Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari. Reja
Download 73 Kb.
|
Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari.
Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari. Reja: Metallarning akseptorli ligandlar. Kompleks birikmalari. Metallarning akseptorli ligandlar bilan kompleks birikmalari. Koordinasion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion yoki atomga ega bo’lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi. Akademik Yu. N. Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta’rifni berdi: “Kompleks birikma deganda kristall holatda bo’lmasin, eritmada bolmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak. Kompleks hosil bo’lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D. I. Mendeleyev davriy sistemasining ko’pchilik elementlariga xos hodisadir. Tassir 1798-yilda birinchi bo’lib, kompleks CoCL2.6NH3 ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, kompleks hosil bo’lishi hodisasi ayrim elementlardagini uchramasdan balki D.I.Mendeliyev davriy sistemasidagi ko’pchilik elementlarga mansub bo’lgan muhim hodisadir. Kompleks birikma shunday birikmaki, uning molekulasi markaziy atomga ega bo’lib, buni bir necha ion, yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi. Ligand markaziy atom atrofida bitta yoki bir necha o’rin egallashi mumkin. Masalan: Cl-, Br-, I-, CO, H2O, NH3 kabi ligandlarning har biri bittadan o’rin oladi. Ular monodentat ligandlar deyiladi. Oksalat ioni, shuningdek etilendiamin ikkitadan o’rin egallaydi. Bunday ligandlar bidentat ligandlar deyiladi. Dietilentriamin uch dentatli ligand hisoblanadi. To’rt dentatli ligand uchun esa, triaminotrietilamin misol keltirish mumkin. Kompleks birikma hatto eritmalarda ham o’zining mustaqilligini saqlab qolishga intiladi. Ionlarga oz darajadagina dissotsiyalanadi. Agar markaziy ionning musbat zaryadi uni qo’rshab turgan ligandlar manfiy zaryadlarining yig’indisidan ortiq bo’lsa, bunday kompleks-kation kompleks ; markaziy ionning zaryadi uni qo’rshab turgan ligandlar manfiy zaryadlarining yig’indisidan kam bo’lsa, u holda anion kompleks; markaziy ionning zaryadi bilan ligandlar zaryadlarining yig’indisi orasidagi ayirma nolga teng bo’lsa, neytral kompleks birikmalar deb ataladi. Kompleks birikmalar texnikada, meditsinada, qishloq xo’jaligida, ilm-fanda katta ahamyatga egadir. Kompleks birikmalar tabiatda ko’p tarqalgan. Masalan, o’simliklarning yashil qismida bo’ladigan va fotosintezni amalga oshiruvchi modda xlorofill magniyning kompleks birikmasidir.Tirik xujayralarni kislorod bilan taminlab turuvchi modda qon gemoglabini temirning kompleks birikmasidir. Juda ko’p minerallar alyuminosilikatlar kompleks birikmalardan iborat. Kompleks birikmalar hosil qilish uchun birikish, almashinish, oksidlanish, qaytarilish reaksiyalaridan foydalaniladi. Hosil qilingan kompleks birikmani reaksion aralashmadan ajratib olish ham katta ahamyatga ega. Buning uchun: 1) Erituvchini bug’latish orqali konsentrlangan reaksion aralashma hosil qilib, uni muz va tuz aralashmasi bilan sovutib, shu moddalar aralashmasidan kompleks birikmani kristallga o’tkazishdan; 2) Reaksion aralashmaga kompleks birikmani eritmaydigan, lekin kompleks hosil bo’lishida ishtirok etgan erituvchi bilan yaxshi aralashadigan boshqa biror erituvchidan oz-oz qo’sha borishdan va ekstraksiya usulidan foydalaniladi. Ba’zan kompleks birikma juda tez hosil bo’ladi. Masalan: CuSO4 eritmasiga NH4OH eritmasi qo’shilishi bilanoq, to’q zangori tusli kompleks [ Cu(NH3)4SO4] birikmasi hosil bo’ladi. Reaksion aralashmaga etil spirit qo’shib, bu kompleks birikmani kristal holda ajratib olish mumkin. Bu birikmada Cu2+ markaziy ion, NH3- molekulalari esa ligandlardir. Keyingi vaqtlarda metallarning kompleks birikmalarini tayyorlash uchun suvsiz eritmalar ko’p qo’llaniladigan bo’ldi Masalan: CrCl3 ning suvdagi eritmasiga etelendiamin NH2-CH2-CH2-NH2 qo’shilib, CrCl3.3NH2-CH2-CH2-NH2 tarkibli kompleks birikma hosil qilib bo’lmadi, lekin efirdagi eritmada bu kompleks birikmani hosil qilib, kristall holida ajratib olish mumkin bo’ldi. Kompleks birikmalarning o’ziga xos suyuqlanish, qaynash, parchalanish temperaturalari, ma’lum erituvchilarda, xususan suvda eruvchanligi, elektir o’tkazuvchanligi va boshqa xossalari bo’ladi. Bular ichida tadqiqotchilar etiborini o’ziga jalb etadiganlari qatoriga; komplekslarning tuzilishi, eruvchanligi, rangi, elektr o’tkazuvchanligi, oksidlanish qaytarilish xossalari, spektrlari, magnet xossalari kiradi. Kompleks hosil qiluvchi sistema rangining o’zgarishini tekshirish orqali ko’pincha birikma tarkibini va uning barqaror yoki beqaror ekanligini aniqlash mumkin. Kompleks birikmalarning infraqizil nur yutishini o’rganish orqali birikma tarkibidagi atomlararo bog’lanish xarakterini bilib olish mumkin. U yoki bu elementning koordinatsion birikma hosil qilish qobilyati o’ta element atomining sirtqi elektron qavati tuzilishiga va uning davriy sistemadagi o’rniga bog’liq bo’lib, koordinatsion birikmalar hosil qiluvchilar jumlasiga asosan sirtqi qavatda yetarli darajada bo’sh orbitallari bo’lgan metal ionlar kiradi. Koordinatsion birikma hosil qiluvchi zarracha elektron juftining aksektori vazifasini bajaradi. Agar markaziy atom kimyoviy bog’lanishda o’zining bo’sh s-orbitallari bilan ishtirok etsa, bu holda faqat δ(sigma)-bog’lanish, agar bo’sh p-orbitallar ham qatnashsa, δ- va π-bog’lanishlar yuzaga keladi(u p-, d-yoki f-orbitallari bilan ishtirok etganida ham δ-va π-bog’lanishlar kelib chiqadi. Quyidagi jadvalda markaziy atomlarning koordinatsion birikma hosil qilishda qanday orbitallar hisobiga ishtirok etishi ko’rsatilgan. Download 73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling