Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor 
qilish. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish qat’iy 
belgilangan tartibga rioya qilishni talab etadi. MKning 100-moddasiga muvofiq, 
quyidagi sabablardan birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning 
asosli ekanligini bildiradi: 1)texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil 
etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati)yoki ish xususiyatining o’zgarishiga 
olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yohud korxonaning tugatilganligi; 
2)xodimning malakasi yetarli bo’lmaganligi yoki sog’lig’i holatiga ko’ra, 
bajarayotgan ishiga noloyiq bo’lib qolishi; 3) xodimning o’z mehnat vazifalarini 
muntazam ravishda buzganligi; 4)xodimning o’z mehnat vazifalarini bir marta 
qo’pol ravishda buzganligi; 5)o’rindoshlik asosida ishlamaydigan boshqa 
xodimning ishga qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek, mehnat shartlariga 


ko’ra, o’rindoshlik ishi cheklanishi sababli o’rindoshlar bilan mehnat 
shartnomasining bekor qilinishi; 6)mulkdorning almashishi sababli korxona 
rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi. Yangi Mehnat 
Kodeksida mustahkamlangan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor 
qilinishi to’g’risida xodimni oldindan ogohlantirish mehnat shartnomasini ish 
beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishda muhim kafolat hisoblanadi. Bunday 
oldindan ogohlantirishning asosiy maqsadi mehnat shartnomasi bekor qilinishidan 
oldin xodimga ma’qul ish izlash imkonini berishdan iborat ekanligidan kelib chiqib 
MKning 102-moddasi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan 
bekor qilish haqida ogohlantirish muddati davomida, mehnat munosabatlari 
xodimning aybli xatti-harakat sodir etganligi munosabati bilan bekor qilish 
to’g’risidagi ogohlantirishlarni istisno etganda, xodimga boshqa ish qidirish uchun, 
ish haqi saqlangan holda, haftada kamida bir kun ishga chiqmaslik huquqqini 
beradi. Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning 
barcha hollarida, aybli harakatlar bilan bog’liq hollaridan tashqari, xodimga 
kamida o’rtacha oylik ish haqi miqdoridan ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi 
kerak.
Tomonlarning kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish. MK 97-
moddasi 1-bandiga ko’ra, tomonlarning mehnat shartnomasini to’xtatish 
to’g’risidagi istagi masalan, xodimning tegishli arizasi va unga yaqin ya’ni arizaga 
ish beruvchi imzosi (rezolyutsiyasi) shaklida bo’lishi mumkin. Xodimning o’z 
ixtiyori bilan mehnat shartnomasini to’xtatish to’g’risidagi arizasidan farqli 
ravishda (ma’lumki, bu arizadan muddao-xodim mehnat shartnomasini to’xtatish 
haqida ish beruvchini xabardor qiladi va bu o’rinda xodimning niyatiga rad javobi 
bo’lishi mumkin emas), tomonlar kelishuvi bilan mehnat shartnomasini to’xtatish 
to’g’risidagi xodim arizasida mazkur asosga ko’ra, mehnat munosabatlarini 
to’xtatish imkoniyati haqidagi masalaning ish beruvchi tomonidan ko’rib chiqilishi 
xususidagi xodimning iltimosi bayon etiladi. Bu holda ish beruvchi xodim bilan 
mehnat shartnomasini to’xtatishga rozilik berishi yoki uning iltimosini 
qondirmasligi mumkin. Tomonlarning roziligi bilan mehnat shartnomasini 
to’xtatishga ish beruvchi rad javobi berganida, bu xodimni o’z ixtiyori bilan 
mehnat munosabatlarini to’xtatish huquqini mahrum etmaydi. Tomonlar kelishuvi 
bilan mehnat munosabatlari to’xtatilayotganida mehnat shartnomasini 
to’xtatishning aniq sanasi ham xodim bilan ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga 
binoan belgilab qo’yiladi. Mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko’ra 
istalgan vaqtda to’xtatilishi mumkin. Demak, tomonlar mehnat shartnomasini 
to’xtatish to’g’risida bitimga kelsalar, bu holda shu asosga ko’ra, mehnat 
munosabatlar bu holda shu asosga ko’ra, mehnat munosabatlari xodim vaqtincha 
mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda, u ta’tilda (mehnat ta’tilida, o’quv ta’tilida, 
homiladorlik va ko’zi yorish ta’tilida, yosh bolaga qarab turish uchun ta’tilda 
bo’lganida, ish haqini olmasdan ta’tilga chiqqanida va shu kabi hollarda) 
bo’lganida, shuningdek, xodim ishda bo’lmagan boshqa davrlarda, mehnat 


munosabatlari to’xtatilishi mumkin. Agar ko’rib chiqilayotgan asosga ko’ra, 
mehnat shartnomasi xodimning kasalligi davrida to’xtalgan bo’lsa, bu holda 
xodimga tuzalishiga qada rvaqtincha ishga, layoqatsizligi uchun yoki nogironlik 
belgilanganiga qadar nafaqa to’lanadi.
Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish. Muddatli mehnat shartnomasi 
muddati o’tishi bilan bekor qilinishi mumkin. Ammo, bundan muddatli 
shartnomani faqat shu sababga ko’ra, bekor qilish mumkin ekanda, degan xulosani 
chiqarmaslik kerak. Mehnat kodeksida noaniq muddatga tuzilgan mehnat 
shartnomasi qanday asoslarga ko’ra to’xtatilsa, xuddi shunday asoslarga binoan, 
muddatli mehnat shartnomasi ham bekor qilinishi nazarda tutilgan. Muddatli 
mehnat shartnomasi tomonlarning kelishuviga binoan, muddati tugatishga qadar 
istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin. Bundan tashqari, xodimning tashabbusi 
bilan muddati tugamasidan mehnat munosabatlari to’xtalishi mumkin. Buning 
uchun, noaniq muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini to’xtatishda bo’lganidek, 
xodim ish beruvchini ikki hafta ilgari ogohlantirishi kerak. Ish beruvchining 
tashabbusi bilan ham muddatli mehnat shartnomasi muddatidan ilgari to’xtatilishi 
mumkin. Ammo, qonuniy asoslar bo’lganidagina ish beruvchiga shunday huquq 
beriladi (korxonaning tarqatib yuborilishi, xodimlar sonining o’zgarishi, 
xodimning bajarayotgan ishga nomunosibligi, xodim mehnat burchlarini buzishi va 
shu kabilar). Muayyan muddatga yoki muayyan ishni bajarish vaqti uchun tuzilgan 
mehnat shartnomasini to’xtatishning o’ziga xos xususiyati shundaki, muddati 
tugashi bilan har ikki tomon, garchi bir tomon istagiga qarshi bo’lsa-da, mehnat 
munosabatlarini to’xtatishga haqlidir. Shartnoma muddatining tugashi belgilab 
olinishi uchun turli variantlardan foydalanish mumkin. Bular orasida eng oddiysi 
shartnoma tugashining aniq sanasini ko’rsatishdir. Masalan, «1997 yilning 5 
iyuliga qadar». Ikkinchi variant ham murakkab emas, bunda xodim ishga muayyan 
muddatga qabul qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi 1996 yilning 4 yanvarida 
uch yillik muddat bilan tuziladi. Demak, uning muddati uch yil o’tib, xuddi ana 
shu sanada, ya’ni 1999 yilning 4 yanvarida tugaydi. Agar mehnat shartnomasi 
asosiy xodim yo’qligida tuzilgan bo’lsa, uning muddatini aniqlash bir qadar 
murakkab bo’ladi, chunki ko’pincha uning aniq qaytish vaqtini belgilashning 
imkoni bo’lmaydi. SHu boisdan ham, quyidagilar MKning 105-moddasi uchinchi 
qismida yozib qo’yilganligi bejiz emas: xodim yo’qligida (agar uning ish joyi va 
lavozimi saqlanib qolayotgan bo’lsa) mehnat shartnomasi mazkur xodim ishga 
kelgan kundan boshlab to’xtatiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish uchun MK 
105-moddasiga ko’ra, xodimlar kasaba uyushmasi qo’mitasining yoki boshqa 
vakillik organining roziligi talab qilinmaydi. Mehnat shartnomasini beor qilishda 
nafaqa to’lash amaldagi qonunda nazarda tutilmagan. Biroq, korxonaning jamoa 
shartnomasida yoki bevosita mehnat shartnomasida shartnoma muddati tugashi 
munosabati bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan xodimga moddiy madad 
berishning turli yo’llari ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Mehnat kodeksi muddati 
tugalaganligi sababli muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishda homilador 


ayollarga va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarga qo’shimcha kafolatlarni 
ko’zda tutadi. Muddati tugaganligi sababli homilador ayollar va uch yoshga 
to’lmagan bolasi bor ayollar bilan mehnat shartnomasini bekor qilish ularni albatta
ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlab qolinadi, biroq bu mehnat 
muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi 
kerak. 




Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling