Samarqand 2023
Download 0.77 Mb.
|
10-mavzu. Tovar hayotiy davri bi-121
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI MARKETING fanidan TAQDIMOTLAR Tayyorladi: “Marketing" kafedrasi dosenti D.H.Xolmamatov Samarqand - 2023 10-mavzu. Tovar hayotiy davri va uning bosqichlari 1. Tovar hayotiy davri konsepsiyasi 2. Tovar hayotiy davri bosqichlari 3. Yangi tovar yaratish jarayoni va uni bozorga kiritish 1. Tovar hayotiy davri konsepsiyasi Amaliy faoliyatda THDning diapazoni ancha keng — bir kunlik tovardan uzoq yashovchi tovargacha. Lekin abadiy tovar yo’q va bo’lishi mumkin emas. Bozorga taklif etilgan, bozorga kirgan tovar o’ziga xos tovar hayoti bilan yashaydi. U marketingda tovarning hayotiy davri (THD) deyiladi. THD konsepsiyasi har qanday mahsulot, qanchalik ajoyib iste’mol xususiyatlariga ega bo’lmasin, ertami, kechmi mukammalroq tovar tomonidan bozordan siqib chiqarilishiga asoslanadi. THD konsepsiyasi birinchi bor amerika marketologi T. Levitt tomonidan 1965 -yilda ta’riflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o’ziga xos tirik organizm va unga xos bo’lgan muayyan ketma-ketlikdagi rivojlanish bosqichlari: rivojlanish — tug’ilish — yetuklik — qarilik — o’lim bilan tasvirlanadi. THD bosqichiga bog’liq holda korxonaning foyda hajmi, ishlab chiqarish va marketing xarajatlari, shu bilan birga raqobat darajasi va tovarning narxi, xaridorlarning xatti-harakati va chiqarilayotgan tovarlarning differensiasiyasi boshqacha bo’ladi. Tadqiqotlar va ishlanmalar bosqichi. Tovarning hayoti uning mahsulot sifatida tug’ilishdan ancha oddin — g’oyalar, ishlanmalar ko’rinishida boshlanadi. Bu bosqichda marketing roli tovarni yaratish jarayoniga g’oyadan boshlab uning mahsulotda namoyon bo’lishigacha hamroh bo’lishidan iborat. Buning uchun marketing yordamida iste’molchi mazkur mahsulotga muhtojligi, potensial iste’molchilar kimlar, g’oyani amalga oshirishda qanday bozorni mo’ljallash mumkinligi o’rganiladi.Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling