Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2



Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari. 
 
Reja: 
1.Kirish 
2.Mehnat shartnomasi tushunchasi , uning taraflari , amal qilish tartibi. 
3.Mehnat shartnomasi tuzish
4.Mehnat shartnomasi o’zgartirish va bekor qilinishi. 
5.Xulosa. 
6.Foydalanilgan adabiyotlar. 


Kirish.
 Mehnat shartnomasi» mehnat to’g’risidagi qonunlarga an’anaviy 
ravishda qo’llaniladi. Biroq, 90-yillar boshlarida «kontrakt» tushunchasi keng 
yoyildi. Dastlabki paytlarda xodimlarni ishga yollashning kontrakt tizimini go’yoki 
mehnat shartnomasiga zid qilib qo’yildi. Kontraktlar, faqat yozma shaklda tuzilishi 
ularning fazilati edi. O’sha paytda amal qilgan qonun hujjatlariga ko’ra, mehnat 
shartnomasi ham og’zaki, ham yozma shaklda tuzilishi mumkin edi. Amalda esa 
ilgari mehnat shartnomalarining ko’pchiligi og’zaki shaklda tuzilardi. Xodim ishga 
qabul qilish haqidagi iltimos bilan ariza yozardi, zarur hujjatlarni taqdim etardi
tegishli mansabdor shaxs esa buyruq chiqarardi. Ma’muriy buyruqbozchilik tizimi 
sharoitida mehnat shartlarini batafsil kelishib olishning ma’nosi yo’q edi, chunki 
ularning ko’pchiligi bevosita qonunchilikda belgilangan edi.
Kontraktni yozma shaklida tuzish mehnat munosabatlarini
individuallashtirish, tomonlarning manfaatlarini to’laroq hisobga olish, ularning 
manfaatlarini himoya qilishni amalda ta’minlash imkonini beradi. Kontrakt 
tizimining kamchiligi esa shundan iborat ediki, u u muddatli mehnat 
shartnomasining bir turi sifatida qaralar edi. Muayyan muddatga ishga qabul 
qilingan kishi, o’z mehnat majburiyatlarini qanday bajarishdan qat’i nazar, ushbu 
muddat tamom bo’lgandan keyin, u bilan mehnat munosabatlari to’xtatilishini 
tushunadi va vaqtinchalik ruhiyati, mehnatga o’tkinchi, tasodifiy bir narsa, deb 
qarash kayfiyati shakllanadi. Aynan shu sababli, bunday xodim ko’pincha 
shartnoma muddati tamom bo’lishidan ancha ilgari o’ziga boshqa ish izlaydi, 
hamda ketish kayfiyati ta’sirida xafsalasizlik bilan mehnat qiladi. Bularning 
barchasi O’zbekistonning mehnat to’g’risidagi qonunlarida hisobga olinib
«mehnat shartnomasi» va «kontrakt» atamalari o’rtasiga tenglik belgisini qo’ydi. 
Bu barcha mehnat shartnomalari (kontraktlar), faqat yozma shaklda tuzilishini 
anglatadi. U nomuayyan muddatga haqi tuzilishi mumkin.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 72-moddasiga 
muvofiq, mehnat shartnomasi-xodim bilan ish beruvchi o’rtasida muayyan 
mutaxassislik, malaka, lavozimi bo’yicha ishni ichki mehnat tartibiga bo’ysungan 
holda, taraflar kelishuvi, shuningdek, mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa 
normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga bajarish haqidagi 
kelishuvdir.
Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari bo’lib hisoblanadilar. 
Yozma shakldagi mehnat shartnomasi doimiy ishlovchilar bilan ham, muayyan 
muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqtiga ishga qabul qilinuvchilar bilan ham, 
o’rindoshlik tarzida ishga kirishda ham tuziladi. Taraflarning kelishuviga ko’ra, 
ishlab chiqiladigan mehnat shartnomasi shartlari zarur (asosiy) va qo’shimcha 
(ixtiyoriy) shartlarga bo’linadi. Ularsiz shartnoma tuzilishi mumkin bo’lmagan 
shartlar zarur (asosiy) shartlar hisoblanadi. Garchi shartnoma uchun majburiy 


bo’lmasa ham, taraflarning xohishiga ko’ra qayd etilishi mumkin bo’lgan shartlar 

Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling