Mehnat shartnomasi tushunchasi


Download 30.56 Kb.
bet1/4
Sana10.10.2023
Hajmi30.56 Kb.
#1696912
  1   2   3   4
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi


Mehnat shartnomasi tushunchasi
va fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o`rni.
REJA;

  1. Mehnat shartnomasi tushunchasi va ahamiyati.

  2. Mehnat shartnomasining fuqarolik huquqiy shartnomalardan farq qiluvchi jihatlari.

  3. Mehnat shartnomasi va uning tomonlari.

  4. Mehnat shartnomasining shakli, mazmuni va amal qilish muddatlari.



Mehnat shartnomasi - xodim bilan ish beruvchi oʻrtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim boʻyicha ishni ichki mehnat tartibiga boʻysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuv. U mehnatga oid munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishni taʼminlashda muhim oʻrin egallaydi. Oʻzbekiston Respublikasi MKda Mehnat shartnomasiningtaraflari koʻrsatilgan. Mehnat shartnomasining bir tarafi —yaʼni xodim sifatida ish beruvchi bilan Mehnat shartnomasituzgan OʻzR fuqarosi, chet el fuqarolari va fuqaroligi yoʻq shaxslar boʻlishi mumkin. Mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi — ish beruvchi quyidagilar boʻlishi mumkin: korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida; mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtida rahbar boʻlgan xususiy korxonalar; 18 yoshga toʻlgan fuqarolar faqat shaxsiy maishiy ehtiyojlari uchun boshqa shaxslarning mehnatidan foydalanishi (mas, uy xizmatchisi, enaga, shofer, mashinkachi bilan Mehnat shartnomasi tuzish) mumkin. Mehnat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlarini belgilovchi shartlari Mehnat shartnomasining mazmuni hisoblanadi. Mehnat shartnomasining ayrim shartlari bevosita qonun hujjatlarida nazarda tutiladi (mas, mehnat taʼtilining eng kam muddati, barcha xodimlar uchun eng koʻp ish vaqti; institutizomiy jazo turlari va ularning qoʻllanish tartibi va boshqalar).
Ishlab chikiladigan Mehnat shartnomasi shartlari zarur va qoʻshimcha shartlarga boʻlinadi. Zarur shartlar (mas, ish joyi, mehnat vazifasi, mehnat haqi miqdori va boshqalar) taraflarsiz tuzilishi mumkin boʻlmagan shartlardir. Majburiy boʻlmasa ham, taraflarning xohishiga koʻra, kiritilishi mumkin boʻlgan shartlar qoʻshimcha shartlar hisoblanadi [mas, ishga qabul qilishda sinov belgilash, kasb(lavozim)larni qoʻshib olib borish toʻgrisida, toʻliqsiz ish vaqtini belgilash va boshqa]. Mehnat shartnomasini tuzish paytida xodimlarga qonun va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan mehnat huquklari va kafolatlari darajasi pasaytirilishi mumkin emas. Xodim tomonidan mexnat vazifasining bajarilishi, yaʼni muayyan mutaxassislik, malaka yoki lavozim boʻyicha ishni bajarish; xodimning ichki mehnat tartibi qoidalariga boʻysunishi; uning mehnat qilayotgan korxona mehnat jamoasiga qoʻshilishi Mehnat shartnomasining asosiy belgilari hisoblanadi. Mehnat shartnomasi yozma shak-lda, bir xil kuchga ega boʻlgan kamida 2 nusxada tuziladi.110-modda. Mehnat shartnomasining muddati Mehnat shartnomasi: nomuayyan muddatga; uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan muddatga (muddatli mehnat shartnomasi) tuzilishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati shartlashilmagan bo‘lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan deb hisoblanadi. Agar Mehnat shartnomasida uning amal qilish muddati koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday hodda Mehnat shartnomasi nomuayyan mudsatga tuzilgan deb hisoblanadi. Nomuayyan muddatga tuzilgan Mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga moʻljallab qayta tuzilishi mumkin emas. Muddatli Mehnat shartnomasi bajarilajak ishning xususiyatlari, uni bajarish shartlari xodimning manfaatlarini hisobga olib, nomuayyan muddatga moʻljallangan Mehnat shartnomasini tuzish mumkin boʻlmagan takdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda tuziladi. Mehnat shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Xodim oʻziga yuklatilgan mehnat vazifalari bilan tanishtirilishi lozim. Mehnat shartnomasi taraflar kelishuviga asosan dastlabki sinov belgilash sharti bilan tuzilishi mumkin. Ayrim toifa xodimlar, jumladan, homilador ayollar, 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan kvota hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga kabul qilinganda, shuningdek, 6 oygacha muddatga Mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Dastlabki sinov muddati 3 oydan oshib ketishi mumkin emas. Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf 2- tarafni 3 kun oldin yozma ravishda ogohlantirib, Mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi-xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozimi bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan holda, taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo’lib hisoblanadilar. Yozma shakldagi mehnat shartnomasi doimiy ishlovchilar bilan ham, muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga ishga qabul qilinuvchilar bilan ham, o’rindoshlik tarzida ishga kirishda ham tuziladi. Taraflarning kelishuviga ko’ra, ishlab chiqiladigan mehnat shartnomasi shartlari zarur (asosiy) va qo’shimcha (ixtiyoriy) shartlarga bo’linadi. Ularsiz shartnoma tuzilishi mumkin bo’lmagan shartlar zarur (asosiy) shartlar hisoblanadi. Garchi shartnoma uchun majburiy bo’lmasa ham, taraflarning xohishiga ko’ra qayd etilishi mumkin bo’lgan shartlar qo’shimcha shartlar hisoblanadi.
O’z navbatida, mehnat shartnomasining zarur (asosiy) shartlarini quyidagilarga ajratish mumkin:-umumiy shartlar, ushbu shartlar xodim nomuayyan muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi bo’yicha ishga kirishidan, asosiy ishga yoki o’rindoshlik asosida ishga kirishidan, shartnomada shartlashilgan ishni korxonada yoki o’z uyida bajarishidan va hokazolardan qat’i nazar istalgan mehnat shartnomasida, albatta qayd etilgan bo’lishi lozim. Ish joyi, mehnat funktsiyasi, ish boshlanadigan kun, mehnatga haq to’lash miqdori to’g’risidagi shartlar istalgan mehnat shartnomasini tuzish chog’ida ular haqida kelishilishi zarur bo’lgan umumiy zarur shartlarga kiradi;-alohida shartlar xodimlar bilan mehnat shartnomalarining ayrim turlarini tuzishdagi umumiy shartlardan tashqarii imajburiy tartibda qayd etilgan bo’lishi lozim;-boshqa zarur shartlar, ushbu shartlar, agar ular korxonaning lokal hujjatlarida qayd etilmagan bo’lsa, mehnat shartnomasiga kiritiladi. Korxonada tegishli lokal hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda, mehnat shartnomasiga ish haftasining tur va ish vaqti tartibi to’g’risidagi shartlarni kiritish zarur.
Mehnat shartnomasiga har xil qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ular majburiy hisoblanmaydi, biroq mehnat munosabatlarini tartibga solishda ularning ahamiyati kattadir. Ishga qabul qilish paytida sinovini belgilash to’g’risida, kasblar (lavozimlar)ni qo’shib olib borish to’g’risida, malakani muntazam oshirib borish to’g’risida, ish vaqti tartibi va dam olish tartibi haqida, har yillik asosiy yoki ish beruvchining mablag’lari hisobidan qo’shimcha ta’tilning davomiyligini ko’paytirish to’g’risida, ushbu xodim uchun qo’shimcha imtiyozlar to’g’risidagi shartlarni qo’shimcha shartlar jumlasiga kiritish mumkin.
MKning 75-moddaiga muvofiq, mehnat shartnomalari:-nomuayyan muddatga; -besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;-muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.
Mehnat shartnomasida shartnoma bo’yicha ishning tamom bo’lish payti qayd etilmagan bo’lsa mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Ushbu holda; xodim doimiy ishga qabul qilingan, deb hisoblanadi va u bilan mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi muddati tamom bo’lishi munosabati bilan to’xtatilishi mumkin emas. Besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga tuziladigan, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuziladigan mehnat shartnomalari muddatli shartnomalar hisoblanadi. Masalan, yodgorlik tamirlanishi munosabati bilan ishchilar, muhandislar, rassomlar va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish zaruriyati paydo bo’ladi, biroq tamirlash ishlari tamomlanganidan keyin ushbu ishlovchilarga bo’lgan ehtiyoj barham topadi. Bunday holda, ushbu xodimlar bilan mazkur yodgorlikni tamirlash davriga mudatli mehnat shartnomasi tuzulishi kerak. Xodim qonun hujatlariga binoan, ish joyi saqlanib qoladigan xodimning o’rniga (kasallik, malaka oshirishda bo’lish, harbiy yig’inlarga chaqirilishi va hokazolar) ishga qabul qilinayotgan hollarda ham muddatli mehnat shartnomasi tuzishga zaruriyat paydo bo’ladi. Shunga, etibor qaratish zarurki, shartnomada u mudatli tusga, ega, ekanligi nazarda tutilgan bo’lsa, biroq ishning tamom bo’lish payti shartnoma bo’yicha aniqlanmagan bo’lsa, xodim shartnoma bo’yicha ishning birinchi kunidan boshlab nomuayyan muddatga ishga qabul qilingan, hisoblanishi zarur. Nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab qayta tuzilishi mumkin emas.

Download 30.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling