Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish


Download 17.02 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi17.02 Kb.
#1476132
Bog'liq
Taqriz Isroilova D.F


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (yoshlar bilan ishlashni tashkil etish) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Isroilova Diyora Fayzullayevnaning “Uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faol qatlamga aylantirish yo’llari” mavzusidagi magistr darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasiga
TAQRIZ
Bugungi zamonaviy jamiyatda yoshlarning har tomonlama barkamol va salohiyatli bo’lib kamol topishi, yoshlar muammolari ayniqsa, uyushmagan yoshlar muammolarining markazi bo’lmish – ishsizlik nafaqat mamlakatimizning balki, butun dunyodagi dolzarb muammoligi barchaga ma’lum. Uyushmagan yoshlar ayniqsa, deviant xulqli yoshlar muammosi butun jamiyat muammosiga aylanmoqda. Shu bois, uyushmagan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal qilishlariga, ularning jamiyatda ijtimoiy faollashuviga ko’mak berish, uyushmagan yoshlarni ijtimoiy statusini ijobiy tomonga o’zgartirishlari uchun yordam berish, ilg’or xorij tajribasini o’rganib, munosib jihatlarini amaliyotda qo’llash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Mazkur bitiruv malakaviy ishi ham uyushmagan yoshlar muammolarini o’rganish va ularni ijtimoiy faollashtirish bo’yicha mavjud chora-tadbirlar, turli yondashuvlar aks ettirilgan.
Talaba Isroilova Diyora Fayzullayevna “Uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faol qatlamga aylantirish yo’llari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining strukturasi bunday turdagi ishlarga qo’yiladigan talablar asosida yozilgan.
Tadqiqotchi mavzuni imkon darajasida ochib berish uchun 3 ta bob, 6 ta paragraf va xulosadan iborat bo’lgan reja asosida izlanishlarni tashkil etganligi, har bir bob va paragraflar bilan uzviy bog’liq bo’lib, ilmiy asosga ega ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Dissertatsiya ishini tayyorlash jarayonida boy statistik ma’lumotlardan foydalanilgan.
Birinchi bob “Uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishni o’rganishning nazariy metodologik asoslari” deb nomlanib, unda muallif uyushmagan yoshlar tushunchasining nazariy-metodologik asoslariga, uyushmagan yoshlarning muammolari, sharq va g’arb mutafakkirlarining sotsiologik qarashlarini nazariy tahlil qilishga uringan.
Ikkinchi bobda esa, “O’zbekistonda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faollashtirishdagi mexanizm, holat va muammolar” deb nomlangan bo’lib, unda asosan yoshlar masalalari bilan shug’ullanuvchi davlat organlar va NNTlar faoliyati yoritilgan va o’rganilgan. Shuningdek, uyushmagan yoshlar hayotidagi mavjud ijtimoiy muammolarni ochib berishga harakat qilingan.
Uchinchi bobda “Uyushmagan yoshlarni faol ijtimoiy qatlamga aylantirish jarayonining imperik tahlili” bo’lib, muallif ushbu bobda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faol qatlamga aylantirishga doir sotsiologik qarashlar tahlili hamda O’zbekistonda uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faollashtirishning optimal yo’llari va istiqbollari hamda bu borada o’zining takliflarini bildirishga harakat qilgan.
Amaliy tadqiqot natijalari ilmiy tahlili turli diagramma, jadvallar orqali aniq ifoda etilgan. Boblarning ichidagi paragraflar mantiqiy ketma-ketlik asosida joylashtirilgan.
Xulosa qismida dissertatsiya ishidagi muammo yechimiga mos keladigan o’zining taklif va tavsiyalarini ilgari surgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati tizimli usulda berilgan. Mazkur ishda ilova ham keltirilgan bo’lib, sotsiologik tadqiqot dasturini o’z ichiga oladi.
Keltirilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjud. Jumladan:

  1. Ilmiy yangilikni yanada takomillashtirish kerak.

  2. Kirish qismida ushbu mavzu bo’yicha ilmiy ish olib borgan o’zbekistonlik olimlar kam keltirilgan.

  3. Ishda ayrim orfografik va stilistik kamchiliklar mavjud.

  4. Ayrim joylarda havolalar kam keltirilgan yoki adabiyotlar ro’yxatida yozilmagan.

Men talaba Isroilova Diyora Fayzullayevnaning “Uyushmagan yoshlarni ijtimoiy faol qatlamga aylantirish yo’llari” mavzusidagi dissertatsiya ishini ijobiy ahamiyatga ega va muvaffaqiyatli tugallangan deb hisoblayman.


Ijtimoiy ish kafedrasi dotsent v.b.
Sotsiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD X.O.Ziyayeva
Download 17.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling