Mirzaliyev anvarjonning
Download 142.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMirzaliyev anvarjonning
- Bu sahifa navigatsiya:
- MIRZALIYEV ANVARJONNING ANANAVIY AVGUST SHO‘BA YIG’ILISHIGA TAYYORLAGAN
- Xalq og`zaki ijodi – milliy o`zligimiz oynasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI Namangan tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga qarashli 39-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi MIRZALIYEV ANVARJONNING ANANAVIY AVGUST SHO‘BA YIG’ILISHIGA TAYYORLAGAN Adabiyot fanini o`qitishga oid ilg`or pedagogik tajribalar va kelgusidagi vazifalar“Insonni, uning ma`naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo`lsa, so`z san`ati, badiiy adabiyotdir.” (I.A.Karimov) Adabiyot fani uzluksiz ta`lim tizimida alohida o`rin tutadi. Adabiyot ta`limining yoshlar tarbiyasidagi o`rni va ahamiyati haqida juda ko`plab so`z san`atkorlari fikr bildirganlar. Jumladan, Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon “Adabiyot nadir?” maqolasida shunday yozadi:”Ha, to`xtamasdan harakat qilib turgan vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo`lsa, maishat yo`lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat yashar”. Darhaqiqat, inson ruhining pokligi – ma`naviy barkamollik bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri. O`quvchi yoshlarni ma`nan barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ijtimoiy-estetik ongini, dunyoqarashini shakllantrish, badiiy didini o`stirish, hayot hodisalarini tahlil eta olishga o`rgatish va ularda yuksak insoniy sifatlarni tarbilyalash adabiyot ta`limining asosiy vazifasidir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta`lim to`g`risida”gi qonun hozirgi zamon o`qituvchisi oldiga ulkan vazifalar qo`ymoqda. Ulardan biri mustaqil fikrlay oladigan, o`z qarashlariga ega bo`lgan hamda zarur paytda uni himoya qila oladigan mustahkam irodali, har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Ilg`or pedagoglarimiz zimmalaridagi ushbu mas`uliyatli va sharafli vazifani sidqidildan ado etish usullarini ishlab chiqishmoqda. Adabiyot ta`limida interfaol metodlarning qo`llanishi bu boradagi olg`a bosilgan qadam bo`ldi. Interfaol metodlar mustaqil fikrlaydigan, izlanadigan o`quvchilarni shakllantirish imkoniga egaligi bilan e`tiborga loyiqdir. Ta`limning bu usullari o`qitish jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarninig o`zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlarini nazarda tutadi. O`quvchi oddiy tinglovchi emas, u darsning faol ishtirokchisi, zarur o`rinlarda hatto o`qituvchi rolini ham o`ynay oladigan bilimdon shaxs sifatida darsda ishtirok etadi. Bugungi adabiyot fani ta`limida juda ko`plab interfaol metodlardan foydalanib kelinmoqda. Ularga “Bumerang”, “Venn diagrammasi”, “Qora quti”, FSMU usuli, “SWOT”, muammoli vaziyatlar yaratish metodikasi, debatlar tashkil etish,”T- chizmasi” metodi, Idrok xaritasi, “Tushunchalar tahlili”, “Sinkveyn”, “Blis so`rovi”, “Insert”metodlari,”Muloqot” metodi, “Klaster” usuli, “Aqliy hujum” kabi ko`plab samarali ta`lim metodlarini kiritishimiz mumkin. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali sahifalarida bu metodlardan foydalanib o`tilgan dars ishlanmalari-ilg`or adabiyot fani o`qituvchilarining ish tajribalari muntazam yoritib berilmoqda. Ona tili va adabiyot fani o`qituvchilari uchun bu jurnal chin ma`noda metodik qo`llanmaga aylanib bormoqda Masalan, jurnalning 2015-yil, 2-sonida e`lon qilingan Sanobar Abdurahmonovaning Zulfiya hayoti va ijodini o`rganishga bag`islangan “Ma`naviy jasorat timsoli” , Shoira Nasriddinovaning “Farhod va Shirin” dostoni yangi pedagogik texnologiyalar obyektivida” kabi dars ishlanma va maqolalarda “Chalkash ma`lumotlar”, “Bumerang”, FSMU, “SWOT”_universal tahlil metodi hamda “Venn diaggrammasi” usullaridan foydalanish tajribalari o`rtoqlashilgan. Biz ham darslarimizni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga intilamiz. Quyida e`tiboringizga 8-sinf adabiyot darslarida “Kuntug`mish dostonini konferensiya usulida o`rganish” mavzusidagi dars ishlanmasini havola etamiz. Xalq og`zaki ijodi – milliy o`zligimiz oynasi Download 142.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling