Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari


Download 314.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana16.06.2023
Hajmi314.28 Kb.
#1511824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mehnat shartnomasi tushunchasi va taraflari 2

qo’shimcha shartlar hisoblanadi.
O’z navbatida, mehnat shartnomasining zarur (asosiy) shartlarini 
quyidagilarga ajratish mumkin:-umumiy shartlar, ushbu shartlar xodim nomuayyan 
muddatga yoki muddatli mehnat shartnomasi bo’yicha ishga kirishidan, asosiy 
ishga yoki o’rindoshlik asosida ishga kirishidan, shartnomada shartlashilgan ishni 
korxonada yoki o’z uyida bajarishidan va hokazolardan qat’i nazar istalgan mehnat 
shartnomasida, albatta qayd etilgan bo’lishi lozim. Ish joyi, mehnat funktsiyasi, ish 
boshlanadigan kun, mehnatga haq to’lash miqdori to’g’risidagi shartlar istalgan 
mehnat shartnomasini tuzish chog’ida ular haqida kelishilishi zarur bo’lgan 
umumiy zarur shartlarga kiradi;-alohida shartlar xodimlar bilan mehnat 
shartnomalarining ayrim turlarini tuzishdagi umumiy shartlardan tashqarii 
imajburiy tartibda qayd etilgan bo’lishi lozim;-boshqa zarur shartlar, ushbu 
shartlar, agar ular korxonaning lokal hujjatlarida qayd etilmagan bo’lsa, mehnat 
shartnomasiga kiritiladi. Korxonada tegishli lokal hujjatlar mavjud bo’lmagan 
taqdirda, mehnat shartnomasiga ish haftasining tur va ish vaqti tartibi to’g’risidagi 
shartlarni kiritish zarur.
Mehnat shartnomasiga har xil qo’shimcha shartlar kiritilishi mumkin. Ular 
majburiy hisoblanmaydi, biroq mehnat munosabatlarini tartibga solishda ularning 
ahamiyati kattadir. Ishga qabul qilish paytida sinovini belgilash to’g’risida, kasblar
(lavozimlar)ni qo’shib olib borish to’g’risida, malakani muntazam oshirib borish 
to’g’risida, ish vaqti tartibi va dam olish tartibi haqida, har yillik asosiy yoki ish 
beruvchining mablag’lari hisobidan qo’shimcha ta’tilning davomiyligini 
ko’paytirish to’g’risida, ushbu xodim uchun qo’shimcha imtiyozlar to’g’risidagi 
shartlarni qo’shimcha shartlar jumlasiga kiritish mumkin.
MKning 75-moddaiga muvofiq, mehnat shartnomalari:-nomuayyan 
muddatga; -besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga;-muayyan ishni 
bajarish vaqtiga mo’ljallab tuzilishi mumkin.
Mehnat shartnomasida shartnoma bo’yicha ishning tamom bo’lish payti qayd 
etilmagan bo’lsa mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. 
Ushbu holda; xodim doimiy ishga qabul qilingan, deb hisoblanadi va u bilan 
mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi muddati tamom bo’lishi munosabati 
bilan to’xtatilishi mumkin emas. Besh yildan ortiq bo’lmagan muayyan muddatga 
tuziladigan, shuningdek muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab tuziladigan 
mehnat shartnomalari muddatli shartnomalar hisoblanadi. Masalan, yodgorlik 
tamirlanishi munosabati bilan ishchilar, muhandislar, rassomlar va boshqa 
xodimlarni ishga qabul qilish zaruriyati paydo bo’ladi, biroq tamirlash ishlari 
tamomlanganidan keyin ushbu ishlovchilarga bo’lgan ehtiyoj barham topadi. 
Bunday holda, ushbu xodimlar bilan mazkur yodgorlikni tamirlash davriga mudatli 


mehnat shartnomasi tuzulishi kerak. Xodim qonun hujatlariga binoan, ish joyi 
saqlanib qoladigan xodimning o’rniga (kasallik, malaka oshirishda bo’lish, harbiy 
yig’inlarga chaqirilishi va hokazolar) ishga qabul qilinayotgan hollarda ham 
muddatli mehnat shartnomasi tuzishga zaruriyat paydo bo’ladi.
Shunga, etibor qaratish zarurki, shartnomada u mudatli tusga, ega, ekanligi nazarda 
tutilgan bo’lsa, biroq ishning tamom bo’lish payti shartnoma bo’yicha 
aniqlanmagan bo’lsa, xodim shartnoma bo’yicha ishning birinchi kunidan boshlab 
nomuayyan muddatga ishga qabul qilingan, hisoblanishi zarur. Nomuayyan 
muddatga tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning roziligisiz muayyan muddatga, 
shuningdek, muayyan ishni bajarish vaqtiga mo’ljallab qayta tuzilishi mumkin 
emas.
Keng manoda mehnat shartnomasini tuzish ishga qabul qilish tushunchasiga 
tengdir. Tor manoda xodim bilan ish bajaruvchi o’rtasida shartnoma shartlari 
bo’yicha va uni zarur tartibda rasmiylashtirish bo’yicha kelishuvga erishish 
nazarda tutiladi. Ishga qabul qilish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga 
ajratish mumkin:
-ishga kirishda tanishuv marosimi;
-mehnat shartnomasini tuzish;
-ishga qabul qilish to’g’risida buyruq chiqarish.

Download 314.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling