Mehrjon bayrami


Download 98.06 Kb.
bet1/22
Sana17.06.2023
Hajmi98.06 Kb.
#1542086
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
ssenariylar


MEHRJON BAYRAMI”
Musiqa zali kuz fasliga moslab bezatilgan. Bolalar chiroyli kiyimlarda musiqa ohangi ostida zalga kirib kelishadi va yarim oy ko‘rinishida turib olishadi. Tarbiyachi o‘rtaga chiqib mayin kuy sadosi ostida so‘z boshlaydi.
Tarbiyachi: – Aziz bolajonlar, qadrli mehmonlar va ota-onalar bugun bog‘chamizda bayram kayfiyati hukm surmoqda. Sababi, bugun “Mehrjon” bayramini nishonlaymiz. Bu bayramga biz bolajonlar bilan uzoq tayyorgarlik ko‘rib, sizlar uchun ajoyib kuy-qo‘shiqlar va she’rlar yod olganmiz. Marhamat, tomosha qiling va miriqib dam oling.
Bolajonlar, “Mehrjon” bayramini biz yana “Hosil bayrami”, “Kuz bayrami” ham deb ataymiz. Kuz fasli bizga o‘z saxovatini baxsh etib, mo‘l-ko‘l meva-sabzavotlarni hadya qiladi. Bolajonlar, biz avvalgi mashg‘ulotlarimizda sizlar bilan fasllarning o‘ziga xosligi haqida gaplashganmiz. Endi, menga ayting-chi, kuz faslida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?
1-bola: — Kuzda havo salqin bo‘ladi. Barglar sarg‘ayadi.
2-bola: – Oz-ozdan yomg‘ir yog‘adi, barglar to‘kiladi.
Tarbiyachi: – To‘g‘ri bolajonlar, hozir biz mehmonlarga kuz haqidagi yod olgan she’rlarimizdan o‘qib eshittiramiz. Marhamat.
3-bola: Surnay chaldik, nay-nay,
Bugun bayram hay-hay.
Mehrjonim bayrami,
Xursand qildi hammani.
4-bola: Hosilimiz ko‘p-ko‘p,
Mehnat qildik xo‘p-xo‘p.
Mehrjonim bayrami,
Xursand qildi hammani.
(Shu payt bir bola davraga yugurib kirib tarbiyachiga mehmonlar kelganini aytadi. Turli sabzavot va meva kiyimidagi bolalar zalga kirib kelishadi.)
Tarbiyachi: – Xush kelibsizlar, mehmonlar.
(Bolalar mehmonga salom berishadi)
Tarbiyachi: – Qani o‘zinglarni tanishtiringlar-chi.
1-bola: – Men achchiq bo‘lsam-da, juda foydali piyozman. Men ovqatlarni mazali bo‘lishida yordamchiman. Ayniqsa, orangizdan kimdir shamollab qolsa, meni to‘g‘rab xonaga qo‘yib qo‘ysa, zararli mikroblarni tezda o‘ldiraman.

Download 98.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling