O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
|
|
MINISTRY OF HIGHER
EDUCATION, SCIENCE AND
INNOVATIONS OF THE
REPUBLIC OF UZBEKISTAN
|
110906, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani Qorg‘oncha shaxarchasi
« 03» may 2023 yil Qo‘rg‘oncha shaxarchasi
BUYRUQ № 40
Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarini “ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotini o‘tkazish” to‘g‘risida
Quyi Chirchiq tuman 2-son kasb-hunar maktabining mavjud tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha kichik mutaxassislar tayyorlash o‘quv rejasiga muvofiq belgilangan ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlarini davlat ta’lim standartlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Kasb-hunar maktabining “Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida elektr jixozlariga xizmat ko’rshatish va tamirlash elektrmontyori ” mutaxassisligi bo‘yicha taxsil olayotgan 1-bosqich EE-18 guruh o‘quvchilari, tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigi asosida 2023 yilning 1 maydan boshlab, 9 hafta muddatga ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotiga chiqarilsin.
Kasb-hunar maktabi va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga asosan o‘quvchilar 1-ilovaga muvofiq amaliyot o‘tkazuvchi korxonalarga yuborilsin.
Amaliyotga chiqarilgan o‘quvchilar uchun 2-ilovaga muvofiq amaliyot rahbarlari biriktirilsin.
Amaliyot rahbariga:
o‘quvchilarni amaliyot o‘tash joylariga borish-kelish va amaliyot jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga rioya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalar berib borish;
o‘quvchilarni o‘quv rejalarida belgilangan soatlarga mo‘ljallab davlat ta’lim standartlari talablari asosida, korxonani ichki imkoniyatlarini hisobga olib ishlab chiqilgan dastur asosida amaliyotni yuqori saviyada o‘tilishini ta’minlash;
korxona xodimlari bilan hamkorlikda o‘quv tarbiyaviy ishlarni olib borish;
o‘quvchilarni amaliyot kundaliklari bilan ta’minlash, ularni to‘ldirib borilishini nazorat qilish, hafta davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha hisobotlarini qabul qilib borish;
o‘quvchilarni korxonalarda amaliyot o‘tashlari bo‘yicha monitoringini o‘tkazish va rahbariyatga hisobot berib borish;
amaliyot o‘tash jarayonida faol ishtirok etgan va yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan o‘quvchilarni korxonaning imkoniyatlaridan kelib chiqib ish bilan ta’minlanishiga yordamlashish;
amaliyot davomida o‘quvchilarning ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va himoya qilishini ta’minlash bo‘yicha rejali ishlar tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Ushbu buyruq ijrosining nazorati kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Pirvaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |