik jarayoni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo’ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy ta’lil qilishdir.
  • Talablari: (har bir xodim bilishi va uddalashi kerak).
  • -Ishlab chiqarish jarayonlarini xaflilik darajasini baxolay olish.
  • -Zarur o’lchash ishlarini bajara olish.
  • -Xavfsizlikni ta’minlashda mustaqil qaror qabul qila olish.
  • -Mexnat muxofazasi bo’yicha yo’riqnomalar ishlay olish.
  • -Baxtsiz xodisalar sababini aniqlash, o’rganish.
  • -Jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsata olish.
  • Mexnatni muxofaza qilish fanining vazifasi bo’lajak har bir muxandisga mexnat muxofazasi qonuniyatlari, ishlab chiqarish xavfsizligi masalalarini yechish usullarini o’rgatish, ularni sanoatda shikastlanish va kasb kasalliklariga qarshi kurashish, kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida bo’ladigan yong’in va portlash xodisalarini oldini olish choralari bilan tanishtirishdan iborat.
  • Mexnat sharoitini yaxshilashga olib keladigan tadbirlar:
  • Baxtsiz xodisalarning oldini olish chora-tadbirlari: Bularga: zaharli va yengil alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonini mexanizatsiyalashtirish, ximoya moslamalari, to’siqlar, avtomatik ximoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish moslamalari, va boshqalar kiradi.
  • Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlari: Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’sirida ximoyalovchi moslama, jixozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish, moslamalarini o’rnatish hamda ishlab turgan moslamalarni o’z vaqtida ta’mirlab turish, xavo tarkibini tekshirish hamda nazorat o’rnatish uchun asbob uskunalar olish, o’rnatish va boshqalar kiradi.
  • Mexnat sharoitini umumiy yaxshilash chora- tadbirlari.
  • Bunga mexnatni muxofaza qilish masalalarini yorituvchi ko’rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ishjoylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar maxsus yechinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalari tashkil etish kiradi.
  • Ishlab chiqarishda yangi texnologiya jarayonlarini tadbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham umumiy mexnat sharoitini yaxshilash chora-tadbirlariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, ra’barlari, tarmoq, vazirliklari xamkorligida mexnatni muxofaza qilish, mexnat sharoitlarini yaxshilash va sanitariya gigiena chora- tadbirlarini ishlab chiqib tarmoq markaziy kasaba qo’mitalari bilan kelishgan xolda tasdiqlanadi.
  • Mexnatni muxofaza qilish.
  • Mehnatni muxofaza qilish qonuniyatlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksi asosida olib boriladi. Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada aks ettirilgan. Mehnatkashlarni xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlashni davlat o’zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi, buning uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni qonun asosida amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrida 12-chaqiriq II sessiyasida tasdiqlangan Konstitutsiyaning 18-20, 27, 29, 36-42-moddalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bayon etilgan. Konstitutsiya barcha fuqarolarni mehnat qilish huquqini ta’minlaydi, ya’ni mehnatkashlar ma’lum miqdorda haq olish hisobiga ish bilan ta’minlanadilar.
  • Bu huquq haftasiga 41 soatdan oshmagan ish soati belgilash asosida va yiliga bir marta haq to’lanadigan (dam olish) ta’til berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiya bepul davolanish, qariganda yoki mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki batamom yo’qotganda ijtimoiy ta’minlanish huquqlarini ham beradi. O’zbekiston Respublikasi mehnat qilish qonuniyatlari mehnatkashlarga yaratib berayotgan sharoitlar va huquqlar hamda ularni nazorat qilish jihatidan dunyoda eng ilg’or hisoblanadi. Mehnatni muhofaza qilish qonunlarini yaratish va amalga oshirishda kasaba uyushmalari faol qatnashadi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunlari kodeksida sog’liqni saqlash, xavfsiz va sog’lom sharoit yaratish, xalq uchun madaniy va maishiy farovonlikni ta’minlashga oid ko’pgina masalalar ko’rib chiqilgan.
  • 211-modda. Mexnatni muxofaza qilish tadbirlari.
  • Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mexnat sharoitlari yaratilgan bo’lishi kerak. Bunday sharitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
  • Ish beruvchi mexnatni muxofaza qilish talablarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
  • 212-modda. Xodimning mexnat muxofaza qilish normalari, hamda qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati.
  • Xodim mexnatni muxofaza qilish normalariga, qoida va yo’riqlariga, shuningdek ma’muriyatning ishni bexatar olib berish haqidagi farmonlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanishi insonlar xayoti va sog’ligiga bevosita xavf soluvchi har qanday xolat haqida raxbariyatga darxol xabar berishi shart.
  • 213-modda. Xodimning mexnatni muxofaza qilish haqida ma’lumot olish xuquqi.
  • Ish beruvchi mexnat shartnomasi to’zishda va boshqa ishga o’tkazishga xodimni mexnat sharoitlari to’g’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish extimolli, shu bilan bog’liq xolda unga beriladigan imtiyozlar, shuningdek shaxsiy ximoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
  • 215-modda. Mexnatni muxofaza qilish yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish.
  • Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong’in chiqishidan saqlashini va mexnatni muxofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo’l-yo’riqlar berish hamda xodimlarning mexnatini muxofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
  • Nazorat savollari
  • 1. Mehnat muxofazasi fanining maqsad va vazifalari.
  • 2. Mehnat muxofazasi ishlarini tashkil etish.
  • 3. Mehnat kodeksida mexnat muxofazasi haqida.
  • Qayta tiklanadigan energiya manbaining ekologik sofligini quyidagi misolda ko’rsatish mumkin.
  • “O’zbekiston Respublikasidagi 2011–2015 yillarda sanoat taraqqiyotida ustunlikka erishish to’g’risida” gi qarorini bajarish, sohada ko’rilayotgan kompleks choralar,

Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko’p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim soxasida ham yangi texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.


Download 345.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling