Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to'lovini xisoblash va byudjetga to'lash tartibi Reja


Download 30.19 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1632385
  1   2   3   4
Bog'liq
32 Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to


Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to'lovini xisoblash va byudjetga to'lash tartibi


Reja:

  1. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliq solishning soddalashtirilgan

tizimini qo`llash

  1. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi sub’ektlari

  2. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimida soliqqa tortish ob’ektlari

1. Ushbu Tartib O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq ishlab chiqilgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar (keyingi o`rinlarda - korxonalar deyiladi) uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo`llash tartibini belgilaydi, yagona soliq to`lovi to`laydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
Mazkur Tartibning amal qilishi shuningdek dasturiy vositalarni ishlab chiqarishga, kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarga servis xizmati ko`rsatishga, kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalari bilan ishlashga o`qitish bo`yicha aholiga xizmatlar ko`rsatishga ixtisoslashayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga tegishli bo`lmagan tashkilotlarga ham tatbiq yetiladi.
2. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan amaldagi soliqqa tortish tizimi bilan bir qatorda qo`llaniladi.
Soliqqa tortish tizimini tanlash huquqi ixtiyoriy ravishda mikrofirmalar va kichik korxonalarga mazkur Tartibga muvofiq taqdim yetiladi, soliq solishning alohida tartibi belgilangan tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno.
3. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi umumdavlat soliqlari yig`indisi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari joriy yetadigan, quyida ko`rsatilgan yig`imlardan tashqari, mahalliy soliqlar va yig`imlar o`rniga yagona soliqning to`lanishini nazarda tutadi:
savdo-sotiq qilish huquqini berganlik uchun yig`im, shu jumladan, tovarlarning alohida turlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini berganlik uchun litsenziya yig`imlari;
yuridik shaxslarni ro`yxatdan o`tkazganlik uchun yig`im;
O`zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya to`lovlari.
4. Yagona soliqni to`lovchi bo`lgan korxonalar sotib olingan tovar va xom ashyo (materiallar) qiymatidagi to`langan qo`shilgan qiymat solig`i summasini bu tovarlar (konsignatsion tovardan tashqari, bunda keltirilgan materiallar, ko`rsatilgan xizmatlar bo`yicha qo`shilgan qiymat solig`i davr xarajatlariga kiritiladi) va xom ashyo (material) qiymatiga kiritadi. Yetkazib beruvchiga ish va xizmatlar uchun to`langan qo`shilgan qiymat solig`i summasi bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati bilan birga xarajatlarga kiritiladi.
5. Agar yagona soliqni to`lovchi bo`lgan korxonalar asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni ijaraga bersalar, unda ular ijaraga berilgan (moliyaviy lizingdan tashqari) bu aktivlar qiymatidan mol-mulk solig`ini umumbelgilangan tartibda to`laydilar. Bunda ushbu korxonalarga yeksport qiluvchi korxonalar uchun mulk solig`i bo`yicha berilgan imtiyozlar tatbiq yetilmaydi.
6. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo`llaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun bojxona bojlari, import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun qo`shilgan qiymat solig`i va aksiz solig`i, davlat poshlinalari, litsenziya yig`imlari, davlat maqsadli fondlariga ajratmalarni to`lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
7. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o`tgan korxona umumiy belgilangan tartibda yoki soddalashtirilgan shakl bo`yicha hisob yuritish huquqiga yega. Buxgalteriya hisobotlarining boshlang`ich hujjatlari va daromadlar hamda xarajatlarni hisobga olish daftari yuritilishining soddalashtirilgan shakli O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi va O`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.



Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling