Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

Haqi to’lanadigan jamoat ishlariga qabul qilish. Haqi to’lanadigan jamoat 
ishlari deganda davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan maxsus kasb-kor 
tayyorgarligini talab etmaydigan, hamma bajaradigan belgilangan tartibda ishsiz 
deb tan olingan shaxslarning vaqtinchalik ixtiyoriy mehnat faoliyati turlari 
tushuniladi. Jamoat ishlarining quyidagi turlari tashkil etilishini tavsiya etadi: 
shahar (tuman) hududini obodonlashtirish: turar-joy, kasalxona, maktablar, 
maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, qariyalar uylari va nogironlar uylari, 
hamda boshqa ijtimoiy muassasa ob’yektlarida tuzatish va ish bajarishda qurilish 
tashkilotlariga yordam yordam ko’rsatish, bahorgi dala ishlari, pichan o’rish, 
hosilni yig’ishtirish davrida qishloqqa yordam berish, sabzavot bazalarida ishlash, 
yovvoyi meva, qo’ziqorin va o’tlarni terish, yuklash-ortish ishlari, keksa va 
nogiron kishilarni parvarish qili shva boshqalar. Avariyalar, tabiiy ofatlar va 


shunga o’xshash boshqa voqyealaroqibatlarini tugatish zaruriyati bilan bog’liq 
faoliyat turlarini jamoat ishlariga tegishli, deb hisoblashga yo’l qo’yilmaydi. 
Jamoat ishlari, odatda, maxsus kasb-kor tayyorgarligini talab etmasligi sababli, 
ishga kiruvchidan ma’lumotini, kasbini, mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjatlarni 
talab etishga zarurat ham bo’lmaydi. Shu bilan birga, biron-bir jamoat ishini 
bajarishga maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan shaxslar qo’yilishi mumkin bo’lsa, 
ishga kiruvchi tegishli hujjat taqdim etishi shart. Ish beruvchi jamoat ishiga 
kiruvchi bilan ikki oygacha davom etadigan muddatli mehnat shartnomasini yozma 
ravishda tuzadi. Jamoat ishlarini bajaruvchi shaxslarga qonun hujjatlariga 
belgilanganiga nisbatan qo’shimcha imtiyozlar va kafolatlar berish jamoa 
shartnomasida nazarda tutilishi mumkin. Jamoat ishlariga kiruvchi shaxslar uchun 
dastlabki sinov belgilanmaydi. Ishsiz shaxs jamoat ishlarida bo’lgan vaqt uchun 
ishsizlik nafaqasi to’lash to’xtatiladi. Bu ishlarni bajarish muddati mehnat stajiga 
qo’shiladi. Jamoat ishlarini bajarish to’g’risidagi shartnoma muddati tamom 
bo’lgandan keyin, taraflarning kelishuviga ko’ra, u yangi muddatga uzaytirilishi 
yoki nomuayyan muddatga qayta tuzilishi mumkin.
Korxonalar uchun belgilangan kvota hisobiga ishga qabul qilish. Ishga 
joylashishda alohida qiyinchilikka duch keladigan shaxslarni ijtimoiy 
muhofazaqilishni ta’minlash maqsadida, ish joylarini kvotalash nazarda tutilgan. 
Ish izlashda qiyinchilikka duch keladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda 
raqobatlashishga qodir bo’lmagan shaxslarga quyidagilar kiradi:-o’n to’rt 
yoshgacha bo’lgan bolalari va nogiron bolalari bo’lgan ko’p bolali va yolg’iz ota-
onalar:-umumiy ta’lim maktablarini va boshqa o’quv yurtlarini tamomlagan 
yoshlar;-Qurolli kuchlar, IIB qo’shinlari, Milliy xavfsizlik xizmati qo’shinlari 
saflaridan zahiraga bo’shatilganlar;-nogironlar;-pensiyaga chiqish oldida turgan 
shaxslar;-qamoq joylaridan bo’shatilgan yoki sudning qarori bilan majburiy 
davolantirilgan shaxslar. Mazkur shaxslarni ish bilan ta’minlash uchun joylardagi 
ijroya hokimiyat organlari mulkchilik va xo’jalik shakllaridan qat’i nazar, 
korxonalarga maxsus ish o’rinlari sonini (kvota) belgilaydilar. Belgilangan kvota 
umumiy ishlovchilar soniga nisbatan foiz hisobida barcha korxonalarga joriy 
etiladi, xodimlarning ro’yxatdagi soni yuz kishidan oshmaydigan korxonalar 
bundan mustasnodir. Bunda ishni to’liq bo’lmagan ish kuni (haftasi) va 
kasanachilik sharoitlarida tashkil etish umumiy kvota hisobiga kiritilishiga yo’l 
qo’yiladi. Korxona uchun belgilangan kvota ish o’rinlariga yuborilgan shaxslarga 
korxonada bunday ish yo’qligi sababli ishga qabul qilishni rad etish mumkin emas. 
Ishga kiruvchi ishga kirish paytida qonunda talab etiladigan hujjatlarni taqdim 
etishi va umumiy qoidada nazarda tutilgan hollarda dastlabki tibbiy ko’rikdan 
o’tishi darkor.

Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling