Ma`ruza №1 Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish. Reja: 1


Download 104.3 Kb.
bet1/9
Sana12.02.2023
Hajmi104.3 Kb.
#1191301
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma\'ruza Gidroelektrometallurgiya asoslari


MA`RUZA №1
Mavzu: Xomashyolarga ishlov berish.
Reja:
1. Xom ashyo zaxiralari
2. Boyitish usullari
3. Qattiq, suyuq va gaz holidagi chiqindilarni zararsizlantirish
4. Atmosfera bulg'anishi oqibatlari


Har bir sanoat korxonasiga o'xshash kimyo sanoatida ham xom ashyo, suv va energiya masalalari m a’lum darajada muammo hisoblanadi. Ayniqsa, xom ashyo uzoq masofada va tanqis bo‘lsa, suv ham shu kabi daryosiz er osti suvlari bo'lsa, energiya muammolari ham muhim ahamiyatga ega. Avvlo xom ashyo muammolari haqida so‘z yuritaylik. Xom ashyo muammolari juda murakkab hisoblanadi. Ularni quyidagicha guruhga bo'lib ko'ramiz.
Awalo m a’dan xom ashyolari, so'ng o'simlik va jonzot xom ashyolari, qolaversa havo va suv. M a’danli xom ashyolar haqida qapirsak, ularni rudalar, tuproqlar va yonuvchi moddalar deb atash mumkin. Rudalardan metallar, mineral kislotalar, ishqorlar va tuzlar olish mumkin. Masalan, temir kolchedani, mis sulfid va boshqalardan temir, mis va sulfat kislota yoki ulaming tuzlarini olish mumkin. Rudalardan esa nometall va qurilish materiallari olinadi. Masalan, oltingugurt, fosfor, xlor tutgan tuproqlar. Ulardan mineral o'g'itlar, tuzlar, ishqorlar, kislotalar, shisha, chinni, sement va boshqalar ishlab chiqarish mumkin. Yonuvchi ma’danli xom ashyolar ko'mir, torf, neft, slanslar, tabiiy gaz va boshqalar bo'lib, ulardan turli, tum an organiknoorganik va polimer moddalar olish mumkin. O'simlik va jonivorlar xom ashyosidan esa oziq-ovqat va texnik mahsulotlar olish mumkin. O'simliklardan don, yog', tola va boshqa mahsulotlar olish mumkin. Masalan, bug'doydan un va yem-xashak, sholidan guruch va em-xashak, paxtadan tola, yog', kunjara, cheluxa va boshqalar, ya’ni son-sanoqsiz xalq iste’mollari olish mumkin. Sabzavotlardan esa turli, tuman noz-ne’matlar ishlab chiqarish mumkin.
Havo va suv esa tabiat in’omi bo‘lib, inson hayotining asosiy ozuqasi hamda sanoatda azot, kislorod va vodorod olish uchun eng cheksiz va tuqallanmas xom ashyodir. Ular kimyoviy texnologik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo'lgan tabiat xom ashyosi bo'lib xizmat qiladi.

Download 104.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling