Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

Xorijiy fuqarolarni ishga qabul qilish. Xorijiy xodimlarni ishga qabul 
qilishga ish beruvchida tegishli ruxsatnoma mavjud bo’lgan taqdirdagina yo’l 
qo’yiladi. Quyidagi ish beruvchilar xorijiy ishchi kuchlarini jalb etish uchun 


ruxsatnomaga ega bo’lishlari kerak:-o’zbeksitonlik yuridik shaxslar;-O’zbekiston 
Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy investitsiya ishtirokidagi 
korxonalar;-o’z shaxsiy xo’jaligida yollanma xodimlar mehnatidan foydalanuvchi 
ayrim o’zbekistonlik va O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi xorijiy 
jismoniy shaxslar. Yuqorida aytib o’tilgan ruxsatnomani berish _oraqolpog’iston 
Respublikasi Mehnat vazirligi mehnat aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy 
himoya qilish bo’yicha viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (hududiy 
davlat organlari) tomonidan amalga oshiriladi. Ruxsatnoma olish uchu nish 
beruvchi hududiy mehnat organlariga quyidagi hujjatlarni topshiradi:-ariza;-
kontrakt loyihasi yoki xorijiy fuqarolar yoxud chet el firmalari bilan tuzilgan 
mutaxassislarni jalb qilish maqsadi va shartlari to’g’risida oldindan 
ahdlashilganlikni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;-xorijiy mutaxassisga berilgan 
anketa va uning fotosurati;-ruxsatnomani rasmiylashtirish va berish haqi 
to’langanligi to’g’risida bank (kassa) hujjati va hududiy mehnat organlarining 
talabiga ko’ra, boshqa zarur hujjatlar;-«VICH-infektsiya» yo’qligi to’g’risida 
sertifikat. Ruxsatnoma bir xil muddatga beriladi. Ushbu muddatni uzaytirish 
ruxsatnoma olishdagi singari tartibda amalga oshiriladi.. Agar mehnat 
munosabatlarni quyidagilarga tegishli bo’lsa, ko’rsatib o’tilgan ruxsatnoma va 
xorijiy fuqarolarning mehnat faoliyati huquqini tasdiqlash talab etilmaydi:-
diplomatik va konsullik muassasalarning. O’zbekiston Respublikasi hududidagi 
diplomatik maqomdan foydalanuvchi tashkilotlarning xodimlariga;-hukumatlararo 
bitimlar asosida ishlovchi xodimlar xalqaro, muruvvat, xayriya tashkilotlarning 
rasmiy vakillariga;-3 oygacha muddatga keladigan, O’zbekiston Respublikasi 
hududida ishlayotgan yoki tashkil etilayotgan qo’shma korxonalar yoki 
firmalarning muassasalari yoki taychalari hisoblanadiganlar.
Ko’rsatilgan tartib quyidagi xorijiy fuqarolarga nisbatan ham qo’llanilmaydi: 
-davlatlararo bitimlarga muvofiq tashkil etilgan O’zbekiston hududidagi 
muassasalarda ishlovchi fan va madaniyat arboblariga;-ta’til vaqtida O’zbekiston 
oliy kasb ta’limi o’quv, muassasalari dasturlari doirasida ishlab chiqarish 
amaliyotini o’tayotgan talabalarga;-O’zbekiston Respublikasida akkreditatsiya 
qilingan muxbirlar va jurnalistlarga;-O’zbekiston akademiyalari va oliy kasb 
ta’limi o’quv muassasalarida ma’ruzalar kursini o’qi shva boshqa ishlar uchun jalb 
qilingan ma’ruzachilar va yo’riqchilarga;-O’zbekiston Respublikasining xorijiy 
mamlakatlar bilan tuzilgan davlatlararo bitimlarga binoan, ishga joylashtirishning 
boshqa xil tartibi belgilangan shaxslarga.
O’rindoshlik asosida ishga qabul qilishO’rindoshlik- xodim tomonidan 
asosiy ishdan bo’shvaqtlarda mehnat shartnomasi shartlariga ko’ra, o’zining asosiy 
ishidan boshqa muntazam haq to’lanadigan ishni bajarishdir. Xodimlarga 
o’rindoshlik asosida faqat bir korxonada-asosiy ish joyida yoki boshqa korxonada 
ishlashga ruxsat beriladi. Quyidagi mutaxasisliklar bo’yichabir necha korxonalarda 
o’rindoshlik asosida ishlashga ruxsat beriladi:-maktablar, o’rta-maxsus, hunar-


texnika va boshqa o’quv yurtlarining o’qituvchilari, muallimlari, tarbiyachilari, 
konvertmeysterlari, jo’rlik qiluvchi sozandalar, mehnatga haq to’lash bo’yicha 
ularga tenglashtirilgan xodimlar;-maktabgacha tarbiya, maktabdan tashqari va 
boshqa bolalar muassasalarining, sog’liqni saqlash va ishtimoiy taminot 
muassasalarining, madaniyat va sanat muassasalarining pedagog xodimlari;-
tibbiyot va farmatsevtika xodimlari;-veterinariya xodimlari;-to’garaklar 
(havaskorlik ijodiyoti jamoalari) ning ustozlari va rahbarlari, mazkur to’garaklar 
(jamoalar) ning jo’r bo’luvchi sozandalari va boshqa mutaxassislari.
O’rindoshlik asosida ishlaga oid cheklash o’n sakkiz yoshga to’lmagan 
shaxslar va homilador ayollarga ham tatbiq etilishi mumkin. Shuningdek, agar 
qonun hujjatlarida o’zgacha hol belgilanmagan bo’lsa, bir vaqtning o’zida ikkita 
rahbarlik lavozimini egallashga yo’l qo’yilmaydi. O’rindoshlik asosida boshqa 
korxonaga ishga kiruvchi xodim ish beruvchiga pasportini va asosiy ish joyidan 
ma’lumotnoma taqdim etishi shart. Ma’lumotnomada korxonaning aniq nom iva 
manzili, o’rindoshlik asosida ishga kiruvchining asosiy ish joyida bajaradigan ishi 
(lavozimi) ning nomi ko’rsatilishi lozim. Maxsus bilimlarni talab etuvchi ishga 
qabul qilishda ish beruvchi ishga kiruvchidan diplom yoki ma’lumoti va kasb –kor 
tayyorgarligi haqidagi boshqa hujjat taqDim etilishini talab qilishga haqlidir. 
O’rindoshlik asosida ishlashning umumiy muddati bir oyda xodimlarning tegishli 
toifalari uchun belgilangan i shvaqtining yarmidan oshmasligi kerak. Barcha 
xodimlarga, shu jumladan, o’rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga dam olish 
va ish qobiliyatini tiklash uchu nish joyi (lavozimi) va o’rtacha ish haqi saqlangan 
holda, yillik mehnat ta’tillari beriladi. Binobarin, agar o’rindoshlik asosida 
ishlovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga u har yilgi haq to’lanadigan ta’til 
huquqidan foydalanmasligi haqidagi shart kiritiladigan bo’lsa, u holda bunday 
shart haqiqiy emas, deb hisoblanishi kerak. O’rindoshlik asosida ishlovchi bilan 
mehnat shartnomasi asosiy xodimlarni ishga qabul qilishdagi singari dastlabki 
sinov sharti bilan tuzilishi mumkin.
Mehnat shartnomasini o’zgartirish.
«Mehnat shartnomasini o’zgartirish» atamasi umumlashtiruvchi tushuncha 
bo’lib, u:
-mehnat shartlarini o’zgartirishni;
-boshqa ishga o’tkazishni;
-ish joyini o’zgartirishni o’z ichiga oladi.
Mehnat shartlarini o’zgartirish. Mehnat shartlari deganda mehnatni amalga 
oshirishga asos bo’ladigan ijtimoiy va ishlab chiqarish omillarining jami 
tushuniladi. Ijtimoiy omillar jumlasiga mehnatga haq to’lash miqdori, ish 
vaqtining davomiyligi, ta’tillar va boshqa shartlar kiradi. Ishlab chiqarish 



Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling