Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining M. Porterning “raqobat ustunliklari brillianti”modeli asosida tahlili
Download 70.58 Kb.
|
milliy romb Uzbekiston Resp
Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklari. (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining M.Porterning “raqobat ustunliklari brillianti”modeli asosida tahlili K.M.Ibodov, SamISI. O‘zbekiston Respublikasi misolida M.Porterning “raqobat ustunliklari brillianti” yoki “milliy romb” tahlilini olib qaraydigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: Omillar bilan ta’minlanganlik nafaqat mintaqada, balki Osiyoning ham tabiiy va qazilma boyliklarga boy mamlakat ekanligi, arzon va nisbatan malakali mehnat resurslari bilan ta’minlanganligi bilan izohlanadi. Haqiqatan ham O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi qator qazilma boyliklar (ko‘mir, oltin, marganets, uran, osh tuzi, ohaktosh va boshqalar.)ga boy mamlakat hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu resurslarining ochiq usulda qazib olinishi ham texnik va iqtisodiy jihatdan juda arzonga tushmoqda. Qulay iqlim sharoiti, chuchuk suv bilan ta’minlanganlik holati yilning asosiy mavsumlarida qishloq xo‘jaligidan samarali foydalanishga imkon beradi. Mehnat resurslari ham muhim hisoblangan raqobat ustunliklaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston mintaqadagi aholi soni eng ko‘p, shu bilan birga aholining tabiiy ko‘payish surati dunyo ko‘rsatkichidan ham yuqori bo‘lgan mamlakat sifatida 18829,6 ming kishidan ortiq ulkan “ishchi kuchi armiyasi”ga ega[142]. Aholining yosh bo‘yicha tarkibi o‘ziga xos demografik ustunlik hisoblanib, statistik ma’lumotlarga ko‘ra 2030 yilga borib aholining o‘rtacha yoshi 31 yoshni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bozor munosabatlari sharoiti yosh avlodni innovatsiya va tadbirkorlikka moyilligini oshirmoqda va yoshlarning iqtisodiyot tarmoqlaridagi faol ishtirokini ta’minlab bermoqda. Mehnat resurslarining sifat masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada oqsash kuzatilmoqda. Ekspertlarning fikricha, O‘zbekiston sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida muhandis-texnik kadrlarga bo‘lgan juda katta tanqislikni boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda aholining 28% oliy ma’lumotli. Hozirda mamlakatimizda davlat byudjetining 59% ta’lim va ijtimoiy sohaga ajratilmoqda. Boshqa tomondan 15 yoshda oshgan aholining 99,2% savodxon hisoblanib, 100% bolalar boshlang‘ich ta’limga, 59% o‘rta ta’limga jalb etilgan. Mehnat resurslarining sifat darajasiga xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘z vataniga qaytib kelayotgan migrantlar boy tajribasi, bilim, malaka va ko‘nikmalari, zamonaviy texnologiyalari bilan birga mamlakatga nafaqat kapital, balki ishbilarmonlik munosabatlarini ham kiritmoqda. Bu ayniqsa xususiy biznesda o‘z ifodasini topgan bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlarining xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatiini kengaytirmoqda. Moliyaviy soha mustaqillik yillari mobaynida barqaror o‘sish suratiga ega bo‘lsada, o‘sish surati juda sezilarsiz. YAIM moliyaviy sektor ulushi 3-4% tashkil etmoqda. Kapital qo‘yilmalarning asosiy qismi xususiy sektorga taalluqli. Biroq, mamlakatimizda xorijiy transmilliy kompaniyalar kapitali, kapital qo‘yilmalar bozorida raqobat muhiti rivojlanmagan. SHu sababli ushbu soha milliy iqtisodiyot rivojlanishining bugungi bosqichida xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirishda asosiy harakatga keltiruvchi kuch mavqeiga erisha olmayapti. Zamonaviy sharoitlarda O‘zbekiston xalqaro kapital harakati (xorijiy investitsiyalar oqimi)ni jalb qilishga qaratilgan faol siyosat olib bormoqda. Aynan shu jarayonda mamlakatimizga xorijiy korxonalarni, jumladan transmilliy kompaniyalar(TMK) ning faoliyatini rag‘batlantirish zaruriy shartlardan biri hisoblanadi. SHu bilan birga mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy yo‘naltirilgan rivojlanishning “milliy modeli”ni to‘laqonli bozor munosabatlariga asoslangan modelga, tashqi iqtisodiy siyosatda transmilliy kompaniyalar(TMK) ning faoliyatini rag‘batlantirishga transformatsiyalash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishidagi farqli jihatlaridan biri ilmiy-texnik salohiyatni yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotganligidir. Zamonaviy sharoitlarda ilmiy-texnik salohiyat va innovatsion faoliyat mamlakat raqobatbardoshligining muhim omili bo‘lganligi bois mamlakatimizda bu borada sezilarli shart-sharoitlar (masalan, mamlakatning oltin valyuta zahiralarining ko‘payib borayotganligi) yaratilib borilmoqda. Bugungi kunda ilmiy-texnik salohiyatning mamlakatimiz YAIM 0,8-1,0% ni tashkil etgan holda ITTKIga yo‘naltirilgan xarajatlarning ¾ bevosita davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirda mamlakatimizda 112 ta oliy ta’lim muassasalari va xorijiy OTM filiallari mavjud bo‘lib, nafaqat milliy iqtisodiyot, balki qo‘shni mamlakatlar uchun ham malakali kadrlar tayyorlash salohiyatiga ega. SHu boisdan ham kelgusi 10-20 yil mobaynida mamlakatning xalqaro texnologiyalar almashinuvi (masalan, IBSA forumi kelishuvi asosida), xorijiy investitsiyalar va ular bilan bir vaqtda ilmiy-texnik salohiyatni mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi ishlanmalarni jalb qilish zarur. Bu esa YAIM tarkibida ilmiy-texnik salohiyatning ulushini 2,5-3,0% ga etkazish imkonini beradi. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarga strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy va amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarning jahon bo‘yicha o‘rtacha darajadan ham juda past darajada ekanligi hamda infratuzilma sifatining juda pastligini kiritishimiz mumkin. Ayniqsa, mamlakatimizda yuqori texnologiyaga asoslangan asbob-uskunlarining to‘laligicha import qilinishi va energiya resurslarining tanqisligi saqlanib qolmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlar avvalo ishlab chiqarish omillari (eng asosiysi tabiiy resurslar va qazilma boyliklar, arzon ishchi kuchi) ga qaratilgan. Biroq ushbu omillarning mavjudligi mamlakat raqobatbardoshligini ta’minlab bera olmaydi, chunki tabiiy resurslar ko‘p bo‘lgan, arzon ishchi kuchi taklifi yuqori bo‘lgan mamlakatlar soni etarlicha. Bu omillar kesimida mamlakatimizning to‘lov balansi xozirgacha rivojlanayotgan mamlakatlar darajasidan ham past bo‘lgan holda to‘lov balansining salbiy saldosi saqlanib qolmoqda. SHu munosabat bilan mamlakatimizda milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi “etakachi omillar” va aynan mamlakatimiz uchun xos bo‘lgan “maxsus omillar”ni rag‘batlantirish hamda siljitish maqsadga muvofiq. Bu yaqin 20-30 yil ichida sezilarli investitsiyalar va inson kapitalini talab qiladi. Download 70.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling