Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

o’tkazilganda u qancha muddatga amalga oshirilayotganligi 
ko’rsatilmaydi. Boshqa ishga vaqtincha o’tkazish hollarida bunday o’tkazishning 
aniq muddati ko’rsatib o’tilishi shart. Ushbu muddat tamom bo’lganidan keyin 
xodimga avvalgi ishi, ya’ni u boshqa ishga o’tkazilishidan oldin bajarib kelgan va 
qilgan ish berilishi kerak. Umumiy qoidaga ko’ra, vaqtincha boshqa ishga 
o’tkazish va uning aniq muddati ham xodim bilan kelishib hal qilinadi. Biroq, bu 
qoidadan ikkita mustasno bor. Ishlab chiqarish zarurati va bo’sh turib qolish 
hollarida xodim ish beruvchining tashabbusi bilan MK 95-moddasida 
belgilanadigan tartibda xodimning roziligisiz boshqa ishga vaqtincha o’tkazilishi 
mumkin. Ishlab chiqarish zaruriyati munosabati Bilan xodimning roziligisiz 
boshqa ishga o’tkazishning eng ko’p muddati kalendar yil davomida ikki oydan 
oshmasligi kerak. Agar xodim bir oydan ortiq bo’lmagan muddatga kam haq 
to’lanadigan ishga o’tkazilayotgan bo’lsa, uning avvalgi ishdagi o’rtacha oylik ish 
haqi saqlanib qolishi kerak. Boshqa ishga o’tkazish bir oydan ortiq bo’lgan 
hollarda xodimning avvalgi ishidagi ish haqining bir yarim baravari miqdoridagi 
haq to’lanishi kafolatlanadi.
Ish joyini o’zgartirish. Ish joyi ishlab chiqarish maydonining tegishli 
asboblar, uskunalar, moslamalar va shu kabilar bilan jihozlangan, xodim o’zining 
mehnat vazifasini bajaradigan aniq uchastkasidir. Yangi MehnatKodeksi birinchi 
marta ish joyini o’zgartirish xodimning roziligi bilan ham, roziligisiz ham amalga 
oshirilishi mumkinligini, hamma narsa taraflar mehnat shartnomasini tuzish 
paytida nimalarni kelishib olganligiga bog’liqligini nazarda tutadi. Mehnat 
shartnomasida aniq ishlash joyi belgilab qo’yilgan bo’lmasa, ish joyini 
o’zgartirishi uchun xodimning roziligi talab qilinmaydi. Boshqa ishga o’tkazish, 
ya’ni mutaxassislikni, malakani yoki lavozimni o’zgartirish esa xodimning roziligi 
bilan amalga oshiriladi, shu sababli nizomi vaziyatlar vujudga kelganida nima aniq 
o’zgarganligini: xodimning mehnat vazifasi yoki, faqat ishlash joyi o’zgarganligini 
aniqlab olish zarur.
 
Mehnat shartnomasining bekor qilinishi.
Yangi Mehnat Kodeksi mehnat shartnomasi bekor qilinishi asoslarining 
mehnat munosabatlarini to’xtatish tashabbusi kimdan chiqqanligiga bog’liq 
bo’lgan faqat bitta tasnifidan foydalanadi. MKning 97-moddasiga muvofiq, mehnat 
shartnomasi quyidagi sabablarga ko’ra, bekor qilinishi mumkin:
-taraflarning kelishuviga ko’ra;
-taraflardan birining tashabbusi bilan;
-muddatning tugashi bilan;


-taraflar ixtiyoriga bog’liq bo’lmagan holatlarga ko’ra; asosidagi
-mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko’ra.
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish. Mehnat 
shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish amaliyotda eng eng ko’p 
tarqalgan asos hisoblanadi. Buning sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin: o’quv 
yurtiga qabul qilinganligi; pensiyaga chiqqanligi, yashash joyini o’zgartirish, 
bajarayotgan ishdan qoniqmaslik va boshqalar. Mehnat shartnomasi xodimning 
tashabbusi bilan uning yozma arizasi asosidagina bekor qilinishi mumkin. 
Xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish xohish haqidagi boshqa hech 
qanday dalillar inobatga olinmaydi.
MKning 99-moddasiga muvofiq, xodim mehnat shartnomasini bekor qilish 
xohish to’g’risida ish beruvchini ogohlantirishi kerak. Mehnat qonunchiligi o’z 
xohishiga ko’ra, mehnat shartnomasini bekor qilishga qaror qilgan xodimdan faqat 
ishdan bo’shashdan ikki hafta oldin ish beruvchini bundan xabardor qilish 
majburiyatini nazarda tutadi.
Agar ikki haftalik ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim Bilan 
mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan 
bo’lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi 
ariza o’z kuchini yo’qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga 
muvofiqbekor qilishga esa yo’l qo’yilmaydi. Xodim mehnat shartnomasini bekor 
qilish xohishini qo’shimcha ariza berib tasdiqlashi lozim. Agar ogohlantirish 
muddatining tamom bo’lishi xodim ta’tilda bo’lgan kunga yoki vaqtincha 
mehnatga layoqatsiz bo’lgan kunga to’g’ri kelsa, bu sabablar mehnat 
shartnomasini bekor qilishning ogohlantirish muddatini uzaytirishga sabab 
bo’lmaydi. MKning 99-moddasiga binoan, xodim o’z istagiga ko’ra, mehnat 
shartnomasini bekor qilishning ogohlantiruvchi muddati mobaynida o’ylab ko’rishi 
va berilgan arizani qaytarib olishi mumkin.

Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling