Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

Boshqa ishga o’tkazishBoshqa ishga o’tkazish deganda xodimning 
mehnat vazifasini o’zgartirishgina, ya’ni unga boshqa mutaxassislik, malaka 
bo’yicha ish yoki lavozim topshirish tushunniladi. Shuni ham ko’rsatib o’tish 
kerakki, faqat bitta korxona doirasida boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yiladi. 
Shunday qilib, boshqa ishga o’tkazish deganda yangi Mehnat Kodeksi xodimning 
mehnat vazifasi, ya’ni uning mutaxassisligi, malakasi yoki lavozimi bitta korxona 
doirasida o’zgarishigina tushuniladi. Boshqa ishga o’tkazishning qonuniyligini 
baholash paytida xodim bu ish bilan oldindan tanishtirilganligini, o’zi nimaga 
rozilik berayotganligini bilganligini aniqlash zarur. Xodimning o’z roziligi bilan 
o’tkazilgan ishdan bosh tortishini uning mehnat majburiyatlarini buzishi, deb 
qaralmog’i kerak. Boshqa ishga o’tkazishni rad etish xodimning o’z huquqi bo’lib, 
xodim uchun majburiy bo’lgan boshqa ishga vaqtincha o’tkazish (ishlab chiqarish 
zaruriyati va ishdan bekor turib qolinishi munosabati bilan) bundan mustasnodir. 
Bunday rad etish xodimning mehnat majburiyatlarini buzishi, deb hisoblanishi 
mumkin emas. Shuni nazarda tutish kerakki, boshqa ishga o’tkazish, faqat 
xodimning mutaxassisligini o’zgartirishdangina iborat emas. Unga mehnat 
shartnomasida belgilab qo’yilganidan boshqacha malakani talab qiladigan ishni 
topshirish ham boshqa ishga o’tkazish hisoblanadi va bunga faqat xodimning 
roziligi bilan yo’l qo’yiladi. Xodimning zimmasiga mehnat shartnomasida aytib 
o’tilgan vazifalardan tashqari qo’shimcha xizmat vazifalarini (masalan, kasblar 
(lavozimlarini) qo’shib olib borish tartibida xizmat ko’rsatish sohasini, 
bajariladigan ishlar hajmini oshirish va h k) yuklashni ham mehnat vazifalarining 
o’zgarishi, deb hisoblash kerak. Bunday o’zgarishlarga xodimning roziligi bilan 
yo’l qo’yiladi. Boshqa ishga o’tkazish chog’ida o’zaro yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo’lgan shaxslarning bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari 
taqiqlanadiganligi to’g’risida talablariga ham rioya etilishi shart. Sud hukmi bilan 
xodimga nisbatan muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat bilan 
shug’ullanish huquqidan bir yildan besh yilgacha muddatga mahrum qilish 
tarzidagi jismoniy jazo chorasi qo’llanilishi mumkin. Shuni ko’rsatib o’tish 
zarurki, Ushbu jazo qo’llanilganida xodim, umuman, u yoki bu korxonada ishlash 
huquqidan emas, balki muayyan lavozimlarni egallash va muayyan ish turlarini 
bajarish huquqidan mahrum etiladi. Ishga qabul qilishdan farqli o’laroq, boshqa 
ishga o’tkazish chog’ida dastlabki sinov muddati belgilanmaydi, chunki bunday 
sinov MKning 84-moddasiga muvofiq, faqat mehnat shartnomasini tuzish 
chog’idagina belgilanadi. Chunonchi, boshqa ishga o’tkazish qancha muddatga 
amalga oshirilayotganligiga qarab, boshqa ishga o’tkazishlarning hammasini 


doimiy va vaqtincha o’tkazishga ajratish mumkin. Boshqa ishga doimiy 

Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling